II-BOB.MA’LUMOTLAR BAZASINIYARATISH. MS ACCESS DASTURI 2.1. Ma`lumotlar bazalari, ma`lumotlar bazalari modellari haqida asosiy tushunchalar. Informatsion texnologiyalarning rivojlanishi va axborot oqimlarining tobora ortib borishi, ma`lumotlarning tez o’zgarishi kabi holatlar insoniyatni bu ma`lumotlarni o’z vaqtida qayta ishlash choralarini qidirib topishga undaydi. Ma`lumotlarni saqlash, uzatish va qayta ishlash uchun ma`lumotlar bazasi (MB)ni yaratish, so’ngra undan keng foydalanish bugungi kunda dolzarb bo’lib qolmoqda.
Ma`lumotlar bazasi – bu uzaro bog’langan va tartiblangan ma`lumotlar majmuasi bo’lib, u o’rganilayotgan ob`ektlarning xususiyatini, holatini va ob`ektlar o’rtasidagi munosabatni ma`lum sohada tavsiflaydi.
Bugungi kunda ma`lumotlarni eng ishonchli saqlaydigan vositalardan biri hozirgi zamon komp’yuterlaridir. Komp’yuterlarda saqlanadigan MB maxsus formatga ega bo’lgan muayyan tuzilmali fayl demakdir. Komp’yuter xotirasida har bir fayl yozuv deb ataladigan bir xil turdagi qismllardan iborat bo’ladi. Yozuv – o’zaro bog’langan ma`lumotlarning bir qismlidir. Fayldagi yozuvlar soni qaralayotgan ma`lumotning o’lchoviga bog’liq. Har bir yozuv esa maydon deb ataladigan bo’laklardan tashkil topadi. Maydon ma`lumotlarning kiska tuplamidan iborat bo’lishi lozim. Har bir maydon, o’zi ifodalaydigan ma`lumotlariga ko’ra, biror nomga ega bo’ladi. Maydon va yozuvlar kesishgan katakchalar rekvizitlar deyiladi.
Masalan, biror Oliy o’quv yurtida taxsil olayotgan biror gurux talabalari tug’risidagi ma`lumotlar bitilgan quyidagi jadvalni ko’raylik:
Familiyasi
Ismi
Tug’ilgan sanasi
Guruhi
Turar joyi
Qiziqqan fani
Aliev
Raxmat
02.10.90
101Dav
Axunbabaev, 5
Anatomiya
Raxmonov
Murod
15.09.91
103KT
Sug’diyona, 20/6
Fiziologiya
Pulatov
Alijon
31.08.89
103stom
Sartero, 15/7
Informatika
Rustamov
Malik
10.01.88
105ped
Shoxrux,57
Biologiya
Bu misolda 4 ta yozuv bo’lib, ularning har biri 6 ta maydondan iborat. Mazkur maydonlarning har biri mos ravishda «Familiyasi», «Ismi», «Tug’ilgan sanasi», «Guruxi», «Turar joyi» va «Qiziqqan fani» deb nomlangan. Demak, yozuvdagi maydonlar soni yozuvga kiritiladigan ma`lumotlar hajmiga bog’liq. Fayldagi bu yozuvlar birlamchi hisoblanadi. Chunki biror yozuvdagi ixtiyoriy ma`lumotni boshqa yozuvdagi ma`lumotlar bilan taqqoslab aniqlash mumkin emas. Shuning uchun ham bizga kerakli bo’ladigan ikkilamchi yozuvlarni esa faqat amaliy programmalar yordamida olish mumkin bo’ladi. Modomiki shunday ekan, MB tashkil qilish, ularga qushimcha ma`lumotlarni kiritish va mavjud MBdan foydalanish uchun maxsus MBlar bilan ishlaydigan programmalar zarur bo’ladi. Bunday programmalar majmui ma`lumotlar bazasini boshqarish tizimlari (MBBT) deb yuritiladi. Aniqroq qilib aytganda, MBBT – bu ko’plab foydalanuvchilar tomonidan MBni yaratish, unga qo’shimcha ma`lumotlarni kiritish va Mbni birgalikda ishlatish uchun zarur bo’lgan programmalar majmuidir. MBBSning asosiy tarkibiy qismli – ma`lumotlar bo’lsa. Boshqa tarkibiy qismli- foydalanuvchilardir.
MBBT ning asosiy vazifalari ma`lumotlar ustida turli amallar bajarishdan iborat bo’lib, ularning asosiylari quyidagilar:
- MBga yangi yozuvlar va fayllar kiritish;
- MBdagi ma`lumotlarni yangilash;
- Keraksiz ma`lumotlarni MBdan o’chirish;
- ma`lumotlarni izlash;
- foydalanuvchiga kerak ma`lumotlarni topish va chiqarish va shu kabilar.
Ma`lumotlar bazalarini yaratishda quyidagi modellar turlari ko’proq ishlatiladi:
Daraxtstmon (ierarxik) modellar;
Tarmoqli (turli) modellar;
Relyatsion modellar.
Berilgan axborotning mazmuni va undagi ma`lumotlarga ko’ra ular turli ko’rinishlarda ifodalanishi mumkin. Ya`ni ma`lumotning turi; belgili, sonli, mantiqiy ma`lumotlar. Ma`lumotlarni asosan yuqorida keltirilgan uch xil ko’rinishda ifodalash mumkin. Ya`ni ierarxik (shajaraviy), tarmoqli va relyatsion (jadvalli). Ierarxik tizimda elementlarni joylashtirishda dasturlashgan tartib mavjud. Bunda har bir guruxda biror element asosiy, qolganlari esa unga nisbatan ikkinchi darajali xususiyatga ega bo’ladi. Ma`lumotlarni ierarxik (daraxtsimon) bo’lib joylashishiga ma`lumotlarning ierarxik modeli deyiladi. Bir pog’onali ma`lumotning boshqa pog’onadagi ma`lumot bilan ikki yoki undan ortiq marta bog’lanadigan turiga ma`lumotlarning tarmoqli modeli deyiladi.
2.1-rasm. Ierarxik va to’rli modellarning sxematik ko’rinishi.
Ko’p tarqalgan ma`lumotlarni joylashtirish tizimlariga relyatsion modelni keltirish mumkin. Bu holda ma`lumotlar jadvallar ko’rinishda joylashib, maydon va yozuvlardan iborat bo’ladi, xuddi yuqorida keltirilgan misoldagi kabi.
Yana shu narsani ta`kidlash lozimki, ma`lumotlar bazasi modellarining faqatgina yuqorida qayd qilingan modeli mavjud deyish notug’ri. Chunki bo’lardan tashqari yana ma`lumotlar bazasining binar munosabatlar modeli, ER – modellari, semantik model kabi boshqa turlari ham mavjud. Lekin amalda asosan dastlabki ta`kidlangan 3 turli modellar ko’proq qo’llanilib kelinmoqda.