TUB JISLARNING NURASHI VA MODDALARNING ERIGAN HOLATGA O’TISHI.
TUB JISLARNING NURASHI VA MODDALARNING ERIGAN HOLATGA O’TISHI.
Gumid zonalarda nurashning kimyoviy turi kuchli rivojlanganligi va tog' jinslarining mexanik parchalanishi sezilarli bo'lmasligi bilan xarakterlanadi. Tabiiy suvlarda erigan karbonat angidrit, kislorod va o'simliklarning chirishi tufayli suv havzasiga kelib tushuvchi organik moddalaming jadal dissosiatsiyalanishi natijasida hosil bo'ladigan vodorod ioni asosiy kimyoviy ishni bajaradi. Bu holda organik birikmalar o'zining kimyoviy parchalanishida bevosita va bilvosita karbonat angidritni generasiyalovchi sifatida faoliyat ko'rsatadi. Barcha ko'p komponentli jinslarning, ayniqsa ko'p miqdorda silikatlar, alyumosilikatlar va karbonatlarga ega bo'lgan jinslarning kimyoviy nurashi bosqichli kechadi.
Dastlabki bosqichda u ishqorli muhitda boradi. Bu vaqtda tog' jinslaridan oson eruvchi tuzlar: K, Na, Ca, Mg ning xloridlari, ishqorli va ishqoriy-er elementlarining karbonatlari chiqib ketadi. Shu bilan bir vaqtda silikatlar va alyumosilikatlaming gidrolizi amalga oshadi va ulardan K, Na, Ca, Mg yuvilib chiqib ketadi. Kremnezem ishqorli muhitda oson erishi tufayli u ham ko'p miqdorda elyuviydan yuvilib chiqib ketadi. Bu ma’lum darajada karbonat kislota tuzi sifatida chiqib ketuvchi ishqoriylik xususiyatiga ega bo'lgan Mn2+ ga ham taalluqli boladi.
Fe, A1 va Ti uchun bu jarayon bo'lakcha kechadi; tub jinslardan ajralib chiqqan uch valentli temir tuproq eritmasiga o‘tib, koagulyatsiyaga uchraydi va cho'kmaga o'tadi; shunday hol Ti02 va Ai2Oj bilan ham yuz beradi. Ikki valentli temir uch valentli temirgacha tez oksidlanib, cho'kmaga o'tadi. Umuman olganda, nurash qobig'i ishqorli bosqichda temir, alyuminiy va titan bilan boyiydi, Si02, K, Mg, Ca va qisman Mn dan soqit bo'ladi. Keyingi nordon bosqichda bir tomondan alyumosilikatlarning parchalanishi hamda asoslar va Si02 ning chiqib ketishi, ikkinchi tomondan, eng muhimi, qiyin eruvchi birikmalar: A120 3, Fe20 3 va Mn02 gidrooksidlari, qisman titan oksidlari ko'chib o'ta boshlaydi.