Samarqand davlat universiteti geografiya va ekologiya fakulteti geografiya tabiiy recurslar kafedrasi



Yüklə 1,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/80
tarix12.05.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#112432
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   80
Alibekov L.A. O\'rta Osiyo tabiiy geografiyasi

Zomin tog‘-o‘rmon qo‘riqxonasi Turkiston tizmasi g‗arbiy qismining 
shimoliy yon-bag‗irda, Zomin tog‗ida 1900-3500 metr mutlaq balandlikda 
joylashgan. Bu yerda tog‗ dasht (cho‗l), o‗rmon va subalp o‗simlik mintaqalari 
mavjud. Qo‗riqxona hududida 150 dan ortiq o‗simlik turlari uchraydi. 
Qo‗riqxona hududining katta qismi – 6756 gektari o‗rmon mintaqasi, 
archazordan iborat. Bu yerda archaning uch turi uchraydi. O‗rmonzorning 
pastki qismida (1900-2700 metr balandlikda) Zarafshon archasi yoki qora 
archa, o‗rta qismida (2100-2800 metr) yarim sharsimon yoki savr archa, yuqori 
qismida (2100-3200 metr) turkiston archasi (o‗rik archa) o‗sadi. Qo‗riqxonada 
sudralib 
yuruvchi 
hayvonlarning 

turi, 
parrandalarning 
63 
va 
sutemizuvchilarning 18 turi mavjud. Sutemizuvchilardan oq tirnoqli ayiq, 
to‗ng‗iz, silovsin, bo‗ri, tog‗ echkisi, arhar (tog‗ qo‗yi), jayra, quyon, kaklik, 
qirg‗iy, burgut, boltayutar, himolay kurkasi, tog‗ qarg‗asi, qalqontumshuqilon, 
chiporilonlar yashaydi. Zomin tog‗-o‗rmon qo‗riqxonasida archazorlarning 


101 
tabiiy holati va archa-o‗rmon mintaqasiga xos tipik tabiiy geografik 
komplekslarni saqlash, ularni har tomonlama tadqiq etish, tabiiy boyliklar 
sifatini yaxshilash, ularni ko‗paytirish, shuningdek archa biologiyasini 
o‗rganish, archazorlarni kengaytirish, hayvonot dunyosini saqlash va tiklash 
bo‗yicha ko‗pgina ishlar amalga oshirilmoqda. Qo‗riqxona har yili o‗rmon 
xo‗jaligiga 1,5 tonnadan ko‗proq qimmatli archa urug‗ini yetkazib bermoqda. 
Chotqol tog‘-o‘rmon qo‘riqxonasi Chotqol tizmasining janubi-g‗arbiy 
qismida dengiz sathidan 1000-3200 metr balandlikda joylashgan bo‗lib, 
maydoni 47,5 ming gektar yerni tashkil qiladi. Qo‗riqxona hududida quruq 
dashtdan tashqari mevali o‗rmonlar, archazorlar, alp o‗tloqlari kabi landshaft 
mintaqalari mavjuddir. Bu yerda 600 dan ortiq o‗t, 40 ga yaqin daraxt va buta 
o‗simlik turlari uchraydi. Qo‗riqxona hududining 40 protsenti archazorlardan 
iborat. Shuningdek, bu yerda pista, Kavkaz shamshodi, zirk, irg‗ay va boshqa 
noyob buta va daraxtlar ko‗p uchraydi. Qo‗riqxonada sudraluvchilarning 23 turi 
yashaydi. Yirtqichlardan savsar, oq suvsar, bo‗rsiq, ayiq, bo‗ri va boshqalar 
uchraydi. Qo‗riqxonaga 1953 yilda yelik bug‗usi (kosulya) olib kelingan edi. 
Hozir yelik tobora ko‗payib bormoqda. Qo‗riqxonaning toshli va qoyali 
landshaftlarida kiyik yashaydi. Kiyiklarning soni bir necha yuz boshdan ortiq.
Chotqol qo‗riqxonasining eng qimmatli hayvonlaridan biri relikt jonivor – 
menzbir sug‗uridir. Shuni aytish kerakki, sug‗urning 14 turi mavjud bo‗lib, 
shundan oltitasi mamlakatimiz hududida yashaydi. Menzbir sug‗uri yer 
sharining boshqa biror qismida uchramaydi. Tanasining uzunligi yarim metr, 
vazni esa 4 kilogramm atrofida bo‗lib, 4 oy mobaynida bir yarim 
kilogrammgacha yog‗ to‗playdiki, bu yog‗ uyqudagi karaxtlik davrida bemalol 
yetadi. Menzbir sug‗uri xalqaro «Qizil kitob» va O‗zbekiston «Qizil kitob»iga 
kiritilgan. Hozirgi vaqtda bu nodir jonivorning yashash sharoiti keng 
o‗rganilmoqda. Chotqol tog‗-o‗rmon qo‗riqxonasi tog‗li o‗lkalarni xo‗jalik 
jihatdan o‗zlashtirish yo‗llarini ishlab chiqmoqda. Qo‗riqxona hududida ilmiy 
bazalar ishlab turibdi va olimlar ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar. 

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin