O‗rta Osiyo va Qozog‗istonning alohida muhofaza
qilinadigan hududlari (landshaftlari)
№
Nomi
Tashkil
qilingan
yili
Joylashgan viloyati Qo‗riqxona
maydoni ga
hisobida
1
2
3
4
5
1.
Zomin tog‗ – o‗rmon
davlat qo‗riqxonasi
1926
(1960)
Jizzax viloyati
10560
2.
Chotqol tog‗ – o‗rmon
davlat qo‗riqxonasi
1947
Toshkent viloyati
47500
3.
Qorako‗l
1971
Buxoro viloyati
20500
97
qo‗riqxonasi
4.
Qiziqum
qo‗riqxonasi
1971
Buxoro viloyati
4000
5.
Bodayto‗qay
qo‗riqxonasi
1971
Qoraqalpog‗iston
Respublikasi
10000
6.
Nurota tog‗ –
yong‗oqzor
qo‗riqxonasi
1975
Jizzax viloyati
40000
7.
Zarafshon
qo‗riqxonasi
1977
Samarqand viloyati
2500
8.
Qizilsuv tog‗ – archa
qo‗riqxonasi
1975
Qashqadaryo
viloyati
20000
9.
Miroqi tog‗ – o‗rmon
davlat qo‗riqxonasi
1976
Qashqadaryo
viloyati
35000
10.
Vardanza
1976
Buxoro viloyati
324
11.
Kitob geologik
qo‗riqxonasi
1979
Qashqadaryo
viloyati
5378
12.
«Surxon»
qo‗riqxonasi
1986
Surxondaryo
viloyati
24583
13.
Besh – Orol
qo‗riqxonasi
1979
O‗sh viloyati
116700
14.
Sori – Chelak
qo‗riqxonasi
1959
O‗sh viloyati
23900
15.
Issiqko‗l
qo‗riqxonasi
1948
Issiqko‗l viloyati
19000
16.
Norin qo‗riqxonasi
1983
Norin viloyati
24200
17.
Ustyurt qo‗riqxonasi
1984
Mang‗ishlak viloyati
223000
18.
Borsakelmas
1939
Qizil orda viloyati
3000
19.
Naurzum
qo‗riqxonasi
1959
(1951)
Kustonoy viloyati
86850
20.
Kurgal jin
qo‗riqxonasi
1968
(1958)
Selinograd viloyati
237100
21.
Oqsu-jabog‗li
qo‗riqxonasi
1929
(1920)
Chimkent viloyati
74400
22.
Olma-ota
qo‗riqxonasi
1931
Olma-ota viloyati
73000
23.
Markakol
qo‗riqxonasi
1976
Sharqiy Qozog‗iston
viloyati
71367
24.
Xazar (avvagi
Krasnovodsk)
qo‗riqxonasi
1932
Krasnovodsk viloyati
262037
98
25.
Qoplanqir
qo‗riqxonasi
1932
Toshhovuz viloyati
570000
26.
Syunt – Xasardag‗
qo‗riqxonasi
1979
Janubi – G‗arbiy
Kopettog‗lari
29700
27.
Kopettog‗
qo‗riqxonasi
1976
Ashxobod viloyati
50000
28.
Amudaryo
qo‗riqxonasi
1982
Chorjo‗y viloyati
50000
29.
Repetek qo‗riqxonasi
1928
(1912)
Chorjo‗y viloyati
34600
30.
Badxiz qo‗riqxonasi
1941
Mari viloyati
87600
Ko‗pgina mamlakatlarda tabiatni muhofaza qilishning tashkiliy
ko‗rinishlari bir xil emas va «qo‗riqxona», «milliy park», «rezervat»,
«zakaznik» tushunchalariga turli xil mazmun beriladi. Mamlakatimizda alohida
muhofaza qilinadigan yoki qo‗riqlanadigan hududlar – landshaftlar -
qo‗riqxonalar, har xil turdagi zakazniklar, tabiiy parklar va yodgorliklar
yuqoridagi belgilarga muvofiq tashkil qilinadi. Hozirgi vaqtda qo‗riqlanadigan
hududlar, ya‘ni xo‗jalikda foydalanish butunlay man etilgan tabiiy ob‘ektlar
tabiatni muhofaza qilishning asosiy va amaliy usuli emas. Lekin shunga
qaramasdan qo‗riqlanadigan hudud tabiatini muhofaza qilishda muhim rol
o‗ynaydi. Ularning vazifalari juda xilma-xildir. Spesifik va hududiy vazifalar
bilan birga, har bir qo‗riqlanadigan hudud tabiatini muhofaza qilishning
umumiy muammolarini hal etishga xizmat qiladi. Qo‗riqlanadigan hudud tabiiy
komplekslar tabiiy holatining etaloni bo‗lib xizmat qiladi. Inson tomonidan
nisbatan kam o‗zgartirilgan tabiiy komplekslarda geografik, geofizik, biologik
va boshqa jarayonlarni o‗rganish mumkin. Har xil tabiiy hududlar tipi va
komplekslari uchun xos bo‗lgan jarayonlarni bilish tabiatni o‗zgartirishni
loyihalashtirish va insonning geografik muhitga ta‘sir etishining oqibatlarini
taxminiy tahlil qilish uchun muhim ahamiyatga ega.
Keyingi yillarda planetamizda qo‗riqlanadigan hududlar soni to‗xtovsiz
oshib bormoqda. BMT ma‘lumotiga ko‗ra, 70-yillarning boshida dunyo
bo‗yicha 1204 ta qo‗riqxona va milliy bog‗lar bo‗lgan edi. Qo‗riqlanadigan
hududlarning tez o‗sishi shundan ma‘lumki, ularning uchdan bir qismi 1960
yillardan boshlab tashkil qilingan. Hozirgi kunda yer kurrasi bo‗yicha tabiatni
muhofaza qilinadigan hududlarning soni 40 mingdan ko‗p. Shunday qilib,
yuqorida
aytganimizdek,
muhofaza
qilinadigan
landshaftlar,
ya‘ni
qo‗riqlanadigan hududlarning formasi xilma-xil. Xorijiy mamlakatlarda tabiatni
muhofaza qilishning asosiy ko‗rinishlari – milliy bog‗ va rezervatlar bo‗lsa,
masalan, Rossiyada qo‗riqxona va zakazniklardir. Qo‗riqxona quruqlik
maydonining harakterli tabiiy landshaftlari bo‗lgan ma‘lum bir uchastkasi
99
bo‗lib, tabiatni muhofaza qilishning eng samarador formalaridan biridir.
Alohida muhofaza qilinadigan hududlar orasida qo‗riqxonalar muhim rol
o‗ynaydi. Qo‗riqxonalarning asosiy vazifasi – tabiatning diqqatga sazovor
qimmatli landshaftlarini jamiyat manfaatlari uchun saqlashdan iborat.
Qo‗riqxona hududlaridan xo‗jalikda foydalanish, hatto, pichan tayyorlash, ov
qilish, baliq tutish, qo‗ziqorin terish umuman ta‘qiqlangan. Qo‗riqxonalar atrofi
kam foydalanib, muhofaza qilinadigan zona bo‗lishi kerak.
Qo‗riqxonalarning asosiy vazifasi va maqsadlari nimadan iborat?
Qo‗riqxonalar hududidagi mavjud komplekslar tabiiy holatda saqlanadi. Ular
inson tomonidan o‗zlashtirilayotgan va o‗zgargan qo‗shni hududlar uchun
etalon bo‗lib xizmat qiladi. Bunday etalonlar inson xo‗jalik faoliyatining biz
uchun qulay yoki noqulay ekanligini taqqoslashga, tabiatdan amaliy
foydalanish u yoki bu usulining naqadar maqsadga muvofiqligini nazorat
qilishga imkon beradi. Qo‗riqxonalarning asosiy vazifasi tabiatni har
tomonlama o‗rganishdir. U landshaft komponentlari o‗rtasidagi uzviy
aloqadorlikni bilib, tabiiy boyliklardan unumli foydalanish yo‗llarini ishlab
chiqish uchun zarur. Masalan, Kursk yaqinidagi Markaziy Qoratuproq
qo‗riqxonasi o‗rmon-dasht zonasi uchun harakterli bo‗lgan tabiiy–hududiy
komplekslarning etaloni bo‗lib, bu yerda Rossiya Fanlar akademiyasi
Geografiya instituti tabiiy jarayonlarni ko‗p yillardan buyon tekshiradi.
Qo‗riqxonalardagi tabiiy jarayonlarni o‗rganish landshaft geografik
jihatdan o‗xshash bo‗lgan hududlarning tabiiy boyliklari va tabiiy sharoitidan
unumli foydalanishni tashkil qilishni yengillashtiradi. Shuning uchun
qo‗riqxonalar tabiiy-hududiy komplekslarning hamma tipida bo‗lishi kerak.
Asosiy muhofaza qilish ob‘ektiga bog‗liq holda qo‗riqxonalar oldiga kompleks
va maxsus vazifalar qo‗yiladi. Kompleks qo‗riqxonalarda butun tabiiy-hududiy
komplekslar tabiiy holda muhofaza qilinadi. O‗rta Osiyodagi qo‗riqxonalarning
asosiy qismi oldiga kompleks maqsadlar qo‗yilgan. Maxsus vazifalarni
bajaradigan qo‗riqxonalar asosan katta ilmiy ahamiyatga ega bo‗lgan ayrim
ob‘ektlarni muhofaza etish uchun tashkil qilinadi. Masalan, Orol dengizidagi
tashkil etilgan Borsakelmas qo‗riqxonasi, eng avval, shu yerda iqlimlashtirilgan
qulon hamda sayg‗oq va jayronlarni qo‗riqlash va biologiyasini o‗rganish
uchun tashkil qilingan edi. Pitsunda qo‗riqxonasi asosan relikt qarg‗aylarini
muhofaza qilish uchun bunyod etilgan. Chelyabinsk oblastidagi Ilmen
qo‗riqxonasi uncha katta bo‗lmagan hududda 200 dan ortiq noyob minerallar
to‗plangan maydonni saqlash uchun tashkil qilingan. Zarafshon tizmasining
janubiy yon-bag‗irdagi Kitob davlat paleontologik-stratigrafik qo‗riqxonasi
geologik maqsadlar uchun tashkil etilgan. Qo‗riqxona tabiiy-hududiy
komplekslarning daxlsizligini ta‘minlovchi tabiiy etalondir. Hozirgi sharoitda
planetamizning
turli-tuman
tirik
organizmlar
genofondini
saqlashda
qo‗riqxonalarning roli katta. Qo‗riqxona hududida ko‗pgina hayvon va o‗simlik
turlarining hayoti uchun zarur bo‗lgan optimal sharoit mavjud. Shuning uchun
100
qo‗riqxonalar hayvon va o‗simliklarning ayrim turlarini saqlash va ularni
ko‗paytirishda muhim rol o‗ynaydi. Inson tomonidan o‗zgartirilgan
landshaftlarga moslasha olmagan hayvonlarni faqat qo‗riqxonalarda saqlash
mumkin bo‗lmoqda. Bular – zubr, qulon, goral, begemot, yo‗lbars, arslon,
qoplon, ilvirs (bars), suv kalamushi, turach, qizil g‗oz, gaga va boshqalardir.
Shuningdek, bir qancha o‗simlik turlari faqat qo‗riqxonalarda saqlanmoqda.
Masalan, AQShda mamont (sekvoyya) daraxti, Livanda livan kedri, Rossiya
hududida tis, shamshod, nilufar va boshqa turlar ana shunday o‗simliklardandir.
Qo‗riqxonalar ovlanadigan hayvonlarni saqlash va ularni ko‗paytirishda
katta rol o‗ynaydi. Masalan, Baykalda Barguzin qo‗riqxonasi tashkil qilingan
paytda (1916 yil) qurum toshlarda hammasi bo‗lib 20-30 suvsar yashardi.
Muhofaza qilish natijasida hozir bu hayvon ko‗payib, qo‗riqxonadagina emas,
balki qo‗shni hududlarda ham ovchilik ahamiyatga ega. Voronej qo‗riqxonasi
barpo qilingan vaqtda (1927 yil) bir necha juft qunduz bor edi. Shu qo‗riqxona
tashkil etilgandan buyon undan Rossiyaning 73 rayoniga 3 mingdan ortiq
qunduz tarqatildiki, ular 70 mingdan ortiq nasl berdi. Shunday qilib, qo‗riqxona
hududlari turli xil hayvon va o‗simlik turlarini, ovlanadigan hayvonlarning
miqdori va genetik fonlini saqlash uchun xizmat qiladi. Mamlakatimizda
hamma qo‗riqxonalar ilmiy muassasalar hisoblanadi. Qo‗riqxonalarda yuzlab
xodimlar
tabiiy
komplekslarni
va
ularning
ayrim
kompo-nentlarini
tekshiradilar, tabiiy hodisalarni qayd qiladilar, ilmiy tajribalar o‗tkazadilar.
Qo‗riqxonalar bilan mamlakati-mizning ilmiy muassasa va oliy o‗quv yurtlari
yaqin aloqa o‗rnatgan. Qo‗riqxonalarda bo‗lajak biologlar, geograflar,
o‗rmonshunoslar, geologlar dala praktikasini o‗taydi. Qo‗riqxona hududlaridagi
tabiiy jarayonlarga inson doimo aralashib turishi kerak. Jumladan,
qo‗riqxonadagi yirtqichlar, ularning o‗ljalari hamda tuyoqlilar soni va yem-
xashak bazasi ustidan nazorat qilib turilishi lozim. O‗rta Osiyoda o‗ttizdan ortiq
qo‗riqxonalar bor, shulardan ayrimlariga tavsif beramiz.
Dostları ilə paylaş: |