Samarqand davlat universiteti geografiya va ekologiya fakulteti geografiya tabiiy recurslar kafedrasi



Yüklə 1,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/80
tarix12.05.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#112432
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   80
Alibekov L.A. O\'rta Osiyo tabiiy geografiyasi

Qizilqum qo‘riqxonasi Buxoro viloyatining Romiton tumani hududida
Amudaryo 
qayirida 
joylashgan 
qayir-cho‗l 
qo‗riqxonasi hisoblanadi. 
Hududining katta qismi (3100 ga) daryo bo‗yidagi to‗qaylarni va kichik qismi 
(800 ga) Qizilqum massivini o‗z ichiga olgan. Qayir o‗simliklari o‗tish qiyin 
bo‗lgan qalin to‗qayzorni hosil qilib, boy floraga ega. Bu yerda 150 o‗simlik 
turlari o‗sadi. To‗qayzorlarni ko‗proq daraxt-butazor o‗simliklari (turang‗i, 
jiyda, tol, lomonos, yulg‗un va boshqalar) egallaydi. Bundan tashqari, bu yerda 
har xil o‗tlar, qamish, lo‗xgullilar, ro‗vak, ajriq va boshqalar o‗sadi. 
Qo‗riqxonaning qumli cho‗l qismi uchun qora va oq saksovul, cherkez, qandim 
va quyonsuyak harakterlidir. Qo‗riqxonaning tabiiy sharoiti turli xil jonivor va 
qushlarning yashashiga qulay imkon beradi. Sudralib yuruvchilardan cho‗l 
toshbaqasi, qizil quloq yoki quloqli yumaloqbosh kaltakesak hamda bot-bot 
yoki yumaloq bosh va Seversov gekkoni deb ataluvchi kaltakesaklar, suvilon, 
zaharli charxilon va boshqalar uchraydi. Qo‗riqxona hududida qishlovchi, 
mavsumiy uya qo‗yuvchi, ayniqsa, suvda suzuvchi qushlar ko‗p bo‗lib, ularning 
82 turi mavjud. Shundan 29 turi yilning to‗rt faslida ham shu yerda yashaydi. 
Yirtqich qushlardan burgut, qora qirg‗iy, kuykanak (maymunqush), jig‗altoy va 
boshqalar uchraydi. Qo‗riqxonaning eng chiroyli qushi Amudaryo 
qirg‗ovulidir. Hozir ularning soni 2 mingdan ortiq. Qo‗riqxona qushlaridan 
qirg‗ovul va burgut alohida muhofaza qilinadi. 
Sutemizuvchilardan ingichka barmoqli yumronqoziq, malla yumronqoziq
qum sichqoni, qo‗shoyoq; yirtqichlardan chiyabo‗ri, tulki, to‗qay mushugi va 
qum mushugi, bo‗ri uchraydi. Shuningdek, bu yerda 200 ga yaqin yovvoyi 
cho‗chqa va buxor bug‗usi yashaydi. Qo‗riqxona tashkil qilingan paytda 
hammasi bo‗lib 6 bosh buxor bug‗usi bor edi. Hozirgi vaqtda ularning soni 


103 
yuzdan oshib ketdi. Buxor bug‗usi alohida muhofaza qilinadi, qish faslida 
qo‗shimcha oziqlantiriladi. Qo‗riqxonaning qumli uchastkasida ba‘zan jayron 
ko‗rinib qoladi. Shunday qilib, Qizilqum qo‗riqxonasi kamdan-kam 
uchraydigan original, tabiiy laboratoriyadir. Qo‗riqxonaning asosiy vazifasi 
inson qo‗li tegmagan landshaftlar, Amudaryo to‗qaylari va tutashib turgan cho‗l 
landshaftlarining o‗rganish va saqlash, shuningdek, buxor bug‗usi, jayron va 
Amudaryo qirg‗ovuli ekologiyasini o‗rganish va muhofaza qilish usullarini 
ishlab chiqishdan iborat. 

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin