104
gektarli maydonida ayiq, qoplon, tog‗ echkisi (kiyik) muhofaza qilinadi.
Qo‗riqxonada, asosan, tog‗ o‗rmon mintaqasi (archazor) va uning hayvonlari
muhofaza qilinadi.
Miroqi qo‘riqxonasi Hisor tizmasining shimoliy yon-bag‗irda, Oqsuv
daryosi va uning irmoqlari havzasida joylashgan bo‗lib, tog‗, dasht, o‗rmon va
subalp mintaqalarini qamrab olgan. Qo‗riqxona va uning landshaftlari juda
xilma-xildir. Qo‗riqxona o‗ziga xos o‗simlik va hayvonlarga juda boy bo‗lib,
ularning tarqalishi balandlik mintaqalari qonuniyatiga buysunadi. Qo‗riqxonada
Tyanshan tulkisi, ayiq, Farg‗ona bo‗rsig‗i, bars (ilvirs), silovsin kabi hayvonlar
muhofaza qilinadi. Qo‗riqxonaning asosiy vazifasi
balandlik mintaqalarining
tabiiy komplekslarini o‗rganish va muhofaza qilishdir.
Vardanzi qo‘riqxonasi qadimgi Vardanzi shahri o‗rnida tabiiy va tarixiy
komplekslarni muhofaza qilish uchun tashkil etilgan. 20-yillarning oxirida bu
shaharni qum bosgan edi. 30-yillarda bu yerga saksovul ekilgan. Keyinchalik
saksovullar shu qadar o‗sib ketdiki, ular bugungi kunda butun bir o‗rmonni
tashkil qiladi. Saksovul o‗rmoni bu yer uchun harakterli bo‗lgan qumli cho‗l
tabiiy kompleksining vujudga kelishiga sabab bo‗ldi. Ayni vaqtda bu
qo‗riqxonada tarixiy yodgorliklar muhofaza qilinadi. Qo‗riqxonaning
asosiy
vazifasi VIII-XVIII asrlar tarixiy yodgorligi – qum bosib qolgan Vardanzi
shahrini saqlashdir.
Kitob geologik qo‘riqxonasi. Kitob geologik qo‗riqxonasi o‗z mavqei
bo‗yicha o‗ta ahamiyatli bo‗lib, u avvalo, tabiatning nodir tarixiy mahsulotlarini
muhofaza qilish uchun yaratildi. Ya‘ni, kitob geologik qo‗riqxonasi Yerning
geologik tarixini himoya qiluvchi, tabiiy-ilmiy ahamiyatga ega bo‗lgan
paleontologik stratigrafik qatlamlarni muhofaza etish va rejali o‗rganish uchun
tashkil etildi. Bu qo‗riqxona takrorlanmas ajoyib noyob xususiyatlarni o‗zida
saqlab Xalqaro (olamshumul) ahamiyatga ega bo‗lganligi uchun biroz to‗xtab
o‗tamiz va N.Axmedov va boshqalar (1977) ma‘lumotlari bo‗yicha
tasvirlaymiz. Qo‗riqxona Qashqadaryo viloyatining g‗arbiy
chekkasida Kitob
tumani hududida Zarafshon tizmasining janubi-g‗arbiy yon-bag‗irda Jinni
daryosi vodisida joylashib, Yer sharining tabiiy-ilmiy yodgorliklari bo‗lgan
palentologik metologik va stratigrafik etaloni bo‗lgan yodgorliklarni muhofaza
qiladi va Xalqaro reja asosida ular ustidan ilmiy tekshirish ishlari olib boradi.
Kitob qo‗riqxonasini tashkil etishning tarixi qiziqdir. 1978 yilning yozida 13
davlatdan kelgan muttaxasis olimlar hozirgi qo‗riqxona hududidagi
Xo‗jaqo‗rg‗on soyi bo‗yida joylashgan geologik qatlamlardagi paleontologik
qoldiqlarni o‗rganadilar. Unga qadar O‗zbekistonlik hamkasblari paleozoy erasi
quyi va o‗rta devon davri yotqiziqlari ichida uchrovchi
nodir toshga aylangan
organizmlar qoldiqlari to‗g‗risidagi ma‘lumotlarni ularga taqdim etgan edilar.
Bu qatlamlarni o‗rgangan xalqaro guruh toshlarda muhr kabi qotgan
paleontologik qoldiqlarning haqiqatdan nodir ekanligini e‘tirof etib, ularning
davlat muhofazasiga olishni taklif etishdi. 1979 yildan ushbu noyob hudud
105
Kitob geologik qo‗riqxonasi deb e‘lon qilindi va o‗sha vaqtdan buyon bu joyda
keng ko‗lamda geologo-biologik ilmiy-tekshirish ishlari olib borilmoqda. Shu
vaqt ichida qo‗riqxona maydonidagi o‗rta, quyi Ordovik, erta va kechki Silur,
erta va o‗rta Devon davlari qatlamlarida 16 guruhdan ortiq toshga aylangan
organizmlar qoldiqlari aniqlandi. 1989 yilning 15
iyulida Amerikalik
mutaxassis olim V.Olivers boshliq olimlar guruhi O‗zbekistondan kelgan
materiallarni o‗rganib chiqib, «O‗zbekistondagi Zarafshon tog‗li oblasti,
Zilzilbon kesimi», xalqaro etalon bo‗ladi degan qarorga keladi. Shunday qilib,
sobiq SSSR tarixida birinchi bor Kitob geologik qo‗riqxonasi xalqaro
etalonga
aylanadi. Kitob geologik qo‗riqxonasi sobiq SSSR hududida yagona tashkil
etilgan geologik qo‗riqxona bo‗lib, unda Paleozoy eroziyasining quyi Ordovik
davridan, yuqori Devon davrigacha o‗tgan vaqt oralig‗idagi qatlamlar uzluksiz
yer yuzasiga chiqib yotadi, ular ichida o‗sha davrda yashagan hayvon va
o‗simliklarning tosh qotgan qoldiqlari ko‗plab uchraydi.
Bu toshga aylangan
qoldiqlar yuz million yillab uzoq tarixdan so‗ylovchi muhim geologik omil
hisoblanadi. Zarafshon tog‗larining janubiy-g‗arbiy yonbag‗rida Jinnidaryo
vodiysi bo‗ylab yuqoriga ko‗tarilsangiz, uning chap irmog‗i Xo‗jaqo‗rg‗on soyi
bo‗yicha ilgarilab yursangiz, oldingizdan ulug‗vor 2061 metr balandlikdagi
Bursi Xirmon cho‗qqisi bo‗y cho‗zib turadi. Cho‗qqining ikki yonida Zilzilbon
va Xo‗jaqo‗rg‗on soylari joylashgan bo‗lib,
ular asosan Paleozoy davri
yotqiziqlaridan tashkil topgan.
Qatlamlarni o‗rgangan muttaxasis geolog va palentolog olimlar ularni
o‗rganar ekan, go‗yoki ko‗hna kitobni o‗qigan tarixchi kabi tosh qotgan tarix
varaqalarini o‗qib, o‗sha joyda million yillar oldin o‗tgan hayvonlar tuzilishini,
ular tushgan qatlam yoshini va bu qatlamlar paydo bo‗lgan davrdagi tabiiy
geologik sharoitni o‗qib beradilar. Qo‗riqxona hududida joylashgan 13 tabiiy
yalang‗ochlanib, ichidagi qatlamlari ko‗rinib turgan yon-bag‗irlarni o‗rganish
natijasida olimlar asta-sekin sobitqadamlik bilan qo‗riqxona joylashgan joyning
geologik tarixini o‗qib olish imkoniyatiga ega bo‗ladilar. Qo‗riqxona
hududidagi soylarning yon-bag‗irlaridagi 13 ta yalang‗ochlangan
joylarda
massiv ohaktoshlar, dolomitlar bag‗rida saqlanib qolgan va har qaysisi o‗z
uyasida o‗tirgan qushlar singari o‗z davri asridagi qatlamlarda saqlanib qolgan,
toshqotgan va o‗tgan davrda yashagan hayvon hamda o‗simliklar qoldiqlari
asosida yaratilgan. Kitob qo‗riqxonasining o‗ziga xosligi shundan iboratki,
unda soylar yon-bag‗irlarida o‗tgan davrlarda yashagan hayvon va o‗simliklar
qoldiqlari to‗liq saqlanib qolgan va ular asosida ushbu maydon paleografik
tarixini o‗rganish imkoniyatini beradi. Bu noyob qo‗riqxona o‗simlik va hayvon
turlariga ham boy bo‗lib, xilma-xil tirik organizmlarni o‗rganish va muhofaza
qilish bilan biolog olimlar shug‗ullanadilar. Kitob qo‗riqxonasi hududida 500
ortiq o‗simlik turlari bo‗lib, shundan 12 tasi «Qizil kitob»ga kiritilgan.
Qo‗riqxonada 200 ga yaqin dorivor o‗simliklar o‗sadi, 30 ta manzarali o‗simlik
turlari bor va 30 dan ortiq o‗simlik dorivor sifatida foydalaniladi.
Hayvonot
106
dunyosi 155 turdan iborat bo‗lib, shundan ko‗pchilik qismi noyob hisoblanadi
va «Qizil kitob»da qayd etilgan. Kitob qo‗riqxonasining hududi etnografik
ahamiyatga ega bo‗lib, bu yerdagi qishloqda ikki qadimiy qo‗rg‗on izlari,
ibtidoiy odamlar yashashi uchun qulay bo‗lgan g‗orlar mavjud. Shunday qilib,
Kitob qo‗riqxonasida xalqaro etalon deb qabul qilingan noyob geologik
maydonlar, shu bilan birga biologik va tarixiy-arxeologik qo‗riqlash bilan birga
katta ilmiy ahamiyatga ega bo‗lgan biologik va tarixiy-arxeologik boyliklar
ham muhofaza qilinadi (Axmedov va boshqalar, 1977).
Dostları ilə paylaş: