Samarqand davlat universiteti geografiya va ekologiya fakulteti geografiya tabiiy recurslar kafedrasi


To‘dako‘l cho‘l-ko‘l davlat zakaznigi



Yüklə 1,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/80
tarix12.05.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#112432
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   80
Alibekov L.A. O\'rta Osiyo tabiiy geografiyasi

To‘dako‘l cho‘l-ko‘l davlat zakaznigi 1960 yilda Buxoro viloyatining 
cho‗l qismida, 1952 yilda sho‗rxok To‗dako‗l botig‗iga Zarafshon daryosining 
toshishi natijasida hosil bo‗lgan ko‗l asosida tashkil etildi. Uning maydoni 
30000 gektar. Ko‗l atrofidagi sho‗rxok cho‗lda turli xil cho‗l o‗simliklari bilan 
birga qamish, yulg‗un o‗sadi. Buyurtmada o‗rdaklar, oqqushlar, saqoqushlar, 
kulrang g‗ozlar, shuningdk, quyonlar, qamish mushugi, jayronlar muhofaza 
qilinadi. 
Ko‘hitang tog‘-o‘rmon davlat zakaznigi Surxondaryo viloyati Hisor 
tizmasining janubi-sharqiy yon-bag‗irlarida, Ko‗lsoy, Sariqamish, Mochayli 
daralarida 1970 yilda tashkil etilgan. Buyurtmaning maydoni 43500 gektar. Bu 
zakaznikda burama shoxli echki (morxo‗r), tojik tog‗ qo‗yi (urial), burgut, 
shuningdek, arxeologik yodgorliklar – tosh davridagi ovchilarning rasmi 
solingan tasvirlar muhofaza qilinadi. 
Nurumtubek to‘qay davlat zakaznigi 1971 yilda Qoraqalpog‗iston 
hududida, Amudaryoning qo‗yi qismida tashkil etilgan. Buyurtmaning maydoni 
29 ming gektar bo‗lib, yovvoyi cho‗chqa, bo‗rsiq, tolay quyon, xiva qirg‗ovuli 
muhofaza qilinadi. 
Oqbuloq tog‘ davlat zakaznigi Toshkent viloyati hududining Chotqol 
tizmasida joylashgan bo‗lib, Oqbuloqsoy havzasidagi hayvonlarni saqlash va 
ko‗paytirish maqsadida 1973 yilda tashkil etilgan. Uning maydoni 11 ming 
gektarni tashkil qiladi. Bu yerda yovvoyi cho‗chqa, yelik, Markaziy Osiyo 
echkisi, oq tirnoqli ayiq, Farg‗ona oq suvsari, suvsar, Farg‗ona bo‗rsig‗i, 
Turkiston silovsini, bars, ilvirs, menzbir sug‗uri va qizil sug‗ur, kaklik, burgut, 
tasqaralar muhofaza qilinadi. 
Dengizko‘l cho‘l-ko‘l davlat zakaznigi 1974 yilda Qizilqumning janubida 
Buxoro viloyatida tashkil etilgan. Uning maydoni 25 ming gektar. 
Buyurtmaning asosiy qismi hisoblangan Dengizko‗lda mavsumiy va qishlovchi 
qushlar (o‗rdaklar, g‗ozlar, loyxo‗rak, baklanlar, qizilg‗oz) va ko‗lga suv ichish 
uchun keladigan hayvonlar (cho‗chqa, jayralar, sassiq ko‗zan, quyonlar, tolay 
quyon, tuvaloq, qorabovurlar) muhofaza qilinadi. 

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin