O‘rta Osiyoning biosfera rezervantlari. Avvalo shuni aytish kerakki,
biosfera rezervati deganda biologik xilma-xillikni saqlashni va bir vaqtda
mintaqaning barqaror iqtisodiy rivojlanishi tushuniladi. Ular tabiiy va madaniy
landshaftlarni saqlash maqsadida tashkil etiladi. Shunday qilib, inson va
barqaror xo‗jalik rivojlanishi, shunga o‗xshash alohida muhofaza qilinadigan
hududlarni yaratishning asosiy tamoyillaridan biridir. Biosfera rezervati
konsepsiyasi YUNESKO tomonidan «Inson va biosfera» dasturi doirasida
ishlab chiqilgan edi. Birinchi biosfera hududlari 1976 yilda paydo bo‗ldi.
Hozirgi kunda butun dunyo biosfera rezervatlari turlari 97 mamlakatning 411
ob‘ektini qamrab olgan. YUNESKO tomonidan tan olinishi, har bir biosfera
rezervati uchun alohida (maxsus) status olinganligini bildiradi. Xalqaro
mezonlarga ko‗ra biosfera rezervatlari hududida uchta zona ajratiladi:
qo‗riqlanadigan zona, bufer zona va o‗tkuvchi (perexodnaya) zona.
Qo‗riqlanadigan zona – inson faoliyati natijasida o‗zgarmagan yoki juda
kam o‗zgargan tabiiy tizimlarni – landshaftlarni o‗z ichiga oladi.
Bufernaya zona – birinchidan, qo‗riqlanadigan zonani inson xo‗jalik
faoliyatining salbiy oqibatlaridan himoya qilish uchun, ikkinchidan bu yerda
har xil eksperimental tekshirish ishlari olib boriladi, jumladan tabiiy
boyliklardan oqilona foydalanish usullari ishlab chiqiladi.
O‗tquvchi yoki rivojlanish zonasi biosfera
rezervatlarining
qo‗riqlanadigan zonasidan boshqa hamma uchastkalarini qo‗shib oladi.
Rivojlanish zonasida yaylovlar, dehqonchilik qiladigan uchastkalar, qishloq
tipidagi aholi turar joylari va boshqalar joylashadi. Biologik rezervat rivojlanish
zonasi hududida hamma tomonlarning bevosita hamkorligi va o‗zaro kelishuvi
asosida tabiiy resurslarni barqaror boshqarishi kerak. Qirg‗izlar qadimdan
Issiqko‗lni muqaddas ko‗l deb hisoblab kelar edilar. Shuning uchun 1948 yilda
ko‗l atrofida birinchi qo‗riqxona paydo bo‗ldi, qolgan alohida muhofaza
qilinadigan hududlar keyinchalik yaratiladi. Bu alohida muhofaza qilinadigan
hududlar uncha katta bo‗lmagan uchastkalarni ishg‗ol qilar edi. O‗rta Osiyoda
birinchi biosfera rezervati Qirg‗iziston Respublikasida tashkil etilgan edi. 1998
yilda Qirg‗iziston davlati butun Issiqko‗l oblastini «Issiqko‗l» biosfera hududi
deb e‘lon qildi. 2000 yili shunga muvofiq ishlarni bajarish uchun qaror qabul
qilindi, 2001 yildan esa, biosfera hududini boshqarish strukturalarini tashkil
etish boshlandi. 2001 yil sentyabr oyida «Issiqko‗l» biosfera hududi
YUNESKO tomonidan rasmiy tan olinib, Butun dunyo Biosfera rezervati
To‗riga qo‗shildi. «Issiqko‗l» rezervatining YUNESKO tomonidan tan olinishi
Qirg‗iziston mamlakatining noyob madaniy va tabiiy landshaftlarni saqlash
uchun butun kuchini safarbar etishga majbur etadi. Issiqko‗lning uzunligi 160
115
km, kengligi ayrim joylarda 60 km yetadi. Ko‗l dengiz sathidan 1600 m
balandlikda joylashgan.