Samarqand davlat universiteti geografiya va ekologiya fakulteti geografiya tabiiy recurslar kafedrasi


Iqlim ayrim elementlarining o‘zgarishi. Havo harorati



Yüklə 1,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/80
tarix12.05.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#112432
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   80
Alibekov L.A. O\'rta Osiyo tabiiy geografiyasi

Iqlim ayrim elementlarining o‘zgarishi. Havo harorati. Har holda qisqa 
dengiz qirg‗oq polosasining temperatura rejimining tashkil topishi ma‘lum 
darajada suv havzasining ta‘siriga bog‗liq; suv havzasidan quruqlik ichiga 
qarab uzoqlashib borgan sari harorat o‗zgaradi va kontinentning ta‘siri 
kuchayadi. Harorat bir o‗n yillikdan ikkinchi o‗n yillikka o‗zgarishini 
taqqoslash, eng katta o‗zgarish keyingi o‗n yillikda (1970-1979 y) bo‗lganligini 
ko‗rsatadi. Biroq, bu qonuniyat nafaqat qirg‗oqqa yaqin joylashgan, balki 
dengizdan uzoq joylashgan stansiyalar: Tomdi, Cho‗pqozgan, Qulquduk uchun 
ham harakterlidir (11-jadval). Orol bo‗yida havoning ko‗p yillik o‗rtacha yillik 
harorati ayrim davrlarda kenglik bo‗ylab o‗zgaradi. Suv havzasidan uzoqlashib 
quruqlik ichkarisiga qarab borgan sari havoning harorati ko‗tarilib boradi. 
Masalan, Xivada havoning yillik harorati Mo‗ynoqqa nisbatan 2,4
0
ga yuqori, 
Uyali va Cho‗ponqozgan (Uyalidan sharqroqda) o‗rtasidagi farq 1,4
0
ni tashkil 
etadi. Bunaqa farqni boshqa davrlarda ham ko‗rish mumkin. 
Shamollar. Orol dengizi suv sathining qisqarishi munosabati bilan, Orol 
bo‗yi atroflarida shamollar rejimida muhim katta o‗zgarishlar bo‗lgan emas, 
Orol dengizi suv akvatoriyasining qisqarishi, so‗zsiz briz shamollari rejimiga 
ta‘sir ko‗rsatgan. Lekin buni aniqlash uchun imkoniyat yo‗q. Ya‘ni 
meteostansiyalarda kuzatish amalga oshirilgan emas. 
Chang bo‘ronlari. Orol dengizi suv sathining 1960 yillardan boshlab keskin 
tushishi bir necha ming kvadrat kilometr maydondagi hududning suvdan ozod 
bo‗lishiga olib keldi. Bunday katta maydonda dengiz tagining ochilib qolishi 
albatta, chang bo‗ronlarining ko‗payishiga olib keldi. Muttaxassislar chang 
bo‗ronlari turadigan kunlar sonining takrorlanishini o‗rganish uchun quyidagi 
stansiya 
turlari 
uchun 
1966-1980 
yillarning 
meteorologik 
yillik 
ma‘lumotlaridan foydalangan: Orol dengizi, Jaslik, Qaraqalpoq, Tigroviy, 
Mo‗ynoq, Texnikaul, Uyali, Chimboy, Taxiatosh, Xiva, Urganch, 
Cho‗ponqozgan, Oqboytal, Jonkeldi, Oyoqetma, Buxoro, Chorjo‗y. Olingan 
ma‘lumotlarni tahlil qilish shuni ko‗rsatdiki, keyingi o‗n yilliklarda chang 
bo‗ronli kunlar soni 50% ga ko‗paydi. 


123 

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin