120
aralashmalarining muallaq zarrachalari ko‗pdir. Shunday qilib, 1961 yildan
e‘tiboran O‗rta Osiyoda sug‗orishning tez sur‘atlarda
rivojlanishi munosabati
bilan unga quyilayotgan suv hajmi yildan-yilga kamayib bordi, ba‘zan (1985 va
2000-2001 quroqchilik yillari) suv mutlaqo quyilmadi. Tabiiy bug‗lanishning
muntazam davom etishi tufayli uning sathi keskin tushib borishi kuzatildi. 2004
yil oxirida uning sathi 28,5 m (1961 yilda 53 m) mutlaq balandlikda bo‗lganligi
qayd etildi. Buning oqibatida 45 ming km
2
maydoni qurib, quruqlikka aylandi
(V.A.Rafiqov 2006).
Dengizning qurigan qismi katta tuz makoniga aylanib atrof-muhitga jiddiy
xavf solmoqda. Shamol ayniqsa, sulfat tuzlarini to‗zitishi
natijasida Orol
bo‗yiga tuz yog‗ini yog‗ilmoqda. Hisob-kitoblarga ko‗ra Mo‗ynoq kengligida
har gektar maydonga 1000 kg, Nukus kengligida esa 150 kg gacha tuzli chang
tushadi (V.A.Rafiqov 2006). Dengiz maydonining qisqarishi, bug‗lanishning
ko‗payishi va kollektar-drenaj suvlarining tushishi hisobidan, suvining sho‗rligi
ancha ortib 10 g/ldan (1965y.) hozirgi vaqtda (2003 y) 70 g/l yetdi. Orol fojiasi,
Orol havzasida yashaydigan millionlab aholining yashash sharoitiga va
hayotining sifatiga (turmush darajasiga) salbiy ta‘sir ko‗rsatilmoqda. Orol
dengizining qurishi juda katta hududda ekologik sharoitning o‗zgarishiga olib
keldi.
Dostları ilə paylaş: