121
1960 yillarda Orol dengiziga suv kelishining qisqarishi natijasida 60-50
km
3
dan 70-80 yillarda 20-30 km
3
gacha va 1989-1990 yillari 5 km
3
,
undan
keyin esa, suv havzasining sayozlashishi va sho‗rligining oshishi tezlik bilan
o‗sadi. 1982,1986 yillarda dengizga bir tomchi ham suv quyilmadi. 1981 yilga
kelib dengizda, kema harakatlari butunlay to‗xtadi, chunki bu yerda mavjud
barcha portlar (Mo‗ynoq, Orol, Uchsoy, Uyali, Urga, Tayli va hokazolar)
quruqlikda qolib ketdi, dengizning sayozlanib qolishi katta kemalardan tashqari
o‗rtacha va undan ham kichikroq kemalarning me‘yoriy harakatiga to‗sqinlik
qila
boshladi, bu hol barcha kemalarning port shaharlar yaqinida quruqlikda
qolib ketishiga sabab bo‗ldi. Hozirgi vaqtga kelib, dengiz sathining tushishi
uning akvatoriyasini ikkita mustaqil suv havzasiga: Kichik (kichik
shimoli-
sharqiy qismi) va Katta dengizga bo‗lindi. 1990 yilning boshlarida, Katta
dengiz sathi, 38,6 metr mutloq balandlikka yaqin turib, uning maydoni
taxminan 33,5 ming km
2
, hajmi – 310 km
2
tashkil etib, o‗rtacha sho‗rligi 30%
promiliga yetdi. Kichik dengizning sathi (aerovizual tekshirish va kosmik
rasmlar ma‘lumoti bo‗yicha) – 39,5 m mutlaq balandlikda turib, uning maydoni
taxminan 3 ming km
2
, hajmi – 20 km
2
ni tashkil etdi. Shunday qilib, 1990
yilning
boshiga kelib, Katta va Kichik dengizlar akvatoriyasining umumiy
maydoni 36,5 ming km
2
, suv hajmi – 330 km
3
ga teng edi, boshqacha aytganda,
dengizning 53 m mutlaq balandlikda turgan maydonining 55% va hajmining
31% tashkil etadi. Qisqacha qilib aytganda, Orol
dengizi qurishinng va shu
bilan bog‗liq bo‗lgan Orol inqirozining asosiy sababi – Orol dengizi havzasida
xalq xo‗jaligini rivojlantirish strategiyasining noto‗g‗ri ishlab chiqish bo‗lgan.
Dostları ilə paylaş: