Iqlim ayrim elementlarining o‘zgarishi. Havo harorati. Har holda qisqa
dengiz qirg‗oq polosasining temperatura rejimining tashkil topishi ma‘lum
darajada suv havzasining ta‘siriga bog‗liq; suv havzasidan quruqlik ichiga
qarab uzoqlashib borgan sari harorat o‗zgaradi va kontinentning ta‘siri
kuchayadi. Harorat bir o‗n yillikdan ikkinchi o‗n yillikka o‗zgarishini
taqqoslash, eng katta o‗zgarish keyingi o‗n yillikda (1970-1979 y) bo‗lganligini
ko‗rsatadi. Biroq, bu qonuniyat nafaqat qirg‗oqqa yaqin joylashgan, balki
dengizdan uzoq joylashgan stansiyalar: Tomdi, Cho‗pqozgan, Qulquduk uchun
ham harakterlidir (11-jadval). Orol bo‗yida havoning ko‗p yillik o‗rtacha yillik
harorati ayrim davrlarda kenglik bo‗ylab o‗zgaradi. Suv havzasidan uzoqlashib
quruqlik ichkarisiga qarab borgan sari havoning harorati ko‗tarilib boradi.
Masalan, Xivada havoning yillik harorati Mo‗ynoqqa nisbatan 2,4
0
ga yuqori,
Uyali va Cho‗ponqozgan (Uyalidan sharqroqda) o‗rtasidagi farq 1,4
0
ni tashkil
etadi. Bunaqa farqni boshqa davrlarda ham ko‗rish mumkin.
Shamollar. Orol dengizi suv sathining qisqarishi munosabati bilan, Orol
bo‗yi atroflarida shamollar rejimida muhim katta o‗zgarishlar bo‗lgan emas,
Orol dengizi suv akvatoriyasining qisqarishi, so‗zsiz briz shamollari rejimiga
ta‘sir ko‗rsatgan. Lekin buni aniqlash uchun imkoniyat yo‗q. Ya‘ni
meteostansiyalarda kuzatish amalga oshirilgan emas.
Chang bo‘ronlari. Orol dengizi suv sathining 1960 yillardan boshlab keskin
tushishi bir necha ming kvadrat kilometr maydondagi hududning suvdan ozod
bo‗lishiga olib keldi. Bunday katta maydonda dengiz tagining ochilib qolishi
albatta, chang bo‗ronlarining ko‗payishiga olib keldi. Muttaxassislar chang
bo‗ronlari turadigan kunlar sonining takrorlanishini o‗rganish uchun quyidagi
stansiya
turlari
uchun
1966-1980
yillarning
meteorologik
yillik
ma‘lumotlaridan foydalangan: Orol dengizi, Jaslik, Qaraqalpoq, Tigroviy,
Mo‗ynoq, Texnikaul, Uyali, Chimboy, Taxiatosh, Xiva, Urganch,
Cho‗ponqozgan, Oqboytal, Jonkeldi, Oyoqetma, Buxoro, Chorjo‗y. Olingan
ma‘lumotlarni tahlil qilish shuni ko‗rsatdiki, keyingi o‗n yilliklarda chang
bo‗ronli kunlar soni 50% ga ko‗paydi.