122
ifloslanishining integral xususiyati bo‗lib xizmat qiladi. Bu xususiyatlarning
o‗zgarishiga qarab, atmosfera umumiy sirkulyatsiyasining ma‘lum
joy ustida
aerozollarning tarqalishiga ta‘sirini bilish mumkin. Quyida 10-jadvalda, 1968
yildan 1980 yilgacha, ya‘ni Orol dengizining intensiv qurishi sodir bo‗lgan
davrlarda
oylar mobaynida
tushgan yog‗in-sochinning
minerallashuv
xususiyatini ko‗ramiz. Ikkinchi jadval tahlili shuni ko‗rsatadiki, 13 yil
davomida
yog‗in-sochinlarda
umumiy
minerallar
aralash-masining
(to‗planishining) ko‗payishi miqdori aniq ifodalangan.
Yog‗in-sochinning minerallashuvi ayniqsa 1974-1980 yillarda ko‗paygan
va 9,8 mg/l ga yetgan. Shuni aytish kerakki, Orol dengizi stansiyasida sulfat
ioni ko‗pdir, bu tabiiy, bevosita dengiz ta‘siridir.
Dostları ilə paylaş: