Samarqand davlat universiteti geografiya va ekologiya fakulteti geografiya tabiiy recurslar kafedrasi



Yüklə 1,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/80
tarix12.05.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#112432
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   80
Alibekov L.A. O\'rta Osiyo tabiiy geografiyasi

Buxoro jayron qo‘riqxonasi. Jayron O‗rta Osiyo va Janubiy Qozog‗iston 
cho‗llarida yashaydigan hayvon turlaridan bo‗lib, O‗rta Osiyo cho‗llari va 
Sharqiy Zakavkazeda keng tarqalgan. Jayronni qadimdan qoplon, it, burgut, 
o‗rgatilgan gepardlar yordamida ov qilingan. Keyingi o‗n yillikda 
avtomashinalar bilan ov qilish natijasida jayron soni keskin kamayib ketdi. 
Endilikda jayronni ovlash barcha ittifoqdosh respublikalarda man qilingan. 
Jayron muhofaza qilinuvchi nodir tur sifatida xalqaro «Qizil kitob»larga 
kiritilgan. O‗rta Osiyo va Ozarbayjonda jayronni muhofaza qilish uchun 
maxsus qo‗riqxona va zakazniklar tashkil qilingan. Jayronni yarim ochiq 
sharoitda saqlash, ko‗paytirish maqsadida 1977 yili eng tipik cho‗l 
landshaftlaridan iborat hududida, Qizilqumning janubida, Kogondan quyiroqda 


117 
Buxoro pitomnigi tashkil etildi. Qo‗riqxonaning atrofi 36 kilometr uzunlikda 
sim to‗rlar bilan o‗ralgan. Unda zaruriy gidromeliorativ va biotexnik ishlar olib 
borilgan. 1978 yili may-noyabr oylarida 19 urg‗ochi va 25 erkak jayron olib 
kelindi. Hozir ularning soni birmuncha ko‗payib, 300 boshdan oshib ketdi. 5 
ming 600 gektar yerni egallagan bu maydonda jayronlarning yashashi uchun 
barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Bu qo‗riqxona O‗rta Osiyoda birinchi bo‗lib 
tashkil etilgan. Bu qo‗riqxonaga jayronlarni va kamayib ketayotgan boshqa 
hayvonlarni ko‗paytirish vazifasi yuklatilgan. Hozirgi vaqtda bu yerda 
Prejevalskiy otlari ham ko‗paytirilmoqda. 
Aqliy hujum: 
1. O‘rta Osiyodagi qanday qo‗riqxonalarni bilasiz.
2. O‘rta Osiyodagi qanday Milliy bog‗larni bilasiz. 
3. O‘rta Osiyodagi qanday buyurtmalarni bilasiz. 
4. Qo‗riqxonalarni asosiy vazifasini bilasizmi. 
5. O‘zbekistondagi qanday qo‗riqxonalarni bilasiz. 
6. O‘rta Osiyodagi qanday tabiat yodgorliklarini bilasiz.


118 

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin