Samarqand davlat universiteti geografiya va ekologiya fakulteti geografiya tabiiy recurslar kafedrasi


 O‗simlik qoplami har xil o‗tlar, betaga va bug‗doyiqdan iborat bo‗lgan  tog‘ dasht mintaqasi



Yüklə 1,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/80
tarix12.05.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#112432
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   80
Alibekov L.A. O\'rta Osiyo tabiiy geografiyasi

1. O‗simlik qoplami har xil o‗tlar, betaga va bug‗doyiqdan iborat bo‗lgan 
tog‘ dasht mintaqasi (1300-2300m balandlikda);
2. O‘rmon mintaqasi. Bu mintaqa dengiz sathidan 2000-2100 metrdan 
boshlanib, 2700-2800 metrgacha davom etadi. Bu yerda har xil o‗tlar va 
betagadan tashqari, archa o‗sadi. Archa o‗rmonlari - Turkiston archasi 
(o‗rikarcha), yarim sharsimon archa (sovurarcha) va Zarafshon archasi 
(qizilarcha) turlaridan iborat. Archa o‗rmonlarining yoshi o‗rtacha 200 yil. 
O‗rmon mintaqasida archa daraxtlaridan tashqari shilvi (uchqat), na‘matak, 
irg‗iy, zirk va boshqa turli xil butalar o‗sadi;
3Baland tog‘ (subalp) mintaqasi 2700-2800 metrdan boshlanib, bu yerda 
har xil tikanli (tog‗li kserofit) o‗simliklaridan tashqari turli-tuman subalp o‗tlari 
o‗sadi. 
Zomin xalq bog‗ining hayvonot dunyosi turli-tumandir. Bog‗ hududida va 
atroflarida sudralib yuruvchi hayvonlarning 6 turi, parandalarning 63 ta va 
sutemizuvchilarning 18 turi mavjud. Bu yerda sutemizuvchilardan – oq tirnoqli 
ayiq, to‗ng‗iz, silovsin, bo‗ri, tog‗ echkisi, arhar (tog‗ echkisi), jayron va 
boshqalar; parandalardan – kaklik, qirg‗iy, burgut, boltayutar, Himolay kurkasi; 
sudralib yuruvchilardan – qalqon tumshiqilon, giparilonlar va boshqalar 
yashaydi. Zomin xalq bog‗i tabiiy, ijtimoiy – iqtisodiy va rekreatsion 
xususiyatlarga ko‗ra, funksional zonalarga ajratilgan yagona rejalashtirilgan 


112 
tizimdan iborat. Bog‗ hududi quyidagi uchta zonaga bo‗linib, bu funksional 
zonalar tog‗-o‗rmon mintaqasi, tuproq, suvni saqlash, xo‗jalik va rekreatsion 
ahamiyatga ega bo‗lgan flora va faunasini saqlash maqsadiga xizmat qiladi. 
1) Qo‘riqlanadigan zonaga barcha tabiiy zonalarni o‗z ichiga olgan 
uchastkalar (O‗rta Osiyo o‗rmonchilik ilmiy tadqiqot institutlarning Kulsoy 
tayanch punkti) kirgan. Bu zonaga ilmiy xodimlardan boshqa hech kim 
qo‗yilmaydi. U yerda tabiatni muhofaza qilishning qo‗riqxona rejimi 
o‗rnatilgan;

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin