110
kam o‗zlashtirilgan xushmanzara rayonlarda tashkil qilinadi. Ular ilmiy,
madaniy, estetik yoki tarixiy ahamiyatga ega bo‗lgan tabiiy komplekslarning
nodir ob‘ektlari, landshaftlarini saqlash uchun tashkil qilinib, tabiatni muhofaza
qilishning maxsus rejimi bilan saqlanadi.
Tabiiy bog‗larning asosiy vazifasi xushmanzara
landshaftlarda aholining
dam olish imkoniyatini ta‘minlash bo‗lib, bunga tabiatni kompleks muhofaza
qilish asosidagina erishish mumkin. Bog‗larga dam oluvchilarning borishi
to‗g‗ri tashkil qilinganda ular katta maydonlardagi tabiiy komplekslarni saqlash
va tiklashni ta‘minlaydi, bu jihatdan bog‗lar qo‗riqxonalarga o‗xshab ketadi.
Tabiiy bog‗lar atrofidagi ommaviy dam olish uchun mo‗ljallangan istirohat
zonalaridan
farq qilib, ularga guruh bo‗lib yoki individual borish reglament
bo‗yicha ruxsat etiladi. Tabiiy bog‗lardan maqsadli foydalanishda har bir aniq
holat uchun, bog‗ning har bir uchastkasi uchun oldindan mufassal izoh berib
qo‗yiladi. Bog‗ hududi foydalanish va muhofaza qilish rejimi turlicha bo‗lgan
uchastkalarga – zonalar (qo‗riqxona, zakaznik,
tabiat yodgorliklari, dam olish
zonasi va boshqalar)ga bo‗lib qo‗yiladi. Shunday qilib, tabiiy bog‗larni tashkil
qilishda bog‗ maydoni, tabiiy sharoiti (relef, o‗simlik tiplari)ni hisobga olish
zarur. Bu esa bog‗ tabiiy landshaftlarini uzoq muddat saqlashga imkon beradi.
Bog‗larni tashkil qilish uchun joy tanlashda muhim shartlardan biri bog‗ning
undan foydalanadigan aholi turar joylariga yaqin bo‗lishidir. Bog‗ bilan aholi
punkti o‗rtasida mustahkam aloqa o‗rnatilishi kerak. O‗rta Osiyoda ham keyingi
yillarda tabiiy (milliy) bog‗lar tashkil qilinmoqda.
Qirg‗izistondagi Arslonbob milliy bog‗i 1976 yilda Janubi-G‗arbiy
Tyanshanda Babushotin tog‗ massivi yon-bag‗irda 1000 metrdan 4000
metrgacha va undan yuqori balandliklarda tashkil qilindi.
Arslonbob Osiyo
qit‘asida katta massivda yong‗oq o‗rmoni saqlangan yagona joydir. Milliy
bog‗ning maydoni 19 ming gektar. Qirg‗izistonda 1982 yilda Frunze shahridan
uncha uzoq bo‗lmagan joyda Olaarcha tabiiy bog‗i, Tojikistonda 1992 yilda
O‗rta Osiyoda maydoni jihatdan eng katta bo‗lgan «Tojikiston milliy bog‗i»
tashkil etildi. Qo‗yida O‗rta Osiyoning ayrim tabiiy bog‗lariga ta‘rif beramiz.
Dostları ilə paylaş: