Samarqand davlat universiteti geografiya va ekologiya fakulteti geografiya tabiiy recurslar kafedrasi



Yüklə 1,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/80
tarix12.05.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#112432
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   80
Alibekov L.A. O\'rta Osiyo tabiiy geografiyasi

 Tabiat yodgorliklari. Ba‘zan ilmiy, madaniy va tarixiy jihatdan qimmatli 
tabiiy ob‘ektlarni muhofaza qilish uchun katta maydonlarni ishg‗ol qilmagan 
qimmatli tabiiy ob‘ektlar «tabiat yodgorliklari» deb e‘lon qilinadi va jiddiy 
muhofaza ostiga olinadi. Tabiat yodgorliklari tabiatning o‗tmishi va unda sodir 
bo‗layotgan jarayonlar haqida ma‘lum darajada aniq guvohlik beradi. Masalan, 
valunalar-muzlik qoldiqlari, «qo‗y peshonalari» - muzliklarning qoyalarga 
ishqalanishi, jimjimador qoyalar – tog‗ jinslari nurashining guvohi. Tabiat 
yodgorliklariga sharsharalar, geyzerlar, g‗orlar, relefning ajoyib shakllari, 
geologik ochilib qolgan joylar, ayrim daraxt, tarixiy obidalar va boshqa 
ob‘ektlar kiritiladi. Tabiat yodgorliklarining ko‗zga yaqqol tashlanb turadigan 
xo‗jalik ahamiyati bo‗lmasligi mumkin, lekin ularning ilmiy, tarixiy, madaniy-
estetik ahamiyati ko‗pincha juda katta bo‗ladi. Shuning uchun ularni muhofaza 
qilish zarur. Umumiy xususiyatiga qarab tabiat yodgorliklari geologik-
geomorfologik, botanik, paleontologik, astronomik va landshaft yodgorliklariga 
bo‗linadi. 
G ye o l o g i k – g ye o m o r f o l o g i k yodgorliklarga ochilib qolgan 
tog‗ jinslari qatlamlari, g‗orlar, karst relefi shakllari, so‗ngan vulqon kraterlari, 
geyzerlar, diqqatga sazovor qirg‗oqlar, qo‗y peshonalar, noyob relef shakllari, 
qoyalar va boshqalarni kiritish mumkin. Masalan, Zomin tog‗laridagi afsonaviy 
«Qirq qiz» va boshqalar bunday ob‘ektlarga yaqqol misol bo‗ladi (3-rasm). 


109 
O‗rta Osiyoda 1500 dan ortiq g‗orni tabiat yodgorligi sifatida muhofazaga olish 
mumkin. 
B o t a n i k yodgorliklarga yo‗qolib ketayotgan relikt o‗simliklar 
o‗sadigan uchastkalar, dashtlardagi o‗rmon massivlari yoki o‗rmonlar orasidagi 
dasht uchastkalar, alohida saqlanib qolgan keksa daraxtlar va boshqalar 
kiritiladi. Respublikamizda bunday ob‘ektlarga Sayrobdagi 700-1000 yoshli 
chinorni, Urgutdagi, Boysundagi Chorchinorlarni va boshqalarni kiritish 
mumkin. 

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin