Samarqand davlat universiteti geografiya va ekologiya fakulteti geografiya tabiiy recurslar kafedrasi



Yüklə 1,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/80
tarix12.05.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#112432
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   80
Alibekov L.A. O\'rta Osiyo tabiiy geografiyasi

Amudaryo qayir davlat zakaznigi qayirda uya qo‗yuvchi va mavsumiy suv 
parrandalarini muhofaza qilish maqsadida 1974 yilda Qoraqalpog‗iston 
hududida tashkil etilgan. Uning maydoni 60 ming gektarni tashkil qiladi. 
Shabboz to‘qay zakaznigi Amudaryoning chap sohilidagi (Xorazm vohasi) 
yovvoyi cho‗chqa, chiyabo‗ri, qum bo‗rsig‗i, qamish mushugi, qum quyoni, 
Xiva qirg‗ovulini himoya qilish hamda Shabboz massividagi to‗qaylarda 
yashagan xongul bug‗usi va yeliklarni tiklash maqsadida 1974 yilda tashkil 
etilgan. Uning maydoni 3800 gektarni tashkil qiladi. 
Xorazm cho‘l davlat zakaznigi Xorazm vohasining g‗arbiy chekkasida 
1976 yilda tashkil etilgan. Uning maydoni 11300 gektar, shundan 3500 gektari 


108 
ko‗llardir (Eshonravotko‗l, Buriyatko‗l, Ulushurko‗l, Kumushkon va 
boshqalar). Buyurtma suv havzalariga va qumli cho‗larga xos hayvonlarni 
tiklash va muhofaza qilish maqsadida barpo qilingan. 
Arnasoy cho‘l-ko‘l zakaznigi Shimoliy Nurota tizmasining shimoliy 
etaklaridagi Aydar, Tuzkon, Arnasoyga 1969 yildagi suv toshqini vaqtida 
Sirdaryo havzasidan Chordara suv ombori va Mirzacho‗ldan kollektor-drenaj 
suvining kelib qo‗shilishi natijasida uzunligi 160 kilometr va eng serbar joyi 30 
kilometrga yetadigan katta ko‗l – Arnasoy ko‗li hosil bo‗lgan edi. 1977 yili 
Jizzax shahridan 60 kilometr shimolda maydoni 63 ming gektar bo‗lgan 
Arnasoy ko‗li qo‗riqxonasi tashkil etilgan edi. Qo‗riqxonada sho‗rxoklar, 
botqoqliklar, lyossli tekisliklar uchraydi. Tuzkon ko‗li ham qo‗riqxona tarkibiga 
kiradi. Qo‗riqxonaning lyossli, tekislik qismida cho‗l uchun xos bo‗lgan efemer 
o‗simliklar (lolaqizg‗aldoq, qiyoq, qo‗ng‗irbosh va boshqalar), juzg‗un o‗sadi. 
Qamish va butazorlarda ondatra, yovvoyi cho‗chqa, bo‗ri, bo‗rsiq, to‗qay 
mushugi va boshqa hayvonlar yashaydi. Qo‗riqxona akvatoriyasida qishda va 
bahorda o‗rdak, g‗oz, oqqush, qorabuzov, qirg‗ovul va boshqalar to‗planadi. 
Shuningdek, bu yerda sazan, laqqabaliq, mo‗ylovbaliq, oqqayroq, qizilqanot va 
boshqalar urchitiladi. 1987 yil Arnasoy qo‗riqxonasi, ornitologik buyurtmaga 
(zakaznikka) aylantirildi. Arnasoy zakaznigining asosiy vazifasi cho‗l va sun‘iy 
hosil bo‗lgan akvatoriyada yashovchi va qishlovchi qushlarni o‗rganish va 
muhofaza qilishdan iborat. 

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin