116
edi. Ekspeditsiya chog‗ida biolog, geograf olimlar shu hududda jahon
talablariga javob beradigan biosfera
rezervatini yaratish zarur, degan fikrga
keldilar. Loyihaga 2000 yildan boshlab BMTning rivojlanish dasturi, Global
ekologik jamg‗armasi doimiy ravishda yordam berishi ko‗zda tutilgan. 2001
yildan Global ekologik jamg‗armasi, BMTning rivojlanish dasturi va
O‗zbekiston Respublikasi hukumati O‗zbekistonda biologik xilma-xillikni
saqlashning modeli sifatida Nurota-Qizilqum biologik
rezervatini yaratish
loihasini amalga oshirishga kirishdi. Nurota-Qizilqum biologik zaxirasi, bu biz
uchun yangi tushunchadir. U rezervatning hamma hududida barqaror
rivojlanishni va tabiiy komplekslarni, ekosistemalarni, madaniy meroslarni
saqlashni ko‗zda tutdi. Uning hududida uchta zona – qo‗riqxona, bufer va
barqaror rivojlanish zonasi bo‗ladi. Biosfera rezervati hududida 3 ta qo‗riqxona
zonasi (tog‗, sahro va suv havzasi) va 5 ta muhofaza zonasi (2 tog‗, 2 sahro va 1
ko‗l) ajratiladi.
Biosfera rezervatining maydoni 1,08 mln.ga, shu jumladan 57100 ga
qo‗riqxona zonasi va 166524 ga muhofaza zonasi tashkil etadi.
Suv yuzasi,
umumiy maydonning 18% ishg‗ol qiladi. Bu olamshumul ahamiyatga ega
bo‗lgan biologik xilma-xillikni, ekotizimlarni, landshaftlarni, tarixiy va
madaniy boyliklarni saqlashga imkon beradi. Bu
eng avvalo tabiiy muhitga
antropogen omilning negativ ta‘sirlarini kamaytirish, cho‗llanish (sahrolanish)
jarayonlarini sekinlashtirish, buzilgan (yomonlashgan - degradatsiyalashgan)
ekosistemalarni tiklash hisoblanadi. Nurota-Qizilqum biosfera hududi, tabiiy
boyliklarni muhofaza qilish va foydalanishning yanada samarador usullarini
amalga oshirish uchun mahalliy va Respublika rejalashtirish tashkilotlari uchun
yo‗nalish bo‗lib xizmat qilishi mumkin. Va nihoyat milliy va regional ko‗lamda
u biologik xilma-xillikni saqlashning barqaror rivojlanishining
hozirgi zamon
yo‗llarini namoyish qiladi.
Dostları ilə paylaş: