Orol dengizi qurishining iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlari. Orol muammosi
faqat geografik-ekologik masalalarni o‗z ichiga olmasdan, balki ijtimoiy-
iqtisodiy, sanitar-gigiyenik, texnologik, milliy, xuquqiy-etnik va boshqa qator
masalalarini
qamrab
oladi.
Orol
muammosining
geografik-ekologik
masalalarini yuqorida ko‗rib o‗tdik. Endi masalaning iqtisodiy va ijtimoiy
tomonlarini qisqacha yoritishga harakat qilamiz.
Iqtisodiy oqibatlar: Orol dengizi sathining keskin tushib ketishi va katta
maydonda dengiz tagining yalang‗ochlanib qolishi dengiz suvi sho‗rligining 60
promilodan oshishi, chang bo‗ronlarining kuchayishi va Amudaryo, Sirdaryo
deltalaridagi to‗qayzorlarning yo‗q bo‗lishi, butun tabiiy-geografik vaziyatning
o‗zgarib ketishi so‗zsiz, ekologik zararli oqibatlardan tashqari juda katta
iqtisodiy zararlar ham keltirmoqda. Masalan, Qizil-Orda sellyuloza – qog‗oz
kombinati qamishdan karton va qog‗oz ishlab chiqarish uchun
loyihalashtirilgan edi. Hozir esa xomashyo qolmadi, endi esa, Sibirdan temir
yo‗l orqali o‗rmon keltirilmoqda. Xuddi shunday Mo‗ynoq va «Orol» baliq
konserva kombinatlarini saqlab turish uchun bir vaqtlar Atlantika okeanidan
muzlatilgan baliqlar keltirilar edi.
Orol dengizi atrofidagi baliqchilik xo‗jaligi ham batamom tugatildi. Bu
zonadagi 2 ta baliq kombinati 10 ta baliq zavodi va 17 ta baliqchilik kolxozlari
bor edi. Bular faqat bevosita ko‗rinib turgan iqtisodiy zararlar, bundan tashqari
Orolda baliq ovlovchi va transport floti, qishloq xo‗jaligi ekinlari
hosildorligining, yaylovzorlar hosildorligining pasayishi va boshqalar natijasida
keltirilgan moddiy zararlar hisobga olinmaydi. Orol bo‗yiga keltirilgan
iqtisodiy zararlarni baholash mualliflar tomonidan har xil belgilanadi. Suv
xo‗jaligi muassasalari iqtisodiy zararni (bevosita dengizning qurishi, baliq
ovlovchi va transport kemalarining yo‗q bo‗lishidan kelgan zararlar) yiliga 90
million so‗m deb hisoblasa, mustaqil ekspert iqtisodchilar yillik zararni – 1-2
milliard so‗m (1988 y. hisobida) deb hisoblaydilar. Albatta bu zararlarning
hammasi xomaki, chunki bu zararlarga, ekologik, aholi sog‗ligining
yomonlashuvi, ijtimoiy keskinliklar va boshqa juda ko‗pgina masalalar hisob-
kitobga kirmaydi.