Samarqand davlat universiteti gulsum tagiyeva, hayriniso husanova oila va gender



Yüklə 1,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/94
tarix08.02.2023
ölçüsü1,84 Mb.
#83404
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   94
oila

Nikohiy tanlash teoriyalari.
1. Sotsial yondashuvning e‘tiborini tortadigan jihatlaridan yana 
biri, insonlarning o‗z bo‗lajak turmush o‗rtoqlarini izlashda qoidaga 
binoan o‗z ota-onalarining timsoliga o‗xshashini istaydi, ya‘ni qizlar 
ba‘zi bir jihatlari bilan otasiga, yigitlar esa onasiga o‗xshash turmush 
o‗rtog‘ini tanlash tendensiyasiga ega bo‗lishi haqidagi taxmin 
hisoblanadi. Shu bilan birga ularning «katta»lari farzandlar uchun shu 
jinsdagi ota yoki ona modeli hisoblanadi. Bu taxmin jinsiy obyektni 
tanlashda inson tomonidan sevgining eng dastlabki obyekti, ya‘ni ota-
onalar energiyasini qorishtirib yuborish kuzatiladi, deb ta‘kidlovchi Z. 
Freyd nazariyasidan kelib chiqadi. 
Boshqacha aytganda, Z. Freydning fikriga ko‗ra erkak onasiga, 
ayol esa otasiga o‗xshash juft izlaydi. Sotsiologiya adabiyotida bu 
tezisni tasdiqlovchi ma‘lumotlarni topish mumkin. Xususan, D. 


50 
Yedlichkaning 7000 er-xotin juftlari tadqiqotida so‗ralgan juftlar 
yig‘indisiga er-xotinlardan birining ota yoki onasiga o‗xshashligini 
topish ehtimoli nazariy jihatdan tasodifiy tanlovda yuz berishiga 
nisbatan ancha yuqori ekani ma‘lum bo‗ldi
21

D.U. Glenn va P.T. Barretlarning ko‗rsatishicha, to‗ng‘ich o‗g‘il, 
keyingi o‗g‘illarga nisbatan juda yosh uylanish; yoshi ulug‘ otasi bor 
erkak kechroq uylanish; etnik jihatdan aralash oiladagi farzandlar o‗z 
juftlarini aralash oilalardan tanlashlari; va nihoyat kishilar jismoniy 
jihatdan o‗zinikidan ko‗ra qarama-qarshi jinsning ota-onasiga o‗xshash 
kishilar bilan ittifoqqa ko‗proq havasmandlar
22
.
Ijtimoiy- psixologik jihatdan esa nikoh juftini bunday tanlashda 
inson qarama-qarshi jinsning ota-onasiga o‗xshash kishini tanlashda
shaxsiy tavsif va ma‘lum qadriyatlar jihatidan ham yaxshi tanish 
nimanidir tanlashi o‗z tasdig‘ini topadi. Bunday tanlov «ma‘lum 
jihatdan maishiy qulaylikni ta‘minlaydi, umumiy qadriyatlar esa 
sheriklarning o‗zaro aloqalarini o‗rnatishlariga yordam beradi, chunki 
kishilarga doimo ular bilan kelishuvlar yoqadi»
23
.
Nikoh tanlovining yana bir ijtimoiy-psixologik nazariyasi R.F. 

Yüklə 1,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin