104
Sotsiologiya va sotsial psixologiyada guruhning va guruhiy
iqlimning guruhiy xatti –harakat va uning a‘zolarining xatti-harakati
natijalariga ta‘siri ma‘lum. Shunda pozitiv sharoit, guruhning birdamligi,
uning a‘zolarining o‗zaro tushunish va shaxsning o‗z guruhiga
tegishliligini his etishi darajasi kuchli samarali ta‘sir etadi. Bunday
birlamchi guruhlarda ishlab chiqarish samarali bo‗ladi, kadrlar oqishi
kam kuzatiladi, guruhlar yo‗qolib ketishi ehtimoli darajasi past bo‗ladi
(m-n,urush vaqtida ahil ekipajlarning xalok bo‗lishi ehtimoli kam
bo‗lgan, ahil guruhlarda yarador va kasallarning tuzalish jarayoni tezroq
sodir bo‗lgan)
Oila bunday guruhlar ichida ajralib turadi. Ijtimoiy hayotning
barcha sohalarida baxtli oilalar doimo bo‗ydoq, yakka shaxslardan
ustun xususiyatlari bilan
ajralib
turganlar.
Oiladagi
birdamlikning qanday bo‗lishidan qat‘iy nazar oilali insonlarning
ko‗rsatkichlari
oilasiz,yakka
insonlar
ko‗rsatkichlaridan
yuqori
bo‗ladi.Lekin hozirgi sharoitda kam farzandli oilalar ko‗payib
bormoqda. Ma‘lumki, bir necha farzandli oilalarda bir yoki 2 farzandli
oilalarga nisbatan ajralish hodisasi kamroq uchraydi va aksincha, 1 va 2
farzandli oilalarda reproduktiv sohaning kasalliklari ko‗p bolali
oilalarga nisbatan ko‗proq. Shu holat hayot davrining uzunligiga ham
tegishli, ayol va erkakning oilaviy holatiga ahamiyat bermagan holda
hayot davrining uzunligini solishtiradigan bo‗lsak, ayol kishining onalik
funksiyasiga bog‘liq bo‗lganligi uning erkakka nisbatan ko‗proq umr
ko‗rishini belgilaydi.
Individual va guruhiy faoliyat natijalariga guruh strukturasidagi
munosabatlar ta‘sirining effekti R.Zaynok tomonidan «sotsial
fasilitasiya» deb atalgan.
Dostları ilə paylaş: