Samarqand davlat universiteti gulsum tagiyeva, hayriniso husanova oila va gender



Yüklə 1,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/94
tarix08.02.2023
ölçüsü1,84 Mb.
#83404
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   94
oila

 
Axborot manbalari: 
7. http: // gf.nsu. ru/ 
8. http: // www.sociol.com/ 
9. http: // www.nitehwk.com/ alleycat-fag. html 
10. http: // www.sci. econ./ 
11. http: // www.sci. anthropology/ 
12. 
http: // www.sci. environment 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


102 
5-MAVZU. OILAVIY XAYOT SIKLI VA AVLODLAR 
ALMASHINUVI 
 
1. Oilaning xayot sikli va o‗z-o‗zini saqlash.
2. Oila tuzilishi, xajmi, avlodlar soniga ko‗ra turlari.
3. Oila shajarasi.
4. Oilada avlodlararo munosabatlar iyerarxiyasi.
 
Oilaning ijtimoiy mohiyatini tahlil qilayotganda shuni bilish 
muhimki, oila jamiyatning jismoniy va sotsiomadaniy avlodlar 
almashinuvini, ya‘ni farzandlar tug‘ilishi va oilaning boshqa 
a‘zolarining shart-sharoitini ta‘minlashini anglash mumkin. Oila 
sotsiologiyasi individual va jamoaviy qiziqishlar o‗rtasidagi konfliktda 
ertada turuvchini o‗z predmeti deb hisoblar ekan, u bu jarayonlarni 
nafaqat sotsio---institusional darajada, balki oilaviy-guruhiy va 
individual mikrodarajada ko‗rib chiqadi. 
Oilaning mikrososiologik tahlili millionlab alohida oilalarning 
a‘zolarini tarbiyalashga erishishi, oilaviy xayot tarzi orqali ularning turli 
individual ehtiyojlarining qondirilishini o‗rganishni taqozo etadi. Oila 
kichik guruh sifatida insonlar nigohida alohida e‘tibor, qadr-qimmatga 
ega. Shu ma‘noda oilaviy hayot bo‗ydoqlik va nisbatan ham qadr-
qimmatlidir. Oila shaxslar o‗rtasida o‗zboshlik sifatida o‗rganish va 
inersiya hisobidan emas, balki faqat insonlarning o‗zaro ichki tortishishi 
(intilishi) ga ko‗ra mavjud bo‗la oladi. Mikrososiologiyaning asosiy 
masalasi – oilaviy munosabatlarning holati, oilaviy birdamlikka halaqit 
beruvchi konfliktlar va tashqi to‗siqlar, oilaviy rollarni bajarishga va 
birgalikdagi oilaviy faoliyatning samarasiga ta‘sir etuvchi omillardir. 
Mikro va makro sotsiologiyasi o‗rganilayotgan obyektning darajasiga 
ko‗ra farqlanadi. Alohida oila qanchalik unikal, boshqalardan farq 
qiluvchi hayot tarziga ega bo‗lmasin bari bir u tashqi oilalar bilan 
o‗xshash bo‗lgan xususiyatlarga ega bo‗ladi. Shubhasiz oila 
sosiologiyasi bir butun tizimni o‗rganadi, lekin ilmiy soddalashtirish 
maqsadida oila makro va mikro tadqiqotlar obyekti hisoblanadi. 


103 
Oilani o‗rganishda sotsiologik va psixologik yo‗nalishlarni ajratish 
lozim. Sotsial psixologiya inson xulq-atvorini organizm sifatida ham 
emas, yakka shaxs sifatida ham emas, balki boshqa insonlar bilan o‗zaro 
harakat ishtirokchisi sifatida o‗rganadi. Oila bunda bir-biriga ta‘sir 
ko‗rsatish, o‗zaro aloqa, kontaktlar natijasisi sifatida ko‗riladi. Oilaning 
sotsial psixikasi individlar o‗rtasidagi birdamlik, kelishilganlikning 
vujudga kelishi va ushlab turilishini o‗rganadi – bunda diqqat markazida 
oilaviy ―BIZ‖ ga tegishliligi bo‗lishiga muvofiq o‗zining ―MEN‖ – 
konsepsiyasini tashqi omillaridan qat‘iy nazar tasdiqlashga intiluvchi, 
shaxs turadi. Oila sotsiologiyasi oilani bir butun tizim, bir-birini 
to‗ldiruvchi sotsiomadaniy rollarning birligi, vaqt o‗tishi mobaynida va 
hodisalar ro‗y berishi natijasida oila strukturasini o‗zgarishi sodir 
bo‗lganda, o‗zining butunligini saqlab qoluvchi avtonomiya sifatida 
o‗rgandi. Oila sotsiologiyasi individual xati-harakatni umumoilaviy 
xatti-harakat natijasi, sotsial-institusional munosabatlar,sotsial status va 
rollarning shaxslararo namoyon bo‗lishini o‗rganadi. Sotsiolog shaxs 
tomonidan oilaviy holatlarni subyektiv aniqlanishi orqali oilaning 
o‗zgarishiga ta‘sir etuvchi xatti-harakatning natijasini aniqlashga 
intiladi. 
Oila sotsiologiyasining muhim belgisi-oilaning kichik birlamchi 
guruh sifatida vujudga kelishi, funksiyalarini bajarishi va uning 
buzulishi(barbod bo‗lishi) qonunlarini o‗rganishga intilishidir. Turli 
davrlarda, turli hayot tarzi va madaniyatlarda alohida oilalar o‗zining 
noyobligi bilan ajralib turishiga qaramay, ular barpo bo‗lish va barbod 
bo‗lishida bir xil xususiyat bilan xarakterlanadi. 
Oilaning hayotiy sikl bosqichlarining o‗zgarishi qonunlari, 
nuklear oilaning hayot siklining qisqarishi-oilaning kichik guruh sifatida 
sotsiologiyani qiziqtiradigan birinchi masala. 
2-masala-oilaviy tizimning sotsial o‗zgarishlar, ya‘ni farzandlar 
sotsializasiyasi va ularning oilaviy rollarga kirishishi natijasida 
o‗zgarishlar. Shuningdek, shaxsning oilaviy hayot tarziga asoslangan 
alternativ oilaviy shakllarni vujudga keltiruvchi individual-psixologik 
oriyentasiyalar oila sotsiologiyasining asosiy qiziqishidir. 


104 
Sotsiologiya va sotsial psixologiyada guruhning va guruhiy 
iqlimning guruhiy xatti –harakat va uning a‘zolarining xatti-harakati 
natijalariga ta‘siri ma‘lum. Shunda pozitiv sharoit, guruhning birdamligi, 
uning a‘zolarining o‗zaro tushunish va shaxsning o‗z guruhiga 
tegishliligini his etishi darajasi kuchli samarali ta‘sir etadi. Bunday 
birlamchi guruhlarda ishlab chiqarish samarali bo‗ladi, kadrlar oqishi 
kam kuzatiladi, guruhlar yo‗qolib ketishi ehtimoli darajasi past bo‗ladi 
(m-n,urush vaqtida ahil ekipajlarning xalok bo‗lishi ehtimoli kam 
bo‗lgan, ahil guruhlarda yarador va kasallarning tuzalish jarayoni tezroq 
sodir bo‗lgan) 
Oila bunday guruhlar ichida ajralib turadi. Ijtimoiy hayotning 
barcha sohalarida baxtli oilalar doimo bo‗ydoq, yakka shaxslardan
ustun xususiyatlari bilan
ajralib 
turganlar. 
Oiladagi 
birdamlikning qanday bo‗lishidan qat‘iy nazar oilali insonlarning 
ko‗rsatkichlari 
oilasiz,yakka 
insonlar 
ko‗rsatkichlaridan 
yuqori 
bo‗ladi.Lekin hozirgi sharoitda kam farzandli oilalar ko‗payib 
bormoqda. Ma‘lumki, bir necha farzandli oilalarda bir yoki 2 farzandli 
oilalarga nisbatan ajralish hodisasi kamroq uchraydi va aksincha, 1 va 2 
farzandli oilalarda reproduktiv sohaning kasalliklari ko‗p bolali
oilalarga nisbatan ko‗proq. Shu holat hayot davrining uzunligiga ham 
tegishli, ayol va erkakning oilaviy holatiga ahamiyat bermagan holda 
hayot davrining uzunligini solishtiradigan bo‗lsak, ayol kishining onalik 
funksiyasiga bog‘liq bo‗lganligi uning erkakka nisbatan ko‗proq umr 
ko‗rishini belgilaydi. 
Individual va guruhiy faoliyat natijalariga guruh strukturasidagi
munosabatlar ta‘sirining effekti R.Zaynok tomonidan «sotsial 
fasilitasiya» deb atalgan. 

Yüklə 1,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin