oilaning o„rtacha soni 5,5 kishidan iborat, bir qancha viloyatlarda esa 6
kishidan iborat, bu ko‗rsatkich MDHning Evropa qismidagi
mamlakatlarida 3,2 kishini tashkil etadi.
Davlatning vujudga kelishi bilan oilaviy hayotni boshqarish
huquqiy
xarakterga
ega
bo‗lgan.
Nikohni
yuridik
jihatdan
rasmiylashtirish nafaqat er-xotin oldiga, balki davlat oldiga ham
muayyan javobgarlik (burch, vazifa, ma`suliyat) qo‗yadi. Shundan
boshlab oilaviy munosabatlar muammolarini nazorat qilish, huquqiy
jihatdan boshqarish davlat zimmasiga yuklatiladi.
Nikoh munsabatlarini, yolg‘iz yashovchilarni, oilaviy buzilish
sabablarini o‗rganish jamiyat ijtimoiy tarkibining ijobiy rivojlanishida
katta ahamiyat kasb etadi. Oddiy bir misol: diniy munosabatlar asosida,
111
avval nikoh muqaddas hisoblanar edi. Sobiq totalitar tuzum asorati
sifatida biz bu masalaning ancha keyingi o‗rinlardan biriga surilib
qo`llanganligining guvohi bo‗lib turibmiz.
Hozirgi davrda oila rivojidagi sotsial xususiyatlar:
―Hozirgi vaqtda oilaning haqiqiy moddiy ahvolini, ularning
ma`naviy va madaniy qiziqishlarini mahalladan ko‗ra yaxshiroq
biladigan boshqa tuzilma yo‗q. Shuning uchun hozirda oila va gender
sotsiologiyasi mahalla doirasida kengroq o‗rganilmoqda. Bozor
munosabatlari barchani tobora chuqurroq o‗z doirasiga tortayotgan ekan,
bu holat oilaviy munosabatlarga ham o‗z ta`sirini o‗tkazmay qolmaydi,
albatta. Oilaning ishga yaroqli bo‗lgan barcha a`zolari tirikchilik bilan
band bo‗lib, bolalar o‗z holiga tashlab qo‗yilayotgani ham haqiqatdir.
Ana shunday vaziyatlarda mahallalarning rolini, mas`uliyatini oshirish
to‗g‘risidagi da`vat va tegishli farmoyishlar, oilalardagi muammolarning
keng jamoatchilik muammolari sifatida qabul qilinishi davr taqozosi
ekanligidan dalolat beradi. Bolalar jamiyatning kelajagi ekanligi e`tirof
etilar ekan, ularning tarbiyasi uchun shu jamiyatning har bir a`zosi
mas`ul ekanligini e`tiborga olgan holda, eng avvalo oila o‗z farzandining
tarbiyasi, uning kelajagi, jamiyat oldidagi burchini anglab etishida
javobgar ekanligini ta`kidlash bilan birga uning zimmasiga eng og‘ir
mas`uliyat tushishini anglab etib, o‗z funktsional vazifasiga sodiq holda
jamiyat taraqqiyoti bilan birga rivojlanib borishi talab etiladi.
«Farzandlaringizni izzat-ikrom qilish bilan birga, axloq-odobini
ham yaxshilangizlar», - deyiladi hadislarda. Farzand - hayotning guli.
Darhaqiqat, odobli farzand bilan hayotimiz fayzlidir. Biroq,
farzandlarimiz xatti-harakatida ham goho nuqsonlar ko‗zga tashlanadi,
ularning o‗z vaqtida oldi olinib, bartaraf etilmasa, gunoh ishlarga olib
boradi. Shuning uchun oilada farzandlarimizga hadis namunalarini
uqtirib borishimiz ham foydadan xoli emas.
Yuqorida aytib o‗tganimizdek, oilada tarbiyaga katta ahamiyat
berish kerak. Oila a`zolari bir-birlari bilan qanday muomalada bo‗lsalar,
shu muhit qobig‘idagi o‗spirinlarda ham xuddi shunday va ularga xos
xulq-atvorlar namoyon bo‗la boshlaydi. Oila a`zolari xontaxta atrofida
o‗tirib, turli mavzularda mulohazalar yuritish, murakkab muammolarni
112
hal qilish borasidagi atroflicha etarli bahslar, shubhasiz, yigit-qizlar aql-
zakovatining o‗sishida, ularning aql-kamolotida turtki vazifasini
bajaradi.
Oilaning avlod qoldirish funktsiyasi nafaqat oila mustahkamligini
saqlashda, balki jamiyat hayotida ham juda muhim rol o‗ynaydi.
Ko‗p bolali oilalar hozirga kelib, ma`lum ijtimoiy - iqtisodiy
omillar ta`siri ostida borgan sari kamayib ketmoqda. Bu holat yaqin
kelajakda o‗zbek millatining rivojlanishi va ravnaqi darajasiga o‗z
ta`sirini ko‗rsatmay qolmaydi, albatta. Jamiyat, har qanday davlatning
ijtimoiy tanazzulga yuz tutishi eng avvalo undagi oilaning barbot
bo‗lishi, buzilishining ko‗payishiga ko‗p jihatdan bog‘liqdir. Shuning
uchun oilaviy ajralishlarni, qo‗ydi-chiqdilarni keltirib-chiqaruvchi tub
sabablarni aniqlash, o‗rganish va ularning oldini olish uchun ilmiy -
amaliy tavsiyalar ishlab chiqish oila va gender sotsiologiyasining asosiy
vazifalaridan biri hisoblanadi.
Respublika bo‗yicha nikohlar umumiy sonining o‗sishi bilan
ajralishlar
sonining
ham
o‗sayotganligi tashvishlidir. Oilaviy
ajralishlarning asosiy sabablari nimalarda? Ajralishlarning tarafdori
ko‗proq kim? Erkaklarmi yoki ayollarmi? Qaysi birlari ko‗prok aybdor?
– degan savollar yuzasidan olib borilgan sotsiologik tadqiqotlar
natijalariga ko‗ra oilaviy ajralishlarning 70% da ayollarning, faqat 30%
da erkaklarning da`vogarligi asosida sodir bo‗lmoqda. 41,4%
ajralishlarning asosiy aybdori erkaklar, 26,8% ayollar, 4,5% har ikki
tomonning o‗zaro kelisha olmaganligi sababli, 7,3% esa kelin bilan
qaynona o‗rtasida kelishmovchilik sabab bo‗lganligi oqibatida
buzilmoqda. Hozirgi vaqtda asosan ko‗proq quyidagi omillar oilaviy
ajralishlarga sababchi bo‗lmoqda:
1. Er o‗z oilasini moddiy va ma`naviy jihatdan qo‗llab-quvvatlay
olmasligi;
2. Erlik burchini, oila boshlig‘i sifatidagi mas`uliyatli vazifasini
bajarmayotganligi tufayli. Erning spirtli ichimlik, narkotik
moddalarni iste`mol qilishi va natijada sog‘lom oilaviy
muhitning buzilishi oqibatida;
113
3. Ayollarning o‗z eriga nisbatan qo‗pol munosabatlarda bo‗lishi,
erni er o‗rnida ko‗rmasligi, mensimasligi va oilada ayollik
(xotinlik) burchini his qilmasligi natijasida;
4. Er-xotin o‗rtasida o‗zaro hurmatning yo‗qligi, xarakterlarining
to‗g‘ri kelmasligi, oddiy muomala madaniyatining yo‗qligi;
5. Qaynona-kelin munosabatlaridagi kelishmovchiliklar;
6. Yosh yigit-qizlarning bo‗lg‘usi oilaga har jihatdan tayyor
emasliklari va hokazolar.
Olib borilgan sotsiologik tadqiqotlarga ko‗ra, oilaviy hayotda
o‗zlarini baxtli deb hisoblagan ayollar bular: ish joyida muvaffaqiyatga
erishgan, har tomonlama qiziqishga va qobiliyatga ega bo‗lgan,
mustaqil, tashqi ko‗rinishidan kelishgan va go‗zal bo‗lgan ayollar emas,
balki – jiddiy, yumshoq ko‗ngil, mehribon, o‗z oilasiga jonkuyar,
chekinuvchan, bir gapdan qoladigan ayollar ekan. E`tibor berilsa,
haqiqiy oilaviy baxtga erishish omillari axloqiy munosabatlarga borib
taqalishi ma`lum bo‗ldi.
Жаҳонда
кечаѐтган
глобаллашув,
интеграция
ва
модернизация жараѐнлари бугун инсоният ҳаѐтига, оила
институти ва ундаги авлодлараро муносабатларга зиддиятли
таъсир этмоқда.
Ҳозирда оилавий муносабатларни инсон ҳуқуқ ва
эркинликларини асраган ҳолда гуманистик тамойилларга
мувофиқ йўлга қўйиш долзарб илмий муаммога айланган.
Ўзбекистонда оила институтини ўзбек халқининг
этноанъаналари, авлодлараро муносабатлар талабларига мувофиқ
ташкил этиш, оиланинг ижтимоий – демографик, маънавий -
тарбиявий ва функционал вазифаларига рационал тус бериш
борасида катта чора-тадбирлар амалга оширилди.
Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси ва Оила
кодексида оила ва никоҳ, гендер тенглик, авлодлараро
муносабатлар миллий тараққиѐт манфаатларига мувофиқ
келадиган ҳуқуқий меъѐрлар билан белгиланиши ўрнатилди.
Мамлакатдаги
ижтимоий-демографик
вазият
ва
этноанъаналардан келиб чиқиб, 2019 йил 1 сентябрь кунидан
114
бошлаб, никоҳ ѐши 18 ѐш қилиб белгиланди. Асосий Қонунда
авлодлараро муносабатларга алоҳида модда ажратилиб, унда ота-
она фарзандларини боқиш, тарбиялаш ва камолга етказиш учун,
вояга етган фарзандлар эса кексайган ота-оналарига қараш учун
масъуллиги таъкидланди. Бундай ҳуқуқий меъѐрий норма бошқа,
айниқса АҚШ ва Европа Конституцияларида учрамайди.
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2020 йил 18
февралдаги
―Жамиятда
ижтимоий-маънавий
муҳитни
соғломлаштириш, маҳалла институтини қўллаб-қувватлаш ҳамда
оила ва хотин-қизлар билан ишлаш тизимини янги даражаги олиб
чиқиш чора-тадбирлари тўғрисида‖ги ПФ-5938-сонли Фармони
ва ―Ўзбекистон Республикаси маҳалла ва оилани қўллаб-
қувватлаш вазирлиги фаолиятини ташкил этиш тўғрисида‖ги ПҚ-
4602-сонли Қарорларида оилаларга ва оилавий кадриятларга,
авлодлараро муносабатларга кенг ўрин берилган.
Ўзбек оилаларидаги авлодлараро муносабатлар маълум
бир ижтимоий асосга қурилган. Бу асос қуйидаги белгиларда
намоѐн бўлади:
оила яхлитлигини асраш;
репродуктив ва демографик анъаналарга риоя этиш;
оилада шаклланган иерархияга риоя этиш;
ижтимоий маконда оила мавқеини мустаҳкамлаш;
авлодлараро
муносабатларни
этноанъана
сифатида
қадрлаш.
Ўзбек халқида орият, ўз обрўсини сақлашга,обрусини
тўкмасликка интилиш кучли. Инсон бирор нарсага қўл уришидан
ѐки оиласига тааллуқли бирор хатти-ҳаракатни содир этишидан
олдин унинг ўзи ѐки оиласи обрўсига қанчалик таъсир этишини
кўз олдига келтиради. Агар шу ҳатти-ҳаракат ўзининг ѐки
оиласининг обрўсини тўкса, унга путур етказса, у шу хатти-
ҳаракатдан, ҳатто у унга катта зарар етказса ҳам, воз кечади. Бу
ўринда ўзбек халқининг ўз анъаналарига, тарихий маданий
тажрибаларига содиқлиги кўзга ташланади.
115
Ўзбек халқига хос қадриятлардан бири болажонликдир.
Репродуктивлик, демографик барқарорликни таъминлаш, ҳаѐт
маъносини фарзандлар кўриб, уларни етиштиришда кўриш ўзбек
оиласининг олийжаноб анъаналари қаторига кирадиган фазилат
ҳисобланади. Ўзбек халқ достонлари, эртаклари ва мақолларида
фарзандлилик идеал ҳаѐт тарзида улуғланади.
Фарзандлар авлодлараро муносабатларнинг субъектлари
сифатида уларнинг динамикасини, уни сақланиш, келгуси
авлодларга етказишни белгилаб келади. Фарзандларнинг кўплиги
авлодлараро муносабатларнинг барқарор давом этишини,
кенгайишини, миллий анъаналар билан уйғунлашишини
белгилайди. Уларнинг бир бирлари билан алоқалари миллий ва
умуминсоний
қадриятларни
уйғунлашуви,
бир-бирига
интеграциялашуви омилидир.
Ўзбек оилаларидаги муносабатлар иерархияга ( юн. hieros
– муқаддас ва arche – ҳокимият) қурилгани билан ажралиб
туради. Табиийки, бу иерархия бошида оила бошлиғи, одатда
эркак туради. Авлодлараро муносабатлар ҳам ушбу иерархияга
бўйсинади.
Оиладаги
иерархия
муносабатлари
расмий
ташкилотлардаги иерахиядан фарқ қилади. Бу муносабатлар
ўзаро меҳр муҳаббат ва ҳурмат муҳитини шакллантиришга,
каттани ҳурмат ва кичикни иззат қилиш тамойилига, эзгу
ниятларга ва авлодлараро муносабатларнинг давомийлигини
таъминлашга қурилади.
Оила мавқеини асраш авлодлараро муносабатлар тизимида
муҳим ўрин тутади. Оила аъзолари уйдаги осойишталик,
фаровонлик, аҳиллик, меҳр муҳаббат пировард натижада оила
мавқеига таъсир этишини биладилар.
Қашқадарѐ вилоят бошқармаси томонидан ўтказилган
социологик сўровдаги ―Оилангиз неча авлодли?‖ деган саволига
респондентларнинг 59 % уч ( бобо- момо, эр-хотин ва уларнинг
Dostları ilə paylaş: |