134
imkoniyatlarini
solishtirganda
ayollarning
kundalik
toliqtiruvchi
jismoniy va aqliy mehnat bilan bog‘liq quyi lavozimlarni tark etish
ehtimoli erkaklarga nisbatan past ekanligini aniqladi
58
. Muallif
ayollarning vertikal mobilligi nikohga kirishish munosabati bilan
muvaffaqiyatli bo‗lib borishini ta‘kidlaydi. Demak, ushbu holatda ham
ayolning ijtimoiy faolligining bosh omili sifatida uning oilaviy maqomi
ustuvorligi ta‘kidlanadi.
Ayollar masalalari bilan atroflicha shug‘ullangan G. Sillastening
fikriga ko‗ra, ijtimoiy mobillik keng ma‘noda – ayollarning jamiyat
ijtimoiy tuzilmasidagi mavqyeini o‗zgarishi va o‗zgaruvchan hayotiy
faoliyat sharoitlariga moslashuvini anglatadi. Tor ma‘noda – ijtimoiy
mobillik ayolning o‗z lavozimiy va kasbiy maqomini o‗zgaritirish va
nihoyat yangi ijtimoiy va iqtisodiy muhitga moslashishdagi individual
imkoniyatlarini angladi
59
. G.Sillaste ayrim g‘arb mualliflarining
jamiyatdagi transformasion jarayonlarda jinsning psixobiologik va
fiziologik xususiyatlari erkak va ayol xulq-atvori modellarini
shakllantiruvchi bosh omil ekanligi haqidagi fikrlariga zid ravishda
ijtimoiy omillarni ko‗rsatadi.
Albatta jinsiy taqsimotni sinfiy differensiasiyaning davomi sifatida
qabul qilish o‗ta qo‗pol soddalik, ushbu yirik tushunchaning turli
bo‗laklarini «yutib» yuborish bo‗lar edi. Ayollar gorizontal va vertikal
segregasiya obyekti sifatida umumiy sinfiy taqsimotga singib
ketmaydigan alohida kategoriyani hosil qiladi.
Gorizontal segregasiya kasblarning «erkaklarga xos» yoki
«ayollarga xos»ligi aqidasidan kelib chiqib ayollar ijtimoiy-siyosiy
faolligini ma‘lum sohalarda jamlashini anglatadi. Aksariyat hollarda
bandlikning ta‘lim, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy ta‘minot, oziq-ovqat
ta‘minoti, maishiy xizmat kabi sohalarida ayollar ulushi baland.
Ko‗pchiligi monoton konveyrli liniyalarda mehnat qiladi.
Ayollar mashg‘ulotlari borasida konservativ fikrlarni shaklantirgan
ijtimoiy stereotiplar alohida individ xususiyatlarini chetlab o‗tadi va
58
9
Heath A. Social Mobility. Glasgow. 1981. P. 107-136.
Dostları ilə paylaş: