Samarqand davlat universiteti gulsum tagiyeva, hayriniso husanova oila va gender



Yüklə 1,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/94
tarix08.02.2023
ölçüsü1,84 Mb.
#83404
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   94
oila

 
 
 
 
 
 
 
 


120 
6-MAVZU. YOSh OILA: SOSIAL KATEGORIYA SIFATIDA 
 
1. Sotsiologiyada ―yosh oila‖ ijtimoiy-demografik kategoriya 
sifatida. 
2. Yosh oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlari. 
3. Yosh oilalarda ijtimoiy-psixologik adaptasiya muammolari. 
4. Yosh oilalarning buzilish omillari. 
5. Yosh oilalarni qo‗llab-quvvatlashga yo‗naltirilgan siyosat. 
Yuqorida biz «oila» va «nikoh» tushunchalarini tahlilini amalga 
oshirdik. Endi «yosh oila» tushunchasini ta‘riflashga harakat qilamiz.
Hozirda sotsiologik adabiyotlar va rasmiy hujjatlarda «yosh oila» 
tushunchasini izohlovchi yaxlit yondashuv mavjud emas. «Yosh oila» ning 
oila shakli sifatida ommalashgan ta‘riflaridan biriga ko‗ra, nikoh 
tuzilgandan keyingi uch yil (farzand tug‘ilishi munosabati bilan nikoh 
davomiyligidan qat‘iy nazar) nazarda tutilib, bunda oilaviy juftlik yoshi 30 
dan oshmagan bo‗lishi, shuningdek, farzandli oilalarda voyaga yetmagan 
bolali ota-onalardan biri 30 yoshgacha bo‗lishi nazarda tutiladi
50
. Demak, 
yosh oila – bu rasman qayd etilgan nikoh munosabatlariga kirishgan 17 
yoshdan 30 yoshgacha bo‗lgan er va xotin birligidir
51
.
F.A.Mustayevaning fikricha yosh oila – bu oilaviy hayot 
davomiyligining boshlang‘ich bosqichi bo‗lib, ushbu davr er-xotin ixtiyori 
va tanlovining hayotiy ifodasidir. Oilaviy hayotning bu davrida er-xotin bir-
birining murakkab jihatlarini kashf etish hodisasi sodir bo‗ladi. Natijada 
xarakterlar «sayqallanishi» sodir bo‗lib, bu hayot tarzining tubdan o‗zgarishi 
bilan birga kechadi. Sabr-toqat, mulohazali va janjallarda yon bosa olish 
qobiliyatisiz xarakterlar «sayqallanishi» davri murakkab va chigal kechadi. 
Ammo, ushbu hodisa oilaviy turmush tarzi va er-xotin o‗rtasidagi 
munosabatlar shakllanishining boshlang‘ich nuqtasi, xolos. Navbatda 
50
Ростовская Т.К. Молодая семья в современном российском обществе // Молодежь и общество. –
№3. 2007. 
51
Молодая семья: проблемы и перспективы социальной поддержки / под обшей редакцией 
Е.В.Жижко, С.Д.Чигановой. – Красноярск: РУМЦ ЮО, 2005. – 300 с. 


121 
oilaviy rollar, «hokimiyat»ni taqsimlanishi muammolarini birgalikda hal 
qilish ko‗nikmalari, oilaviy turmush, bo‗sh vaqt va dam olishni rejalashtirish 
kabi masalalaro‗ndalang turadi. Ushbu muammolarga yosh oilaviy juftlik 
ayrim holatlarda ilk bor duch keladi va muammoli vaziyatdan chiqishda 
«sinov va xato» usuli yordamida mustaqil harakatlanadi
52

Yosh oila nuqtai nazaridan nisbatan dolzarb sanalgan ikki muammoni 
alohida ko‗rsatish zarur, bular: sosial-iqtisodiy va sotsial-psixologik 
muammolar bo‗lib, birinchi holatda muammolar yosh oilaviy juftlikning 
moddiy, uy-joy, ish o‗rinlari bilan ta‘minlanganligi asosida kelib chiqadi. 
Chunki, yosh oilalarning salmoqli qismi daromadi past bo‗lib, ko‗pchiligi 
kambag‘al hisoblanadi. Mehnat bozorida yosh mutaxassisga talabning 
pastligi yoki ish tajribasining yo‗qligi yosh oilaning moddiy holatini 
yomonlashtirish bilan bir qatorda mamlakat aholisi turmush tarzini tushib 
ketishiga olib keladi.  
Ikkinchi blok muammolarga yosh oilaviy juftlikni bir-biriga, yangicha 
vaziyatga (rollar, stereotiplar va hulq-atvor usullarini o‗zgarishi) va yangi 
qarindoshlarga moslashuvi mansubdir.
Qator tadqiqotchilar yosh oilalarning zamonaviy holatini tahlil etar 
ekanlar sotsial-maishiy muammolar, zamonaviy oilani shakllanishi, oilaviy 
tarbiya va xatar guruhiga mansub oilalar muammolarini alohida o‗rganishni 
taklif etadilar
53

Umuman yosh oilaning barqarorligi va zamonaviy holatiga ta‘sir 
ko‗rsatuvchi asosiy omillarga oilaviy daromadning pastligi, xususiy uy-
joyning yo‗qligi; farzandlar tug‘ilishi munosabati bilan kambag‘allashish, 
yoshlarning oilaviy hayotga tayyor emasliklari, oilaviy hayotning ma‘naviy 
va ruhiy asoslarini bilmaslik, ziddiyatlarni hal eta olmaslik, xudbinlikni 
kiritish mumkin.
Yosh oilalarning boshqa turdagi oilalardan farqlovchi jihatlaridan biri, 
shundaki, undagi munosabatlar negizi qarindoshlik emas ota-onalik maqomi 
52
Мустаева Ф.А. Основы социальной педагогики. – М.: Академический проект; Екатеринбург: 
Деловая Книга, 2002. – С.34.
53
Молодая семья: проблемы и перспективы социальной поддержки. – Красноярск: РУМЦ ЮО, 
2005. – С.30.


122 
bilan bog‘liq bo‗lib, ushbu maqom boshqalarga nisbatan ustuvor ahamiyat 
kasb etadi.
Yuqoridagilarni umumlashtirib, amalda mavjud bo‗lgan oilaviy 
munosabatlar ustuvorligini tan olish zaruriyatini ko‗rsatadi. Zero, erkak va 
ayol o‗rtasidagi xuddi shu kabi ittifoq jamiyat tomonidan oilaga yuklangan 
vazifalarni bajarishga qodirdir. Biz nikohning davlat tomonidan rasmiy 
qayd etilishi rolini aslo kamsitmagan holda shuni aytamizki, ushbu yuridik 
fakt avvalambor, huquqiy munosabatlarni o‗rnatilishi, er-xotin, ularning 
farzandlari va boshqa qarindoshlarining huquq va majburiyatlari sohasidagi 
noaniqliklarni bartaraf etish uchun ahamiyatlidir. Bizning maqsadimiz 
oilada mavjud hayotiy muammolarni anglash, ushbu sotsial institutni 
qo‗llab-quvvatlashga 
yo‗naltirilgan 
oilaviy 
siyosat 
yo‗nalishlarini 
aniqlashdan iborat. 
Shu tariqa yosh oila va uning muammolarini tadqiq etish quyidagi 
xususiyatlarga ega oilalarni yalpi yig‘indisiga kiritilishini nazarda tutadi.
- ikki yosh rasmiy nikoh tuzishgan yoki birga yashashaydi va 
birgalikda uy xo‗jaligini yuritishadi (fuqarolik nikoh); 
- er-xotinning yoshi 30 dan oshmagan; 
- birgalikdagi hayot davomiyligi – 3 yoshgacha (farzand tug‘ilishi 
holatida birgalikdagi hayot davomiyligida cheklanishlarisiz).
Yondashuvlar xilma-xilligiga qaramasdan muallif mazkur ishining 
maqsad va vazifalariga mutanosib ta‘rifni qo‗llab-quvvatlaydi. Ushbu ta‘rif 
oilani ikki xil mazmunda, ya‘ni, sotsial institut va kichik sotsial guruh 
sifatida tadqiq etishni mohiyatan uyg‘unlashtiradi.
So‗nggi paytlarda yosh oila sotsiologlar, demograflar, psixologlar 
diqqatini yanada o‗ziga jalb etmoqda. Bu qator holat lar bilan izohlanadi. 
Nikohning dastlabki yillarida bo‗lajak oilaviy munosabatlar shakllanadi – 
hokimiyat va majburiyatlar taqsimlanadi, er-xotin, ota-ona va farzandlararo 
ma‘naviy aloqalar shakllanadi. Er va xotinning bir-biriga moslashishining 


123 
murakkab jarayoni kechadi. Asosiy ziddiyatlarning tabiati va ularni yengib 
o‗tish usullari aniqlab olinadi. Farzandlar soni va tug‘ilishlar orasidagi 
interval haqidagi qarorlar ham odatda oilaviy hayotning dastlabki yillarida 
qabul qilinadi. Demak, yosh oilani o‗rganish tug‘ilish muammolariga 
bevosita aloqadordir. 
Yosh oila sifatida er-xotinning yoshi 30 dan oshmagan, 5 yillik 

Yüklə 1,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin