Samarqand davlat universiteti gulsum tagiyeva, hayriniso husanova oila va gender


birgalikdagi hayot tajribasiga ega, rasmiylashtirilgan nikoh doirasidagi



Yüklə 1,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/94
tarix08.02.2023
ölçüsü1,84 Mb.
#83404
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   94
oila

birgalikdagi hayot tajribasiga ega, rasmiylashtirilgan nikoh doirasidagi 
oilani nazarda tutishni taklif etadi. 5 yilgacha birgalikdagi hayot tajribasi 
davomida er-xotin o‗rtasidagi munosabat xususiyatlari shakllanadi. Hali 
nikoh tanlovi ta‘siri ostida bo‗lgan oilaviy juftlikning bir-biriga moslashuvi 
jarayoni kechadi. 30 yoshdan oshmagan oilalar tanlanishi esa ilmiy va 
huquqiy manbalarda qabul qilingan «yoshlar» tushunchasiga mutanosib 
tarzda olingan. Nikohning bosqichma bosqichligi – birinchisi – muallif 
oilaviy hayot tajribasiga ega bo‗lmagan er va xotin munosabatlarini 
o‗rganishi bilan izohlanadi.
Shu bilan birgalikda bolalarning borligi yoki yo‗qligi yosh oila 
kategoriyasiga kiritmaslikning ko‗rsatikichi sanalmaydi. Yosh oilani 
oilaning 
boshqa 
turlaridan 
farqlovchi 
jihati 
shundaki, 
undagi 
munosabatlarning asosiy negizi qarindoshlik yoki ota-onalik bilan emas, 
aynan er-xotinlik bilan belgilanadi va bu munosabat turi boshqalarga 
nisbatan ustunlik qiladi.
Hayotiy faoliyat davomida yosh oila bir necha bosqichni bosib o‗tadi: 
- shakllanish (nikohga kirishdan boshlab birinchi farzand tug‘ilgunga 
qadar, barqaror ruhiy muhitni yaratish, o‗z moddiy zahirani yaratish 
maqsadida 
daromad 
manbini 
aniqlash, 
oilaviy 
majburiyatlarni 
taqsimlanishi);
- kun ko‗rish (moddiy ta‘minlanganlik darajasining pastligi tufayli 
davlatga qaramlikning yuqoriligi, kundalik turmushni tashkil etishda 
istiqbolli muammolar emas, ayni damdagi muammolar yechimiga e‘tiborni 
jamlash); 
- rivojlanish (nisbatan yuqori turmush darajasini ta‘minlashga
qaratilgan sifatiy xususiyatlarni egallash, hayotiy muhim muammolarni 
mustaqil hal etish, ma‘lum muxtoriyatga erishish). 


124 
Olimlarning fikriga ko‗ra, oilaviy ijtimoiylashuv jarayoni nomlari 
qayd etilgan bosqichlarning qat‘iy ketma-ketligini talab etmaydi. Bundan 
shakllanish bosqichi mustasno bo‗lib, uni barcha yosh oilalar boshidan 
kechiradi va bu jarayon boshqa hayotiy bosqichlar bilan parallel holda 
kechadi. Kun ko‗rish bosqichining muqarrarligi yoki oilaning rivojlanish 
bosqichiga tezlikda o‗tishi oilaning ijtimoiy-iqtisodiy holati darajasi, 
qarindoshlar tomonidan qo‗llab-quvvatlanishi, er-xotinning kasbiy va 
ma‘lumot darajasi, oilaviy rollar, reproduktiv rejalarni uyg‘unlashtirish, 
shuningdek, yosh oilaga nisbatan davlat siyosatining mohiyati, kabi 
omillarga bog‘liq
54

Zamonaviy yosh oilalarni turkumlashda tuzilmasiga ko‗ra – to‗liq va 
noto‗liq oila, farovon oila va xatar guruhiga mansub oilalarni alohida 
ko‗rsatish mumkin.
Rossiyalik olimlar (F.A.Mustayeva, N.Akerman) fikriga ko‗ra yosh 
oilalarning uch turi mavjud. Bular: 
An‘anaviy - bu turdagi oilada er-xotin uchun birgina oilaviy 
qadriyatlar ustuvor sanaladi. Bunday oilada ikki yoki undan ortiq farzandlar 
bo‗ladi. Oilada, rasman erkak yetakchi sanaladi.
Er-xotinning har biri individual ehtiyojlarini qondirish, shaxsiy kamol 
topishga yo‗naltirilgan, kam farzandli oilalar. Ijtimoiy-rolli muvozanat 
kuzatiladi. Yetakchilik turiga ko‗ra demokratik, birgalikda yoki alohida 
hayotiy faoliyat tanlanadi.
Yosh er-xotin asosan ko‗ngil ochishga moyil. Bunda er ham xotin 
umumiy do‗stlar qatorida eski qadrdonlaridan o‗z do‗stlariga ega bo‗ladilar. 
Reproduktiv tartiblarga ko‗ra farzandsizlik yoki kam farzand nazarda 
tutiladi. Oilada yetakchilik avtoritar yoki demokratik bo‗lishi mumkin
55

Yosh oila rivojlanishning uch bosqichini boshidan kechiradi. Birinchi 
bosqich – monada bosqichi 1960-yillarning oxirida amerika oilalari 
misolida tavsiflangan. Unga ko‗ra, yolg‘iz yigit yoki qiz moliyaiy mustaqil, 
ota-onasidan alohida yashaydi, o‗z ehtiyojlarini mustaqil ro‗yobga 
54
Ростовская Т.К. Молодая семья в современном российском обществе // Молодежь и общество. –
№3. 2007. 
55
Мустаева Ф. А. Основы социальной педагогики. – М.: Академический проект, 2001. – С. 38. 


125 
chiqaradi, mustaqil hayotning ma‘lum qodilalariga bo‗ysunadi, ota-onadan 
o‗zlashtirilgan qoidalarni o‗z tajribasida sinab ko‗radi
56

O‗zbekiston oilalarida monada bosqichi kuzatilmaydi. Bu moliyaviy 
qaram bo‗lgan yosh oilani alohida uy-joy olish imkoniyati cheklanganligi 
bilan izohlanadi. Natijada yosh er-xotin ota-onasi oilasida mavjud bo‗lgan 
oilaviy qoidalarni «chetdan kuzatish» imkoniyatga ega bo‗lmaydilar. 
Shunday vaziyatda yosh oilaviy juftlik oilaviy tartiblarga nisbatan o‗z 
qarashlarini ishlab chiqishda qiyinchilik sezadi.
Diada – bu kompromissga erishish yo‗llarini qidirish bo‗lib, yosh 
oilaviy juftlik birgalikdagi hayot qoidalarini o‗zlari o‗rnatadilar. Adaptasiya 
bosqichidan o‗tib yangi oilaviy rollarga ko‗nikadilar. Vaqt o‗tishi 
mobaynida yosh oila, diada bosqichi muammolarini qay tarzda yengishidan 
qat‘iy nazar triada bosqichiga o‗tadi. Yosh oilaviy juftlikning farzandi 
dunyoga keladi.
Zamonaviy O‗zbekistonda farzandlarni dunyoga keltirish keyinga 
surilmaydi (nikoh tuzilgan daqiqadan boshlab uch yildan oshmasdan). Shu 
bois ko‗pchilik yosh oilalar diada bosqichidan tezda triada bosqichiga 
o‗tadilar.
N.Akermanning ushbu uch bosqichli modeli amerikalik yosh oilalarni 
tadqiq etish asosida ishlab chiqilgan. U biz uchun qiziqarli, ammo, 
dissertantning fikriga ko‗ra, mamlakatimizning xususiyati yosh oila 
rivojlanishi bosqichlariga o‗zgacha yondashuvni talab etadi. Uning mohiyati 
quyidagi bosqichlarda o‗z aksini topgan. 
Birinchi bosqich – rasmiy, qayd etilgan nikohdan keyingi bosqich. Bu 
bosqichni yosh oila rasman qurilgan kun sifatida tavsiflash mumkin. Bu 
bosqichda oila diada shaklida bo‗lsa-da, ammo O‗zbekiston oilalari ota-ona 
oilasi tarkibiga kirishi mumkin.
Katta oila ichida kichik oilani qurish – jiddiy masala. Yoshlar 
birgalikda yashash bo‗yicha nafaqat bir-biri balki, kattalar bilan ham 
kelishib olishlari shart.
Patriarxal oilalardagi qoidalar bunday kelishuvning quyidagi shaklini 
taklif etadi: yosh er yoki xotin katta oila tarkibiga yana bitta qiz yoki o‗g‘il 
56
Акерман Н. Семья как социальная и эмоциональная единица. – СПб.: Питер, 2000. 


126 
farzand huquqi asosida kiradi. Er yoki xotinning ota-onasini «ota» yoki 
«ona» deb chaqirish taklif etiladi. Ammo, har qanday yosh oila oilaviy 
turmush rivojining bu kabi ssenariysiga tayyor emas.
Ikkinchi bosqich – yosh oilada birinchi farzand tug‘ilishi bilan bog‘liq. 
Bu bosqich bir yildan uch yilgacha bo‗lgan davrni qamrab oladi. Yosh 
oilalar odatda birinchi farzand tug‘ilishini keyinga surmaydilar. Ammo, 
ikkinchi farzand tug‘ilishi rejalashtiriladi.
Birinchi farzand tug‘ilgach oilaviy hayotning «an‘anaviylashuvi» 
sodir bo‗ladi va uchinchi bosqichga o‗tiladi. Ushbu bosqichda oilaviy 
munosabatlar xususiyatlari o‗zgarishlarga duch keladi. Bu davrda yosh er-
xotinning bir-biriga nisbatan sevgisi va moyillik tuyg‘usi o‗zaro hissiy 
bog‘langanlik va hissiy qulaylik tuyg‘usi bilan almashadi. Oila yosh kishilar 
uchun o‗z tuyg‘ularini ro‗yobga chiqarish makoniga aylanadi. O‗zaro 
muhabbat tuyg‘usi mustahkamlangunga qadar zaruriy shart-sharoitlarni 
tug‘diradi. Bunda er yoki xotin bir-biri uchun birgalikdagi oilaviy hayotning 
chuqur ichki mazmun kasb etuvchi yolg‘iz insonlarga aylanadi.
So‗nggi uchinchi bosqichda oilaviy byudjetni shakllanishi sodir 
bo‗ladi. Oilaning yangi ehtiyojlari va imkoniyatlari ro‗yobga chiqariladi. 
Shinam turmush shart-sharoitlari yaratiladi. Uy xo‗jaligini yuritish, oila 
a‘zolariga xizmat ko‗rsatish, iste‘mol jarayonini tashkil etishda rollar 
taqsimlangan bo‗ladi.
Oila institutidagi zamonaviy o‗zgarishlar, zamonaviy sosium 
sharoitida oilaning barbod bo‗lishini emas, aksincha doimiy tarzda sodir 
bo‗layotgan o‗zgarishlarga moslashishning nisbatan optimal shakllarini 
qidirishdan iboratdir. Chunki, oila va oilaviy turmush tarzi qadriyatlari 
zamonaviy yoshlar qadriyatlari tuzilmasidagi bosh qadriyatlardan biridir.
Turli mamlakatlarda o‗tkazilgan tadqiqotlardan olingan ma‘lumotlar 
va statistik ko‗rsatkichlar guvohlik berishicha, ajralishlarning 20% ga yaqini 
ikki yildan kam davr mobaynida mavjud bo‗lgan oilalar hissasiga to‗g‘ri 
kelar ekan. Bunda oilaviy juftlik ajralish haqidagi qarorga kelib arizani 
sudga oshirgandan so‗ng nikoh rasman tugatilishigacha sezilarli vaqt o‗tadi. 
Amalda esa nikoh ancha oldin o‗z mohiyatini yo‗qotgan bo‗ladi.


127 
Zamonaviy oilada er va xotin hulq-atvori me‘yorlari borgan sari 
qat‘iylashmoqda. 
Rolli 
munosabatlarning 
reglamentlashtirilgan 
(chegaralangan) 
shakllaridan 
chekinish 
kuzatilmoqda. 
Oiladagi 
munosabatlar, uni tashkillantirish usullari vaziyatga qarab belgilanadi va 
ushbu jamoaning har bir a‘zosi imkoniyatlari, qobiliyati va moyilliklariga 
qaram bo‗ladi.
O‗tmishda an‘anaviy er-ota va xotin-ona hulq-atvori namunalari 
ustuvor bo‗lib, erkak oila boshlig‘i, uni boquvchisi va sotsial maqom 
tashuvchisi bo‗lsa, ayol – uyning farishtasi, uy bekasi va bolalar tarbiyachisi 
sanalgan. Ayollarni ommaviy tarzda ishlab chiqarishga jalb etilganligi, 
ularning ma‘lumotlilik darajasini oshib borishi, er va xotin huquqlari 
tengligi g‘oyalarining keng tarqalishi tufayli hozirda ayollar va erkaklar 
ko‗pchilik holatlarda bir xil sotsial maqom va oylik maoshga egadilar. 
Natijada ular oilaviy qarorlar qabul qilinishida teng ishtirok etmoqdalar. Shu 
bilan birgalikda jamiyatda er-xotinning oilaviy rollari va majburiyatlari 
haqida o‗rnashib qolgan tasavvurlar amalda voqelikka unchalik mos 
kelmasa-da, bir tomondan, aholining ma‘lum qismi oilaning an‘anaviy 
mohiyatidan 
uzoqlashmaydi, 
ikkinchi 
tomondan 
esa 
– oilaviy 
funksiyalarning ko‗pchiligini bajarishda erkak va ayolning tengligi borasida 
fikrlar mavjud.
Yosh oilaning rivojlanishi – davlat va jamiyatda subyektli-obyektli 
munosabatlar shakllanishi jarayoni bo‗lib, uning natijasida yosh oila 
rivojlanishida zaruriy sharoitlarga ega bo‗ladi va sotsial funksiyalar hamda 
reproduktiv me‘yorlarni bajaradi.
Yosh oila rivojlanishi indikatorlari tizimining optimal tuzilmasi 
quyidagi qator komponentlardan iborat: 
- yosh chegaralari; 
- yosh oilaning sotsiologik tavsifi; 
- oilalarning boshqa turlariga nisbatan yosh oilalarda ajrim 
darajasining dinamikasi; 


128 
- ijtimoiy-iqtisodiy holati: daromad darajasi va tuzilmasi, uy-joy shart-
sharoitlari; tibbiy xizmatlardan foydalana olish; bandlik darajasi (er-xotin 
ikkalasining bandligi, ulardan birining ishsizligi, ikkalasi ham ishsiz); 
- yosh oilada tug‘ilish dinamikasi; bolalar soni, bolalar sonini 
rejalashtirish; farzandni dunyoga keltirishga turtkilar shakllari va usullari; 
- yosh er-xotinning umumiy va kasbiy ta‘limi darajasi; 
- ta‘limning omad keltirish va kasbiy ilgarilash omili sifatidaligi; 
- yosh oilani faol va sust ijtimoiy muhofazalash tizimi; imtiyozlar, 
sotsial to‗lovlar, yosh oilalarni qo‗llab-quvvatlashda sotsial dasturlar, yosh 
onalar sog‘lig‘ini muhofazalash chora-tadbirlari; 
- yosh oilaning dam olish imkonining mavjudligi; oilaviy sanatoriylar 
va dam olish bazalari; oilaviy klublar; yosh oila uchun radio eshittirish va 
teleko‗rsatuvlarning mavjudligi; farzandli oilaviy juftlik uchun sport 
musobaqalarini tashkil etilishi, xulosa: 
1) oila, uning shakllanishi va tanazzulga yuz tutishi kabi munosabat 
nafaqat uning sotsial institut sifatida kishilar turmush tarzini belgilab 
berishi, balki avlodning barkamolligi, millat va davlat sog‘lomligi, 
shuningdek, 
doimiy 
o‗sib boruvchi sotsial buyurtmadan kelib 
shakllangandir; 
2) oila – bu murkkab sosiomadaniy hodisadir. U o‗zida inson hayotiy 
faoliyatining barcha jabhalarini qamrab olishi bilan unikal va takrorlanmas 
hodisaga aylandi, shuningdek, tashkillangan sotsial guruh sifatida uning 
a‘zolari umumiy ro‗zg‘or, nikoh yoki qarindoshlik munosabatlari, 
jamiyatning jismoniy va ma‘naviy o‗z-o‗zidan qayta ishlab chiqarilish 
ehtiyoji bilan shartlangan ahloqiy munosabatlar bilan bog‘langan; 
3) oilaning rivojlanishi, yangilanishi istiqbollari nuqtai nazaridan yosh 
oila alohida sotsial qimmatga ega. Yosh oila sifatida er-xotinning yoshi 
30dan oshmagan, 5 yillik birgalikdagi hayot tajribasiga ega, 
rasmiylashtirilgan nikoh doirasidagi oilani nazarda tutish maqsadga 
muvofiq; 
4) mamlakatimizda yosh oila rasmiy, qayd etilgan nikohdan keyingi 
birinchi bosqich, birinchi farzand tug‘ilishi bilan bog‘liq ikkinchi bosqich, 
oilaviy byudjetni shakllanishi, yangi ehtiyojlari va imkoniyatlari ro‗yobga 
chiqariladigan uchinchi bosqichni bosib o‗tadi. Oila shakllanishi, uning 


129 
mustahkamligini ta‘minlanish – zamonaviy jamiyatlarning asosiy 
muammolaridan biridir.

Yüklə 1,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin