59
Г.Г.Силласте. Изменения социальной мобильности и экономического поведения женщин библиотека
учебной и научной литературы. www.i-u.ru
135
E.Aronsonning fikricha «guruh a‘zolarining shaxsiy sifatlari
farqlanmaydi va barcha yaxlit qolip doirasida tasniflanadi»
60
. Stereotipli
fikrlash jinsi-rolli tafovutlarda aksariyat hollarda odat tusiga kirib
ulgurgan. Bunda maskulinlik va feminlik tushunchalari erkaklar va
ayollarga xos bo‗lgan somatik, ruhiy va hulq-atvor xususiyatlari
borasidagi qolipli fikrlarni yig‘indisidan hosil bo‗ladi. I.S.Kon
tomonidan taklif etilgan maskulinlik va feminlik atamalari nafaqat ruhiy
va hulq-atvorli balki bu ikki tushuncha atrofidagi ijtimoiy tasavvur va
fikrlarni oydinlashtiradi. Ushbu ikki kategoriyaga ko‗ra erkak va ayol
ideal ta‘riflanadi. Ammo, ayollar vertikal mobillik bo‗yicha o‗z
maqomini oshirishida mavjud «ijtimoiy masofa»ni yengib o‗tishlariga
to‗g‘ri keladi.
Mehnatning ayrim sohalari «ayollarga xos»ligi aqidasi ayollarni
tahqirlovchi mazmundan holi emas. Bu borada I. Gofmanning
stigmatizasiya (ijtimoiy tamg‘a) nazariyasi muhim bo‗lib, olim
insonning jamiyatdagi ideal va real ijtimoiy mansubligi o‗rtasidagi
uzilishni o‗rganib chiqqan. Bu mansublikning bu ikki turi o‗rtasida
uzilishi bo‗lgan har qanday inson uningcha «tamg‘alangan»
«stigmalangan»dir
61
. I.Gofman fikricha, inson qaysidir jihati bilan
jamiyatda turg‘un o‗rnashgan ijtimoiy me‘yorlarga mos kelmasa u
«tamg‘a»lanadi. Gofmanning mazkur nazariyasini o‗rgangan Dj.Ritser
«Gofman u yoki bu vaziyat, makon va zamonda barchamiz tamg‘alanib
qolishimiz mumkinligi haqida gapiradi» - deydi
62
.
Ayollar erkaklarga o‗rtacha oylik maoshi pastligi va band
bo‗lganlarning muqobil kategoriyalari bo‗yicha ham boy beradilar.
Ayollar aksriyat hollarda ikkilamchi mehnat bozorida vaqtincha yoki
to‗liqsiz ish kuni (qisman bu tanlov oila va bolalarning asosiy
tashvishini zimmasida bo‗lgan ayollarning ixtiyoriy tanlovi bo‗lsa
qisman ilojsizlikdan kelib chiqib sodir bo‗ladi) doirasida banddirlar.
60
Аронсон Э. Общественное животное. Введение в социальную психологию. /пер. с.англ. – М.: аспект-
Пресс, 1999. – С. 307.
61
Қаранг Goffman E. Stigma. Englewood Cliffs. New York: Prentice Hall, 1963.
62
Ритцер Дж. Современная социологическая теория. 5-еизд. СПб.: Питер, 2002. С. 271.
136
Bizga ma‘lumki, mehnatga layoqatlilik va reproduktiv yoshi xotin-
qizlarda aynan bir paytda kechishi bois, ularda ma‘lum mutaxassislikni
egallab kasbiy mahoratga erishish hamda oila qurib farzandlarni
dunyoga keltirib ular tarbiyasi bilan shug‘ullanish o‗rtasidagi ziddiyatli
vaziyatlarni shakllantiradi. Sotsiologik nuqtai nazardan bu davr asosan
individ yoshining ijtimoiy konstruksiyasidan kelib chiqib «yoshlik» va
«o‗rta yoshlilar» bosqichiga to‗g‘ri keladi. Bu borada o‗z tadqiqotlarini
olib borgan E.Erikson insonning sakkiz bosqichli hayotiy siklni ishlab
chiqar ekan, uningcha, beshinchi (yoshlik) va oltinchi (yetuklik)
bosqichida inson kasb tanlash, mos ish qidirish, hayotdagi yo‗ldoshni
tanlash, oila qurish, farzandlarni dunyoga keltirib, voyaga yetkazish
bilan shug‘ullanadi. Bu davrda erkaklar oilaviy hayoti kasbiy faoliyatiga
to‗siq bo‗lmasdan davom etsa, ayollarda aksincha, ―oila yoki ish‖
tanlovi, yoki ―qo‗sh mas‘uliyat‖ muammolari ko‗ndalang turib qoladi.
Natijada zamonaviy jamiyatlarda ayollar emansipasiyasi barcha
ijtimoiy hodisalar qatori o‗zining ijobiy va salbiy xususiyatlari ega.
Ayollarning erkaklar bilan teng huquqlarni o‗rnatilishiga erishishi bu
albatta ushbu jarayonning eng katta yutug‘i bo‗ldi. Huquqlar tengligi
o‗rnatilishi bilan aksariyat g‘arb davlatlarida xotin-qizlar o‗z
mustaqilligi, erkini qo‗lga kiritdilar. Demak, emansipasiyalashgan
ayollar oilaviy-nikoh munosabatlarida avvalo shaxsiy erki, ixtiyoridan
kelib chiqib tanlovni amalga oshirsalar, mehnat qilish va daromad topish
sohalarida erkaklar bilan yonma-yon turib muvaffaqiyatlarni qo‗lga
kiritib boshladilar.
Emansipasiyalashgan ayol aksariyat vaziyatlarda erkaklarga
qaramlikning asosiy omili sanalgan moddiy-moliyaviy mustaqillikni
qo‗lga kiritishga harakat qiladi. Demak, moddiy mustaqillik erishgan
xotin-qizlarda o‗zgalar fikriga qaramlik, ta‘sirga berilish ehtimoli
kamayadi. Ayollar emansipasiyasining salbiy jihatlari uning ijobiy
jihatlari bilan parallel holda kechadi. Emansipasiya oilaviy-nikoh
munosabatlari zalvorini kamaytirishi, tanlov erkinligini ta‘minlashi
natijasida xotin-qizlarning rasmiy nikoh tuzish ishtiyoqi tushib ketdi.
Natijada, oila institutining ijtimoiy qadriyati yo‗qotildi. Norasmiy
munosabatlarni afzal bilgan g‘arb ayollari oldida farzand dunyoga
137
kelgach uni yolg‘iz tarbiyalab voyaga yetkazish masalasi ko‗dalang turib
qoldi. Emansipasiyalashgan ayol erkak kishining ko‗magidan bebaxra
qolib boshladi. Zero, mustaqil, uddaburon, aqlli, erkin ayol an‘anaviy
munosabatlardan kochib, yolg‘iz yashashni afzal biladi. Ammo,
farzandlar tarbiyasi, maishiy muammolar, turli hayotiy vaziyatlarda
erkak kishining ko‗magiga ehtiyoj sezadi. Shuningdek, ayrim
vaziyatlarda keragidan ortiq erkin bo‗lgan xotin-qizlar bilan
munosabatdan ongli tarzda qochish kuzatiladi.
Ushbu muammo doirasida ilmiy tadqiqot olib borgan T.V.
Svadbinaning xulosalariga ko‗ra «Xotin-qizlar zimmasidagi «ikki karra
yuklama» zalvori, ya‘ni, oila va farzandlar tashvishi hamda kasbiy hayot
teng yuritish istagi ular sog‘lig‘ga jiddiy putur yetkazishi, sotsial xulq-
atvorli ayollar sonini oshishi, ma‘naviy-ahloqiy qadriyatlar tizimini
izdan chiqishiga olib keladi»
63
. Shu tariqa birgina ijtimoiy
maqomlardagi tafovut «ijtimoiy dekompozisiya»
64
ya‘ni, inson
hulqidagi ijtimoiy-siyosiy tanglikni chaqirishi mumkin. S. Lipset
ta‘kidlashicha, «bir vaqtda kishining o‗zaro nomutanosib ikki ijtimoiy
mavqyeni egallab turishi ziddiyatli trmush tarzini shakllantirishi va
hayot qadriyatlar mazmuniga nisbatan ziddiyatli keskin munosabatni
shakllantirishi mumkin»
65
. ―Uy bekaligi‖ ayollar orasida ko‗proq
sanoatlashish boshlanganidan keyin paydo bo‗ldi. Ish joylari va yashash
manzillari turli masofalarda joylashganligi buning asosiy omilidir. Shu
tariqa erkaklar haq to‗lanadigan joylarda ishlab, ayollar esa uy-ro‗zg‘or
ishlari bilan band bo‗lib qoldilar. Uy-ro‗zg‘or ishlari to‗laligicha
ishlamaydigan ayollar zimmasida qoldi. Ayol kishi uyda qanchalik ko‗p
ish qilmasin, baribir ―ko‗rinmas‖ bo‗lib qolaveradi, ko‗p hollarda tan
ham olinmaydi
66
.
Shu asnoda asrlar davomida tenglik, erkinlik, mustaqillik uchun
olib borilgan ayollar harakati samarasi bir tomondan XXI asrdagi ilg‘or
ayollarning o‗ziga xos sotsial qiyofasini shakllantirgan bo‗lsa, ikkinchi
63
Свадбина Т.В.
64
Ижтимоий декомпозиция – ижтимоий яхлитликни бузилиши (М.Ғ).
65
Липсет С. Политическая социология//Американская социология. М., 1972. С. 217.
66
Қаранг: Дворкин.А.Геноцид, или Китайское бинтование ног //Антология гендерной теории/
Минск:Пропилеи, 2000.
138
tomondan modernizasiyalashuv jarayoni aksariyat davlatlarda oilaviy
turmush tarzi ijtimoiy-psixologik asoslarini qayta qurilishiga olib keldi.
An‘anaviy oilaviy qadriyatlar tizimi transformasiyasi oqibatida
ayollarning hayotiy qadriyatlari ham o‗zgardi.
A. Gennepning zamonaviy jamiyatlarda inson hayoti siklik
rivojlanishi modeliga ko‗ra ijtimoiy yetuklik, er-xotinlik va ota-onalik,
ijtimoiy maqomning oshishi, kasbiy ixtisoslashish kabi iyerarxik
bosqichlarni qamrab oluvchi pillapoyalardan ko‗tirilib borishda ayollar
erkaklar qatorida ijtimoiy-siyosiy faolligini namoyon etmoqdalar.
Shu bois, modernizasiyalash sharoitida inson uchun yaratilgan
moddiy-ma‘naviy ne‘matlar taqsimotida o‗zning munosib ulushiga ega
bo‗lib istagi gender nomutanosiblik g‘oyalarini chetlab o‗tib iqtisodiy-
moliyaviy mezonlar asosida ayol va erkak zimmasidagi mas‘uliyatni
teng taqsimlaydi. Shu asnoda oilaviy hayot siklining to‗rt asosiy
bosqichi davomida ayolning erkak bilan teng shartlar va imkoniyatlar
asosida zaruriy daromadni birgalikda ishlab topish dolzarblashtiradi.
Ushbu zaruriyat esa o‗z o‗rnida zamonaviy ijtimoiy-siyosiy faol ayollar
ijtimoiy mobilligini o‗sishiga turtki beradi. Agarda oila avvallari erning
maoshi hisobiga kun kechirgan va aynan erkak uchun hordiq
imkoniyatlari yaratilgan bo‗lsa endilikda, er va xotin ikkisi ham karera
qiladilar va kun kechirish uchun zaruriy mablag‘ni ishlab topadilar.
Zamonaviy jamiyatlarda xotin-qizlar erkaklar bilan hech bir
to‗siqsiz teng shartlar asosida ta‘lim olish, o‗z shaxsiy va kasbiy
imkoniyatlari, iqtidorni ro‗yobga chiqarish imkonini qo‗lga kiritdi.
Xotin-qizlar o‗z ustida ishlashi ularni ayniqsa rivojlangan g‘arb
davlatlarida yuqori intellekt sohibiga aylanishi, nufuzli dunyoviy bilim
va malakaga ega bo‗lish asosida mukammal professionallikka erishdilar.
Ular ayollarning ―tabiiy‖ funksiyalari sanalgan uy xo‗jaligini yuritish va
farzand dunyoga keltirish professional hayotiga putur yetkazishi
mumkinligidan hadiksirab butun umr yolg‘iz yashashi mumkin. Yoki
odatda bitta yoki ikkita farzandi tarbiyasini ko‗p sonli enagalar va uy
xodimlariga yuklanishi natijasida bolalari bilan uzviy muloqotda
bo‗lmasligi va bolalari bilan ishonchli munosabatlar o‗rnatilmasligi
mumkin. Bunday ayollarga nisbatan Buyuk Britaniyada ―alfa-
139
ayol‖atamasi qo‗llanilmoqda. Ushbu davlatda yiliga 100 ming funt
sterlingdan ko‗proq mablag‘ topayotgan ildam ayollar ―alfa-ayollar‖
safiga kiritilib, mamlakatdagi badavlat kishilarning 11,4 foizini xuddi
shunday ayollar tashkil qilmoqda
67
.
Ayollar borgan sari yetuk yoshda nikohga kirib birinchi farzandini
dunyoga
keltirmoqda.
Ularda avvalo ma‘lum mutaxassislikni
mukammal egallab, kasbiy professionallikka erishgach turmush qurish
istagi ayollar orasida nikohning o‗rtacha yoshini surilib ketishiga olib
keldi. Birgina Yaponiyada bu ko‗rsatkich 28 yoshni tashkil etib, birinchi
farzand o‗rtacha 30 yoshda dunyoga kelmoqda
68
.
Shunday qilib, zamonaviy jamiyatda ham ayol kishi oldida oila
yoki ishni tanlash muammosi turar ekan ijtimoiy faol xotin-qizlarni
asosan uch turi shakllanib ulgurdi, bular; 1) kasbiy faoliyatga
e‘tibor berib, oiladan voz kechgan va farzandlarsiz yashovchi ayollar;
2) oilaviy qadriyatlarga e‘tibor berib, ishdan voz kechgan xotin-qizlar;
3) kasbiy va oilaviy rollarni birgalikda mohirona olib boruvchi ayollar.
Birinchi xildagi sosial vaziyatda ayol kishining turli faoliyatlarga
e‘tibori zarurligi ta‘kidlanadi, shu bilan birga, an‘anaviy ayollik faoliyati
rad etiladi, hatto befarzandlikka ham ijobiy qaraladi. Bu guruhga
mansub ayollar o‗z shaxsiy erkinligi yo‗lida bolali bo‗lishni istamaydilar
(AQShda bu chayldfri (childfree) submadaniyati nomi bilan atalib
hozirda ularning 40 dan ortiq tashkilotlari faoliyat yuritmoqda) va
ixtiyoriy sterilizasiya qildiradilar. Amerika sog‘liqni saqlash statistikasi
Milliy markazi tadqiqotlariga ko‗ra, AQShda 1982 yilda 2,4%, 1995
yilda 6,6%, 2015 yilda esa 25% ayollar farzand ko‗rishni istamay
ixtiyoriy sterilizasiya amaliyotini amalga oshirmoqdalar
69
. So‗nggi
paytlarda ushbu harakat oliy ma‘lumotli ayollar orasida yanada
ommalashmoqda. Xususan, Germaniyada xotin-qizlarning 53% oila
qurmagan bo‗lsalar, 30% ayollar farzandsiz yashamoqda. Oliy
ma‘lumotli ayollarning 49% i farzandsizlikni afzal bilmoqdalar
70
.
67
Ўша манба. 141 б.
68
Рахматов Л. Соғлом она ва бола: халқаро амалиѐт. –Тошкент: Ўзбекистон миллий энциклопедияси, 2016. -
337 б.
69
Рахматов Л. Соғлом она ва бола: халқаро амалиѐт. –Тошкент: Ўзбекистон миллий энциклопедияси, 2016. –
68 б.
70
Ўша манба. – 155 б.
140
Natijada F.Aryes ta‘biri bilan aytganda g‘arb davlatlarida ―Oila mutlaq
emas nisbiy ahamiyatga ega bo‗lib qoldi‖
71
.
Bir vaqtning o‗zida oila va nikoh munosabatlar shakllarining
diversifikiyasi kuzatilmoqda. Bunda dunyoning ayrim rivojlangan
davlatlarida bir jinsli nikohlar legallashib an‘anaviy oilalar kabi teng
yuridik huquqlarga ega bo‗lmoqda. Jahon miqyosida 100 ayolga 101,8
ta erkak to‗g‘ri kelayotgan
72
zamonaviy davlatlarda bir qarashdan
miqdoriy jinsiy nomutanosiblik yo‗qdek. Ammo, bir jinslilar orasida ilk
nikoh 2011 yida birgina Niderlandiyada qayd etilgan bo‗lsa, sharq
mamlakatlarining aksariyatida ma‘naviy tubanlik sanaluvchi ushbu
nikoh turi 2015 yildan yigirma mamlakatda legallashtirildi
73
. Natijada,
birgina Germaniyada ayollar orasida oila (leysbiylik) tuzish 43%ni
tashkil etmoqda
74
. Bu albatta g‘arb sivilizasiyasida asrlar davomida
shakllanib kelgan oilaviy qadriyatlar parchalanganligi va avvalo individ
manfaatlari birlamchi, daxlsizligini g‘oyasining o‗ta ommalashganligi,
shaxsiy ravnaq ustuvorligi g‘oyalarning mutlaqlashganligining
asoratidir.
Shuningdek, er-xotin ikkisi ham ishladigan oilalar soni oshib
bormoqda. AQShda 18 yoshgacha farzandi bo‗lgan 65% ayollar ish
bilan band. Bu ko‗rsatkich Daniyada 86%, Shvesiyada – 89%ni tashkil
etsa, 3 yoshgacha bolasi ishovchi ayollar AQShda 53%, Daniyada –
84%, Shvesiyada -86%ni tashkil etmoqda. Er va xotin ikkilasi ham
ishlaydigan oilalar sonini oshib borishi oilaning o‗rtacha daromadini
oshishiga olib keladi. Bu kabi oilalarda er va xotin biznes tashabbus yoki
karyera qilish uchun yanada keng imkoniyatga egadilar. ―Zamonaviy
jamiyatda oila mobilligi murakkab texnika bilan jihozlanganligi yanada
oshib bormoqda. Xizmat ko‗rsatish sohasining kengayishi ayollarning
iqtisodiy mustaqilligi uchun asos yaratdi‖ - deydi P.Shtompka o‗zining
―Ijtimoiy o‗zgarishlar sosiologiyasi‖ asarida
1
. Shu bois, Buyuk
71
Арьес Ф. Ребенок и семейная жизнь при Старом порядке / Пер. с франц. Я.Ю. Старцева при уч. В.А.
Бабинцева. Екатеринбург: Изд-во Урал. ун-та, 1999. 416 с
72
https://bit.ua/2015/08/men-women/. Дата обращения. 25.02.2017.
73
Рахматов л. Соғлом она ва бола: халқаро амалиѐт. – т. Ўзбекистон миллий энциклопедияси, 2016. – 63 б.
74
Ўша манба. – 160 б.
1
Штомпка П. Социология социальных изменений / Пер. с англ. А.С. Дмитриева. Под ред. В.А.
Ядова. М.: Аспект Пресс, 1996. 416 с.
141
Britaniyada 600 ming nafar ayol agar bolalariga kundalik enaga topilsa
uy bekaligidan ko‗ra ishga chiqishni afzal bilmoqda
75
.
Ish bilan band ayollar uyiga kech kirib keladi, ularni magazinda,
qo‗ni-qo‗shnilar bilan birga yurganini deyarli uchratish mushkul.
Istiqbolda kunduz kuni do‗konda keksalar yoki go‗dak bolalari bilan
yurgan ayollarnigina uchratish ehtimoli baland. Natijada yoshlar,
xususan, xotin-qizlar orasida nikohning legallashmagan ayrim turlari
ommalashib, ular rasmiy nikohga nisbatan tomonlar zimmasida
mas‘uliyat bo‗lmasligi bilan ma‘qul kelmoqda. Nikohning bu kabi
shakllaridan so‗nggi paytlarda virtual nikoh ommalashmoqda. Bunday
er-xotin butun umr bir birini ko‗rmasligi va faqat internet orqali muloqot
qilishi mumkin.
Shuni ta‘kidlash lozimki, virtul nikoh yuridik kuchga ega emas.
Xitoyda virtul er-xotinlar 50 mingga yetgani aniqlangan. AQShda 2012
yilgacha 19 ming shu kabi nikoh tadqiqot obyekti sifatida o‗rganilgan
76
.
Rivojlangan g‘arb davlatlarida ayollar o‗z shaxsiy ehtiyojlari va
manfaatlari, kasbiy yutuqqa erishish, o‗z imkoniyati va iqtidorini
ro‗yobga chiqarish istagida rasmiy nikohdan voz kechib virtual nikoh
kabi munosabat turini afzal bilmoqdalar. Bunday holat tabiiyki avlodlar
davomiyligini ta‘minlashga salbiy ta‘sir ko‗rsatib, aksariyat holatlarda
ayolning farzandlari bilan yolg‘iz qolishi va to‗liqsiz oilada ularni
tarbiyalab voyaga yetkazish mas‘uliyatini o‗z zimmasiga olishiga to‗g‘ri
keladi. Bunday holat avvalo o‗sib kelayotgan yosh avlod dunyoqarashi
va qadriyatli mo‗ljallari, ma‘naviy-ahloqiy me‘yorlarini izdan chiqishiga
olib kelmoqda. Zero, O‗zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti
I.Karimov bejiz ―insonning eng sof va pokiza tuyg‘ulari, ilk hayotiy
tushuncha va tasavvurlari, birinchi galda, oila bag‘rida shakllanadi.
Bolaning xarakterini, tabiati va dunyoqarashini belgilaydigan ma‘naviy
mezon va qarashlar – yaxshilik va ezgulik, olijanoblik va mehr-oqibat,
75
Рахматов Л. Соғлом она ва бола: халқаро амалиѐт. –Тошкент: Ўзбекистон миллий энциклопедияси, 2016. –
140 б.
76
Рахматов Л. Соғлом она ва бола: халқаро амалиѐт. –Тошкент: Ўзбекистон миллий энциклопедияси, 2016. –
70 б.
142
or-nomus va andisha kabi muqddas tushunchalarning poydevori oila
sharoitida qaror topishi tabiiydir
77
‖-deya ta‘kidlagan edi.
Oqibatda aksariyat rivojlangan davlatlarda nikohdan tashqari
tug‘ishlar soni nihoyatda ko‗paymoqda. Misol uchun, AQSh da 1960
yilda turmush qurmagan ayollar taxminan 5 foiz bolalarni dunyoga
keltirgan bo‗lsa, 1980 yilda bu ko‗rsatkich 18 foizga, 2009 yilda 41
foizga o‗sdi. 2011 yilda Yevropa Ittifoqining 27 davlati o‗rtasida bu
ko‗rsatkich 37,3 foizga teng bo‗ldi
78
.
Oila va oilaviy munosabatlar parchalanishi fonida shakllangan
ijtimoiy muammolar keskinlashib borarkan rivojlangan davlatlar
hukumatlari ushbu muammolar yechimini an‘anaviy oilaviy
qadriyatlarni tiklanishiga ko‗rmoqdalar. Xususan, qator tadqiqotchilar
tomonidan
xotin-qizlarning
ijtimoiy
hayotdagi
o‗rni, oilaviy
munosabatlardagi
noqulayliklarni
bartaraf
etishning
quyidagi
yo‗nalishlarini taklif etilmoqda:
1. Patriarxat yo„nalish. Bu yo‗nalishda fikr yurituvchilar
ozchilikni tashkil etib, ular asosan ayollar mavzuida ayrim
muammolarni munozaraga olib chiquvchi yozuvchi va jurnalistlardir.
Ularning fikricha, kishilar o‗zlarining ―tabiiy‖ xususiyatlari bilan
dunyoga keladi, bu xususiyatlarni barbod etish ertami-kechmi
jamiyatning buzilishiga olib keladi, bu xususiyatlar, eng avvalo, jamiyat
va oilada erkak hamda ayollarning ―tabiiy‖ vazifalariga rioya
etishlaridir
1
.
Dostları ilə paylaş: |