143
qiladilar. Agar muntazam demografik siyosat olib borilmasa, jamiyat
taraqqiyoti turg‘unlikka yuz tutadi. Shuning uchun demograflar ham
ayollarga beriladigan imtiyozlarni ko‗paytirish,
ish soatini qisqartirish,
bolaga qarash uchun beriladigan ta‘tilni uzaytirishni taklif etmoqdalar.
4.Egalitar yo„nalish. (egalita – fransuzcha tenglik). Bu yo‗nalish
tarafdorlari ayollar masalasidagi axloqiy, iqtisodiy yoki demografik
muammolarga alohida qaramasdan, balki
jamiyatda xotin-qizlarning
holati, haq-huquqi ijtimoiy taraqqiyot jarayonida o‗zgarib borishi bilan
birga qarab, jarayon axloqiy, iqtisodiy,
demografik tomonlariga esa
uning bir qirrasi sifatida qaraydilar
79
.
Yuqorida qayd etilgan holatlar oilaviy munosabatlarni quyidagi
yo‗nalishlarni shakllantirmoqda;
birinchidan, an‘anaviy nikoh qaydi o‗zgarmoqda,
nikoh uchun
juftlikni yopiq tizimidan ochiq shakliga o‗tish sodir bo‗lmoqda;
ikkinchidan, hukmron jinsiy ma‘naviyat va ahloq tizimi qayta
ko‗rib chiqilmoqda.
Natijada aksariyat g‘arb davlatlarida oila-nikoh munosabatlari
tanazzulga uchramoqda. Ayollarning an‘anaviy maqomi va roli
to‗g‘risidagi turg‘un tushunchalar dolzarbligini yo‗qotib, uning o‗rnini
personalitar funksiyasi yaqqol bo‗lgan
egalitar munosabatlarga
tayanadigan nuklear oila yoki nikohning legallashmagan erkin turlari
ommalashmoqda.
Ta‘kidlash joizki, butunjahon iqtisodiyot forumi ekspertlari oxirgi
besh yilda yuqorida ta‘kidlangan holatlar bo‗yicha reytingni tuzib
keladilar. Bunda ular quyidagi mezonlarni hisobga oladilar:
80
1) mehnatga haq to‗lashdagi farq;
2) erkaklar va ayollar daromadlarining nisbati;
3) boshqaruv tuzilmasiga kiruvchi hamda mehnat bilan mashg‘ul
bo‗lgan yuqori malakali ayollar soni;
4) ayollarning ma‘lumotlilik darajasi;
5) tug‘ilish, oiladagi hayot sharoitlari
va uzoq hayot kechirish
bo‗yicha farqlar;
79
Социология.Маърузалар матни. Самарқанд давлат чет тилларнститути. Самарқанд. 2014. 128 - бет.
80
В борьбе за равноправие женщины побеждают. Правда, не везде //Мир новостей ( нима бу), 2010, №42.
144
6) parlament a‘zolari bo‗lgan ayollar va vazir ayollar soni va
boshqalar.
Yuqoridagi ko‗rsatkichlar bo‗yicha birinchi o‗rinni Islandiya
egalladi. Bu mamlakatda jinslar o‗rtasidagi farqlarning qisqarishi
ko‗rsatkichi 85%ni tashkil etayapti. Keyingi o‗rinlarni Norvegiya (84%),
Finlyandiya (82,6%), Shvesiya (80,2%), Yangi Zelandiya (78,1%),
Irlandiya (77,7%), Daniya (77,2%) mamlakatlari egalladi
81
.
Vaholanki, jamiyatni modernizasiyalash
sharoitida erkak va
ayollar
o‗rtasidagi
kasbiy-professional
va
oilaviy-nikoh
munosabatlaridagi tenglik g‘oyalarini zo‗r berib targ‘ib qilinsa-da
rasmiy ma‘lumotlarga ko‗ra ko‗p jabhalarda gender tafovut hamon
saqlanmoqda. Birgina bo‗sh vaqt taqsimotiga ko‗ra ayol uy ishlariga
33,6 foiz, erkaklar 11,3 foiz vaqt sarflaydi. Ayollar sutkada uy ishiga 3
soat, erkaklar esa 0,65 soat sarflaydilar.
Bundan tashqari, ayol ham 8
soat mehnat qilib, oilada erkak kabi hordiq chiqarish, madaniy dam olish
orzusi bilan yashaydi
”
Dostları ilə paylaş: