Samarqand davlat universiteti gulsum tagiyeva, hayriniso husanova oila va gender



Yüklə 1,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/94
tarix08.02.2023
ölçüsü1,84 Mb.
#83404
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   94
oila

82
 
Shuningdek, butunjahon iqtisodiy forumi ekspertlari tomonidan 
tayyorlangan ―Gender gap index» (GGI) hisobotida yozilishcha, erkaklar 
va ayollar maoshlaridagi farqni tenglashtrish uchun 118 yil kerak bo‗lar 
ekan. Chunki, ishlovchi ayollarining dunyo miqyosida o‗rtacha maoshi 
11 ming dollarga teng bo‗lgan bir paytda, erkaklarniki esa 21 ming 
dollardan oshmoqda. So‗nggi o‗n yilda ushbu farq 3 foizga qisqargan, 
xolos
83
. Mehnat bozorida sezilarli o‗zgarishlar yuz bermadi. 1995-2015 
yillarda ishga joylashish bobida gender farqi atiga 0,6%ga kamaydi
84
.
Xullas, zamonaviy jamiyatlarda xotin-qizlar ijtimoiy faolligining 
ayolning o‗rni va roli haqida gap ketar ekan, bu ijtimoiy voqyelik 
sifatida nazariy va amaliy ahamiyatga ega ekanligini ta‘kidlash zarur. 
Hozirda ushbu masalaga oid bahs-munozaralarda bir-biriga zid ikki xil 
qarash shakllanib ulgurdi: 
81
Ўша жойда. 
82
Шайхова Х.А. .Аѐл мавқеи ва унинг муҳим муаммолари. // Хотин-қизлар камситилишига қарши курашнинг 
сиѐсий-ҳуқуқий, 
маънавий-психологик 
муаммолари. 
Республика 
илмий-амалий 
конференцияси 
материаллари. 2008 йил 12 июнь // Фалсафа ва ҳуқуқ институти нашриѐти, 14-бет. 
83
Қаранг:раҳматов л. Соғлом она ва бола: халқаро амалиѐт. –тошкент: ўзбекистон миллий энциклопедияси, 
2016. – 57 б 
84
Ўша манба – 58 б.


145 
Birinchi yondashuvga binoan ayollar ijtimoiy hayotning barcha 
sohalarida faol ishtirok etishlari zarurligi ta‘kidlanadi. Bunday 
pozisiyada turuvchilar aksariyat hollarda ayollar va erkaklarning 
huquqiy tengligini ularning amaliy tengligi ma‘nosida talqin etadilar. 
Ikkinchi yondashuv vakillari esa mohiyat-e‘tibori bilan ayollar 
faoliyatini asosan oilaviy turmush doirasi bilan cheklab qo‗yish 
g‘oyasini ilgari suradilar. Bunda ular o‗z qarashlarini «Ayol - oila 
tayanchi, farzand tarbiyachisi» shiorini ijtimoiy ongga singdirishga 
harakat qiladilar. Dissertant fikricha, bu qarashlarda ijobiy tomonlar
haqiqat elementlari mavjudligidan qat‘i nazar, ularning har ikkalasi ham 
bir yoqlamadir. Xotin-qizlar ijtimoiy-siyosiy faolligini qo‗llab-
quvvatlash, ularni innovasion faoliyatga undash davr talabi bo‗lib, bu 
borada nozik muvozanatni ushlab turish murakkabligicha qolmoqda. 
Dunyo 
mamlakatlari 
aholisining 
turmush 
tarzi, 
milliy-etnik 
xususiyatlari, globallashish, modernizasiya jarayonlari bilan to‗qnash 
kelgan bir davrda xotin-qizlar ijtimoiy-siyosiy faolligi jamiyat va shaxs 
hayoti barqarorligini ta‘minlash omili sifatida yuqori intellektual 
yondashuvlar asosida qo‗llab-quvvatlanishi esa davr talabi bo‗lib 
qolmoqda.
Xullas, dissertant fikriga ko‗ra, jamiyatni modernizasiyalash 
sharoitida ayollarning jamiyat va davlat ijtimoiy-siyosiy hayotida tutgan 
o‗rni va roli oshib bormoqda. Ayollar salohiyatini sosiologiya, tarix, 
iqtisod, siyosat, pedagogika, ijtimoiy ish, huquq kabi ijtimoiy fanlar 
doirasida ilmiy o‗rganishda talab oshib bormoqda. Shunday bo‗lsa-da 
ayollar 
o‗zi individual salohiyatlaridan kelib chiqib kasbiy 
pillapoyalardan ko‗tarilishi, nufuzli maqomga egalik qilishlari va bunda 
keng jamoatchilikning xolis e‘tirofiga sazovor bo‗lishlarida hamon 
turg‘un stereotiplar va erkaklar androsentrizmiga duch kelmoqdalar. Shu 
nuqtai nazardan ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish ayollarning davlat va 
jamiyat hayotidagi ijtimoiy-siyosiy mavqyeini yanada yuksalishiga 
to‗siq bo‗layotgan muammolar amaliy yechimini topishda dolzarb 
ahamiyat kasb etadi.
Birinchidan, stereotipli fikrlash jinsi-rolli tafovutlarda aksariyat 
hollarda odat tusiga kirib ulgurgan. Bunda maskulinlik va feminlik 


146 
tushunchalari erkaklar va ayollarga xos bo‗lgan somatik, ruhiy va hulq-
atvor xususiyatlari borasidagi qolipli fikrlarni yig‘indisidan hosil 
bo‗ladi. Bu ma‘noda jinslararo tafovut turli kasblarning stereotiplashgan 
«erkaklarga xos» yoki «ayollarga xosligi» taqsimoti bilan izohlanadi. 
Odatda «ayollarga xos» kasblarning aksariyati erkaklarning tahqirlovchi 
munosabatiga sabab bo‗ladi. 
Ikkinchidan, hukmron jinsiy ma‘naviyat va ahloq tizimi qayta 
ko‗rib chiqilmoqda. Natijada aksariyat g‘arb davlatlarida oila-nikoh 
munosabatlari tanazzulga uchramoqda.
Uchinchidan, modernizasiyalashuv jarayoni oilaviy turmush 
tarzining ijtimoiy-psixologik asoslarini qayta qurilishiga olib keldi. 
An‘anaviy oilaviy qadriyatlar tizimi transformasiyasi oqibatida 
ayollarning hayotiy qadriyatlari ham o‗zgardi. 
To‗rtinchidan, ayollarning an‘anaviy maqomi va roli to‗g‘risidagi 
turg‘un tushunchalar dolzarbligini yo‗qotib, uning o‗rnini personalitar 
funksiyasi yaqqol bo‗lgan egalitar munosabatlar egallmoqda.
Beshinchidan, zamonaviy jamiyatlarda er-xotin teng kasbiy 
faoliyat yuritadi va kun kechirish uchun zaruriy mablag‘ni ishlab topishi 
bois maqomli-rolli vazifalardagi gender chegaralar parchalanishi 
kuzatilmoqda. Natijada nafaqat ro‗zg‘or yumushlari balki nikohdagi 
qulayliklar er-xotin o‗rtasida teng taqsimlanadi.
Birinchidan, an‘anaviy jamiyatlarning paydo bo‗lishi bilan 
patriarxal munosabatlar negizida shakllangan ijtimoiy me‘yorlar, 
tartiblar davlatlar rasmiy qonunchilik hujjatlarida o‗z aksini topib
ayollarning ulardan chetga chiqishi qoralangan bo‗lsa-da, bu boradagi 
tadqiqotlar aslida ayollar nafaqat oila balki davlat darajasida faol bo‗lganligini 
ko‗rsatadi. 
Ikkinchidan, Mavarounnahrda xotin-qizlarning jamiyat hayotidagi 
mavqyeni qo‗llab-quvvatlashda keng imkoniyatlar yaratildi, ushbu 
hududda asrlar davomida shakllanib, ko‗nikmaga aylanib qolgan 
ayollarning ijtimoiy hayotdagi ma‘lum darajadagi erkinliklari 
Temuriylar davrining oxirigacha saqlanib turdi. 
Uchinchidan, jadidchilar jamiyatning ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy 
yangilanishi jarayonlarida ayollarning rolini oshirishni targ‘ib qilarkan 


147 
ayollar taqdirida asrlar davomida qotib qolgan diniy xurofot va 
bid‘atdan voz kechish davri kelganligini targ‘ib qildilar.
To‗rtinchidan, ayollar mehnatidan arzon ishchi kuchi sifatida 
foydalanish maqsadida sobiq totalitar tuzumi ma‘muriy-buyruqbozlik 
apparati tomonidan ―‖ayollarni ozod qilishning radikal choralari ming 
yillik turmush tarzi, diniy-madaniy, ahloqiy-ma‘naviy qadriyatlar, 
me‘yorlar doirasida yashab kelayotgan o‗zbek xalqi uchun ijtimoiy 
zarba bo‗ldi.
Beshinchidan, feminizm nazariya, va ijtimoiy harakat sifatida keng 
jamoatchilik e‘tiborini jalb qilish orqali milliy va xalqaro darajada xotin-
qizlar huquqlarini himoyalashda yirik natijalarni ta‘minladi. Ushbu 
harakat bois, jamiyat hayotining barcha jabhalarida ayollarning faol 
ishtirokini ta‘minlashda xalqaro hamjamiyat birdamligiga erishildi. 
Oltinchidan, xotin-qizlar ijtimoiy faolligini ijtimoiy-gumanitar 
fanlarda 
o‗rganilishi biodeterminizmga asoslangan konservativ 
g‘oyalardan iborat bo‗lib, unga ko‗ra ayolning jamiyatdagi asosiy 
vazifasi «uy bekasi» va «onalik» bilan cheklandi.
Yettinchidan, 
ijtimoiy 
stratifikasiya 
turi 
sanalgan 
jinsiy 
differensiasiyaning 
strereotiplashgan 
qonuniyatlari 
patriarxal 
jamiyatlarda androsentrik g‘oyalar ustuvorligini o‗rnatdi va ayollarning 
ijtimoiy pillapoyalardan yuqorilashida sun‘iy baryerlarni yaratdi. 
Sakkizinchidan, mavqye individning ijtimoiy tuzilma komponenti 
sifatida jamiyatda rasmiy tan olingan nufuzli o‗rni, maqomidir. Ilmiy-
ommabop iste‘molda qo‗llaniladigan maqom, mavqye, martaba, o‗rin, 
holat, nufuz tushunchalari bir ijtimoiy hodisani izohlovchi sinonim 
so‗zlardir. Odatda insonning kasbiy professionalizmi nuqtai nazaridan 
shaxsga nisbat berilishida qo‗llaniladigan nufuzli maqomi uning oilasi 
ijtimoiy mavqyeini ham anglatadi. 
To‗qqizinchidan, 
zamonaviy 
jamiyatlarda 
hukmron 
jinsiy 
ma‘naviyat va ahloq tizimi qayta ko‗rib chiqilmoqda. Natijada aksariyat 
g‘arb davlatlarida oila-nikoh munosabatlari tanazzulga uchramoqda.


148 
O‗ninchidan, modernizasiyalashuv jarayoni oilaviy turmush 
tarzining ijtimoiy-psixologik asoslarini qayta qurilishiga olib keldi. 
An‘anaviy oilaviy qadriyatlar tizimi transformasiyasi oqibatida 
ayollarning hayotiy qaddariyatlari ham o‗zgardi. 
O‗n birinchidan, ayollarning an‘anaviy maqomi va roli 
to‗g‘risidagi turg‘un tushunchalar dolzarbligini yo‗qotib, uning o‗rnini 
personalitar funksiyasi yaqqol bo‗lgan egalitar munosabatlarga 
tayanadigan nuklear oila yoki nikohning legallashmagan erkin turlari 
doirasida qurilgan munosabatlar afzal topilmoqda. 

Yüklə 1,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin