151
Qo„shimcha adabiyotlar:
4. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob
xalqimiz bilan birga quramiz. – Toshkent. O‗zbekiston nashriyoti,
2017.
5. Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi va manfaatlarini ta‘minlash –
yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. – Toshkent.
O‗zbekiston nashriyoti, 2017.
6. Tartanovskaya I.N. Gendernaya sotsiologiya. Uchebnik. -
Moskva., 2005.
Axborot manbalari:
7. http: // gf.nsu. ru/
8. http: // www.sociol.com/
9. http: // www.nitehwk.com/ alleycat-fag. html
10. http: // www.sci. econ./
11. http: // www.sci. anthropology/
12.
http: // www.sci. environment
152
8-MAVZU. RIVOJLANGAN DAVLATLARDA OILA-NIKOH
INSTITUTI TANAZZULI
1.
Nikox va oila buzilishining ijtimoiy-psixologik omillari.
2.
Oilaning personalitar funksiyasi.
3.
Farb mamlakatlarida oila va nikoh munosabatlarining
parchalanishi.
4.
Nikohning buzilishi va ajrashuvlar: global tendensiyalar.
5.
Norasmiy nikoh munosabatlar va farzandlar tarbiyasi.
6.
Oila va nikoh munosabatlarida gender tenglik amaliyoti.
Zamonaviy oila modellarini ko‗rib chiqishdan oldin «modernizasiya»
tushunchasi mazmunini anglash zarur. Ushbu tushunchaning asl mazmuni
makrososial jarayonlarni anglatib, an‘anaviy jamiyatdan zamonaviy
(modern) jamiyatga o‗tishni bildiradi. Modernizasiya g‘oyalarining
shakllanishi siyosiy, iqtisdiy va intellektual transformasiyalar natijasida
sodir bo‗lib, ularning o‗zaro uyg‘un mavjudligini talab etadi.
Etimologik tushuncha sifatida «modernizasiya» o‗rta asrlardagi lotin
tiliga tegishli bo‗lib modo – ayni damda , hozir, endilikda, shu damda
ma‘nolarini bildiradi va modus – tadbir, tartib olmoshidan kelib chiqadi.
Asta-sekinlik bilan lotin tilida mode, modern, modernizer so‗zlari
shakllandi. Moda tushunchasi ostida – ayni paytda ma‘lum ijtimoiy muhitda
namunaviy sanaluvchi odatlar va did yig‘indisi anglanadi. Modern
(moderne – fr.) ravishi – yangi, zamonaviy ma‘nolarini bildiradi. Undan
hosil bo‗lgan modernize (moderniser – fr .) fe‘li zamonaviy talablarga mos
tarzda takomillashtirish, yangilash, o‗zgartirish ma‘nolarini bildiradi. XX
asrning o‗rtalarida modernity ("sivilizasiyalashgan jamiyat" - ital.
moderniti) tushunchasi shakllanib, ijtimoiy tizimni zamonaviy holatga
o‗tishini anglatgan.
Modernizasiyalash nazariyasi XIX asr va XX asrning boshlaridagi
taniqli tadqiqotchilar nazariy merosiga tayanadi. Ulardan M.Veber (hulq-
atvorni rasionallashtirish asosida Yevropa sivilizasiyasini an‘anaviy
jamiyatdan zamonaviy jamiyat sari rivojlantirish g‘oyasini ilgari surgan),
F.Tyonnis va E.Dyurkeym (mehnat taqsimoti asosida «mexanik birdamlik»
jamiyatini «organik birdamlik» jamiyati sari bosqichma-bosqich ildamlashi
153
konsepsiyasini taklif etgan. Modernizasiyalash nazariyotchilari tayangan
nazariy baza sifatida tuzilmali-funksional tahlilning bosh g‘oyalari va
tuzilmali-funksional maktab vakillarining ijtimoiy taraqqiyot to‗g‘risidagi
yondashuvlari xizmat qildi.
Tarixiy nuqtai nazardan «modernizasiya» tushunchasi sanoat
kapitalizmi sharoitida G‘arbiy Yevropa va Shimoliy Amerika mamlakatlari
ichki taraqqiyotiga turtki bo‗lgan sanoat inqilobi bilan qiyoslanadi
85
.
Neyl Smelzer modernizasiyani olti sohani qamrab oluvchi majmuali,
ko‗p o‗lchamli jarayon sifatida quyidagicha tavsiflaydi. 1) Iqtisodda yangi
texnologiyalarning paydo bo‗lishi; 2) qishloq xo‗jaligida kun ko‗rish
vositasian tijorat qishloq xo‗jaligi sari harakatlanish; 3) inson va
hayvonlarning jismoniy kuchini «jonsiz» quvvat va mexanizmlar bilan
almashtirish; 4) shahar tipidagi yashash joylarini tarqalishi va ishchi
kuchining makonga qarab markazlashuvi. Siyosiy sohada modernizasiya
qabila-urug‘chilik munosabatlaridagi yetakchilikdan saylov huquqi,
vakillik, siyosiy partiyalar va demokratik boshqaruv tizimiga o‗tishni
anglatadi. Ta‘lim sohasida modernizasiya savodsizlikni tugatish, bilim va
ixtisoslashgan mehnat qadrining o‗sishi bildiradi. Diniy sohada esa u
cherkov ta‘siridan chiqishni anglatsa, oilaviy-nikoh munosabatlarda – ichki
oilaviy aloqalarni susayishi, oilaning yanada funksional ixtisoslashuvini
bildiradi; startifikasiya sohasida – mobillik mohiyatini kuchayishi,
individual muvaffaqiyat va egallangan maqomdan kelib chiqib o‗rnashib
qolgan aqidalarni zaiflashuvi bilan kechadi
86
.
Modernizasiya nazariyasi har bir davlat rivojlanishining ichki
omillarini qamrab oladi. Bunda «an‘anaviy» davlatlar taraqqiyotga xuddi
rivojlangan davlatlar kabi jalb etilishi mumkinligi g‘oyasiga tayaniladi.
Modernizasiya nazariyasi ijtimoiy taraqqiyot va jamiyat rivojiga undovchi
sosial o‗zgaruvchanlikni ta‘riflaydi. Shu bilan birga sosial evolyusiya
jarayonini tavsiflaydi. «Modernizasiya» atamasi mazmunan tadqiqotchilar
85
Ионин Л.Г. Социология культуры: путь в новое тысячелетие. – М.: Логос, 2000. – С. 269.
Хабермас Ю. Философский дискурс о модерне / Пер. с нем. М.М. Беляева, К.В. Костина, Е.Л.
Петренко и др. М.: Весь Мир, 2003.- С. 416.
86
Смелзер Н. – М.: Изд-во «Феникс», 1994. – С.362; 747-748.
154
ta‘biricha eng so‗nggi, zamonaviy talablar va me‘yorlarga mutanosib
o‗zgarishlar jarayonini ta‘riflaydi.
XX asrning 80 yillari ikkinchi yarmidan g‘arb mualliflari ta‘rifi
(A.Abdul Malik, A.Turen, S.Xantington, Sh.Eyzenshtatd va boshqalar) ga
tayanmagan
sosio-madaniy
an‘analarni
saqlashga
yo‗naltirilgan
modernizasiya konsepsiyasi rivojlandi. Ushbu konsepsiya doirasida ijtimoiy
va siyosiy taraqqiyotning universalligi rad etilmaydi. Shu bilan birga
universallik tamoyili partikulyarlik bilan hamohang bo‗lib, ularning organik
sintezi modernizasiyalash jarayonining muvaffaqiyat kaliti sifatida xizmat
qiladi. Modernizasiya o‗z-o‗zidan rivojlanuvchi jarayon sifatida ta‘riflanar
ekan, u nafaqat siyosiy elita faoliyatiga bog‘liq bo‗lib qolmay, dastavval,
jamiyatning oddiy a‘zolari obyektiv vaziyati va hulq atvori ta‘siri ostida
sodir bo‗ladi.
Ushbu
konsepsiya
doirasida
«kontrmodernizasiya»
va
«antimodernizasiya» atamalari shakllandi va rivojlandi (A.Turen)
87
.
Kontrmodernizasiya modernizasiyaning muqobil varianti sifatida nog‘arbiy
model sanaladi, antimodrenrizasiya esa ushbu jarayonga faol qarshilikni
anglatadi. A.Turenning fikricha, bu ikki variant XX asrdagi ijtimoiy-siyosiy
taraqqiyotning bosh tendensiyalarini tashkil etadi. Bunda e‘tiqod va
universallik tamoyillari yo‗qotilishi asos sifatida xizmat qiladi.
Ushbu konsepsiyalarni ko‗rib chiqish davomida, shuni alohida
ta‘kidlash joizki, so‗zsiz yutuqlarga (ko‗p omilli yondashuv,
yevromarkazlashuvni rad etish, modernizasiyaning turfa yo‗llari usullari
imkoniyatlarini tan olinishi va boshqalar) qaramasdan ular kamchiliklardan
holi emas. Asosiy zaiflik, bizningcha, shundaki, modernizasiya
mexanizmlari va usullari o‗rtasidagi farq mavjudligi tahlili shuningdek,
ularni qo‗llashning tarixiy jihatlariga yetarlicha e‘tibor qaratilmaydi. Ushbu
xususiyat modernizasiyalash jarayonining XX asrning ikkinchi yarmida
yaqqol paydo bo‗lgan umumiy qonuniyatlari ijtimoiy va siyosiy
taraqqiyotning yangi o‗ziga xos tendensiyalari ekanligini dalillaydi.
Qator rus olimlari modernizasiya nazariyasi rivojiga (M.V.Ilin,
Yu.S.Pivovarov, V.I. Pantin, V.V.Lapkin va boshqalar) o‗z hissasini
87
Touraine A. Critique de la modernite. - P., 1992.
155
qo‗shgan
88
. Hozirda respublikamiz Birinchi Prezidenti Islom Karimov
tomonidan e‘lon qilingan islohotlarni yanada rivojlantirish va mamlakatni
modernizasiyalash kursi munosabati bilan ilmiy va analitik doirada
modernizasiyalash nazariyasiga qiziqish o‗smoqda
89
.
Dissertantning fikriga ko‗ra, modernizasiyani turlicha mazmunda
talqin etish mumkin. Birinchidan, ushbu tushuncha taraqqiyparvar sosial
o‗zgarishlarni nazarda tutib, jamiyat o‗zgarishlarning u yoki bu shkalasi
ko‗rsatkichlari bo‗yicha takomillashib boradi.
Ikkinchidan,
modernizasiya
(modernization)
tushunchasi
«zamonaviylikka» qarab harakatlanishning sinonimi sifatida qo‗llaniladi.
Ushbu holatda modernizasiya ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, madaniy va
boshqa transformasiyalar majmuasidir. Bu ma‘noda mazkur tushuncha
jamiyatni sifat jihatdan yangi holatga o‗tishini anglatib, uning natijasida
an‘anaviy jamiyat zamonaviylashadi, «modernizasiyalashgan» bo‗ladi.
Shu tariqa, modernizasiya degan, biz an‘anaviy jamiyatdan
zamonaviy jamiyatga o‗tishdagi makrojarayonini anglaymiz. Bunda
modernizasiya tushunchasi sanoatlashish, shaharlashish, rasionallashish,
individualizmni tarqalishi va boshqa jarayonlarni qamrab oladi.
Modernizasiyalashuv jarayonida shakllangan fuqarolik jamiyati va
davlat bir-birini o‗zaro qo‗llab turuvchi institusional tuzilmalarni hosil
qiladi. Modernizasiyalashgan o‗zgarishlar jamiyatning barcha sohalarida
sodir bo‗ladi va bunda oila-nikoh munosabatlari mustasno emas.
Makroijtimoiy o‗zgarishlar davrida oila va nikoh munosabatlarining
an‘anaviy jamiyatlarga xos shakllari bilan solishtirmasdan o‗rganish
mumkin emas. Boshqacha qilib aytganda, biz, oilaning institusional
shakllaridan qaysi birini tanlaganmiz va modernizasion transformasiyalar
jarayoni bizga qanday ta‘sir ko‗rsatishini anglashimiz muhim.
Taniqli amerikali sosiolog va futurolog E.Toffler zamonaviy jamiyatni
«ikkinchi to‗lqin» jamiyati sifatida tavsiflaydi. Unga ko‗ra, ishlab
88
Ильин М.В. Очерки хронополитической типологии. - М., 1995; Пантин В.И. Циклы и волны
модернизации как феномен социального развития. - М., 1997. - С. 125; Пантин В.И. Циклы и
волны модернизации как феномен социального развития. - М., 1997. - С. 125, 126.
89
Концепция дальнейшего углубления демократических реформ и формирования гражданского
общества в стране. – Ташкент: Узбекистан, 2011.
156
chiqarishda qishloq xo‗jaligi ustuvorligi sanoat inqilobiga o‗z o‗rnini
bo‗shatib berishi sodir bo‗ladi. E.Toffler bo‗yicha modernlashgan jamiyatni
tashkil etuvchi turfa xil jarayonlardan, bizga oilani o‗zgarishi jarayoni,
zamonaviy oilani shakllanishi muhimdir
90
.
Zamonaviy oila jahonning ko‗plab mamlakatlarida nuklear bo‗lib, u
ikki avlod, ya‘ni, ota-ona va farzandlardan iboratdir. U o‗zida
modernizasiyalashuv jarayoni va uning oqibatlarini aks ettiradi. G‘arb
davlatlari tajribasi ko‗rsatishicha modernizasiyalashuv jarayonida oilaviy
munosabatlar shakli diversifikasiyalashib boradi. Yevropa va Shimoliy
Amerikaning ayrim davlatlarida bir jinsli nikohlar qonunlashtirilgan.
Noan‘anaviy oilalar an‘anaviy oilalar qatori yuridik huquqlarga ega. Shu
jumladan, ularga bolani asrab olish huquqi berilgan. Ushbu jarayonlar g‘arb
sivilizasiyasi uzoq tarixiy davrlar d\avomida hukm surgan qadriyatlarga
nisbatan shubhali munosabatlarni shakllantirmoqda.
P.Sorokin «Zamonaviy oila inqirozi» asarida oila institutining
«chuqurlashib borayotgan inqirozi» deb nomlagan vaziyatning empirik
isbotini keltiradi. P.Sorokin ajralish, rasmiylashtirilgan nikoh miqdorining
kamayshi, jinsiy maylni nikohdan tashqarida qondirish, nikohsiz tug‘ilgan
bolalar sonini oshib borishi, abortlar, fohishabozlik, nikohda bolalar sonini
kamayishi, ayollar emansipasiyasi, nikohning dunyoviy institutga aylanashi,
tarbiya, ta‘lim, homiylik funksiyalarini davlatga yuklanishi kabi
muammolarni o‗rgangan. U o‗zining so‗nggi ishlarida oila va nikoh
doirasida sodir bo‗layotgan ushbu jarayonlarni ta‘riflar ekan, ularni tanazzul
va degradasiya sifatida emas fluktuasiya, integrasiya – dezintegrasiya, deb
nomlaydi
91
.
Nikoh va oilaning zamonaviy talqinlarida yuqorida keltirilgan
jarayonlar davom etayotganligiga guvohlik beruvchi dalillar mavjud. Ushbu
tendensiyalar dunyoning deyarli barcha davlatlarida sodir bo‗lmoqda.
Ammo, ular ma‘lum madaniyatga chuqur singib borishi milliy o‗ziga xoslik
va mentalitet bilan farqlanadi. Shu bilan birga ayrim olimlar ularga nikoh va
oila institutining tanazzulining isboti deb qarasalar, boshqalari sodir
90
Тоффлер Э. Третья волна: Пер. с англ / Науч. ред. П.С. Гуревич. М.: АСТ, 1999. – С. 51–201.
91
Голод С.И. Семья и брак: историко-социологический анализ. – СПб, 1998. – С. 41-47
157
bo‗layotganlar ushbu institutlarning transformasiyasidan guvohlik beradi,
deb hisoblaydilar.
Oila
tanazzuli
va
xatar
ostidaligi
nazariyasining
qo‗llab-
quvvatlovchilar oila va monogamlikni parchalanishiga olib keluvchi sosial
qadriyatlar va afzalliklarni tahlil qilganlar. Oqibatda, aholining kamayib
borishi (depopulyasiya) va yangi avlodlarning yopiq ijtimoiylashuvi
jamiyatning tanazzuliga sabab bo‗ladi
92
.
«Progressiv» paradigma tarafdorlari fikriga ko‗ra, an‘anaviy oiladan
zamonaviy oila turiga o‗tish, nikoh shakllari va oila tuzilmasidagi
plyuralizm me‘yordan og‘ish tarzida talqin etilmasligi shart. Ular oila
institutining evolyusiyasidan darak beradi. Rossiyalik olimlardan S.I.Golod,
A.G.Vishnevskiylar
nazaricha,
oiladagi
o‗zgarishlar qonuniyatlari
umumijtimoiy
o‗zgarishlar bilan hamohang bo‗lib, jamiyatning
modernizasiyalashuvi uning ayrim institutlari transformasiyasiga turtki
beradi.
Sodir bo‗layotgan sosiomadaniy transformasiyalarning chuqur va
keng qamrovliligi, ularning inson va jamiyatni o‗zgartirayotganligi, oilaviy
munosabatlar va oilani mazmuniy to‗kisligiga qaramasdan, u «chuqur va
ahamiyatli insoniy munosabatlar, uzoq muddatli umidlar hamda nisbatan
kompromissiz ziddiyatlar makoni bo‗lib qolmoqda»
93
.
Modernizasiyalashuv jarayoni rivoji bilan shaxs hulq-atvori asta-
sekinlik bilan tashqi nazorat tizimi tomonidan belgilanib boradi. O‗zini o‗zi
nazorat, o‗z hulq atvorini rasionallashtirish, qonuniy chegaralar – fuqarolik
jamiyati mavjudligi va aholini yangilanishining zaruriy shartlaridir. O‗zini
o‗zi nazorat qilish ko‗nikmasiga ega bo‗lgan shaxs modernlashgan
jamiyatga xosdir. Oila modernizasiyasi butunjahon miqyosida bo‗lgani
kabi, O‗zbekistonda ham shaxs hayotining erkak va ayol, kattalar va bolalar
o‗rtasidagi munosabatlar va boshqalar kabi ko‗p qirralarini qamrab oladi.
92
Попеное Д. Упадок американской семьи (1969-1990): обзор и оценка//Вестник МГУ. Сер.
Социология и политология, 1996. №3; Вишневский А.И. Современная семья и
идеология//Свободная мысль. – М., 1993. - № 11
93
Муфф Ш. Феминизм, гражданство и радикальная демократическая политика. Введение в
гендерные исследования. Ч. II: Хрестоматия / Под ред. С.В. Жеребкина. Харьков: ХЦГИ, 2001;
СПб.: Алетейя, 2001. - С. 221.
158
Mazmunan oila sohasida an‘anaviy tartiblar, rollar va stereotiplarning
sekinlik bilan zaiflashuvi sodir bo‗lmoqda. Ushbu o‗zgarishlar asosida
yangicha qadriyatlar: erkak va ayollar tanlovi uchun erkinlikni kengayishi,
er-xotin tengligi, o‗zini ro‗yobga chiqarish va avlodlararo munosabatlardagi
o‗zgarishlar shular jumlasidandir. Statistik ma‘lumotlarga ko‗ra oila
modernizasiyasi ajralishlar miqdorini oshib borishi, norasmiy er-xotin
sifatida birgalikda yashash, nikohsiz tug‘ilishlarning keng yoyilishi kabi
holatlarda namoyon bo‗lmoqda. Shu bilan birga, nikoh va oila institutining
ko‗p asrlik barqarorligidan kelib chiqib, hyech kim oila va uning asosida
yotuvchi monogam nikohning butunlay barbod bo‗lishi mumkinligini
tahmin etmaydi.
O‗zbekiston jamiyatida XX asrning so‗nggi o‗n yilligida sodir
bo‗layotgan sezilarli transformasiyalar oila kabi birlamchi sosial
institutlardagi o‗zgarishlarga o‗z ta‘sirini o‗tkazmasdan qolmadi. Ular
oilaviy hayotning barcha jabhalarida namoyon bo‗lmoqda. Oilaning
iqtisodiy mavjudligi, faoliyat yuritishi va o‗zligini namoyon etishi, oila
a‘zolari o‗rtasidagi ichki munosabatlar, qadriyatli yo‗nalishlar va hayotiy
maqsadlar, tartib va hulq atvor asoslari o‗zgarmoqda.
Jamiyatning asosiy institutlaridan biri, ijtimoiylashuv jarayonining ilk
pog‘onasi sifatida oila atrof-muhit bilan birgalikda rivojlanmoqda va o‗z
shaklini o‗zgartirmoqda. Bunda vaqt talablariga o‗ziga xos tarzda
munosabatda bo‗lmoqda. Insoniy qadriyatlar saqlovchisi, madaniyat va
avlodlararo tarixiy vorisiylik, barqarorlik va taraqqiyot omili sifatida oila
ijtimoiy ehtiyojlarni yaratadi va shakllantiradi. Oila tufayli davlat
mustahkamlanadi va rivojlanadi, uning aholisi farovonligi oshib boradi.
XX asrning o‗rtalarida O‗zbekistonda quyidagi begilar xos bo‗lgan
oilalar ustuvorlik qilar edi: yoshlar erta oila qurishgan, oila faqat qonuniy
nikohga asoslangan, birinchi farzandlar erta tug‘ilgan, shahar oilalari
o‗rtacha 3-4 boladan iborat bo‗lgan, nikohsiz bolalar tug‘ilishi past bo‗lgan,
noqonuniy nikohlar kamdan-kam uchragan va ijtimoiy qo‗llab-
quvvatlanmagan.
1980-yillarning
oxiri
1990-yillarning
boshida
sobiq
sovet
mamlakatlarida tug‘ilish va nikoh miqdori kamayib boshladi. Agarda o‗tgan
asrning 70 – 80 yillarda O‗zbekistonda fertil yoshdagi har bir mingta ayolga
159
150-160 bolalar tug‘ilishi to‗g‘ri kelgan bo‗lsa, ushbu ko‗rsatkich yildan
yilga kamayib 1996 yilda 112 promilni va 1997 yilga kelib esa 103 promilni
tashkil etgan. Ushbu dinamika natijasida tug‘ilishning yalpi koeffisiyenti,
ya‘ni, reproduktiv yoshdagi har bir ayolning o‗rtacha tug‘gan bolalari soni
1980-1981 yillarda 4,81dan, 1990-1991 yillarda 4,09 taga, 1997-1998
yillarda esa 3,02 taga to‗g‘ri kelib qoldi
94
. Hozirda O‗zbekistonda ikki
farzandli oilalar (25,0%) yoki uch farzandli oilalar (23,6%) keng tarqalgan
oila turlaridan sanaladi
95
.
Shahar va qishloq oilalarida farzandlar sonidagi me‘yorlar bo‗yicha
birinchidan, bitta yoki ikki farzandli shahar oilalari qishloq oilalariga
nisbatan ko‗pchilikni tashkil qiladi (mos tarzda bitta farzand – 13% va
6,8%, ikki bolali – 30,7% va 21,2%). Ikkinchidan, qishloq oilalari ichida
besh farzandlilari shahar oilalariga nisbatan ko‗pchilikni tashkil qiladi (mos
tarzda 11,7% va 4,9%). Uchinchidan, 6-10 farzandli shahar va qishloq
oilalarida foiz ko‗rsatkichlari bir-biriga yaqin (1-ilova qarang 1.1. – rasm).
Respublikamiz mintaqalari bo‗yicha olingan ko‗rsatkchilarga ko‗ra,
turli mintaqalarda oilada farzand soni turlichadir. Toshkent shahri (24,3%),
Qoraqapog‘iston Respublikasi (14,8%), Toshkent (20,7%) va Qashqadaryo
viloyatlari (15,1%) aholisiga oilada bitta farzand bilan cheklanish xosdir.
XX asr oxiri va XXI asr boshlarida O‗zbekiston oilalaridagi
o‗zgarishlar nikoh miqdorini pasayishi bilan xususiyatlanadi. Masalan, 1991
yilda tuzilgan nikohlar soni 270,1 ming bo‗lsa, 1995 yilda 173,6 ming, 2005
yilda 155,8 mingtani tashkil etgan. Nikoh tuzilishining umumiy
ko‗rsatkichlarini 1990 yil bilan solishtirganda yillar bo‗yicha 18 va 35%
gacha tushib ketdi. Biroq 2005 yildan nikohga kirish ko‗rsatkichlari sekinlik
bilan oshib bordi va 2010 yilda 283.3 mingni tashkil etdi (2-ilovaga qarang
Dostları ilə paylaş: |