160
Bundan
tashqari, rasmiylashtirilmagan nikohning keng tarqalishi
kuzatilmoqda. Bir mamlakatlarda bu o‗zgarishlar bir necha yillar oldin
boshlanib, tez va tubdan o‗zgarishlarga olib kelgan bo‗lsa, boshqalarida –
keyinroq, sekinlik bilan tor doirada sodir bo‗ldi. O‗zbekiston bu o‗zgarishlar
sezilarsiz o‗tayotgan mamlakatlar qatoridadir. Ammo, aslini olganda barcha
davlatlarda oilaning muhokamaga sabab bo‗layotgan o‗zgarishining
belgilari yig‘indisi oila transformasiyasi deb nomlanayotgan jarayonni
boshidan kechirayotgan bo‗lib, zamonaviy oila shakliga o‗tish sodir
bo‗lmoqda.
Yosh oilalar muammolari borgan sari
olimlar diqqatini tortib
kelmoqda. Bu qator vaziyatlar bilan izohlanadi. Nikohning dastlabki
yillarida bo‗lajak oilaviy munosabatlar modeli shakllanadi – hokimiyat va
majburiyatlar taqsimlanadi, er-xotin, ota-ona va farzandlar o‗rtasidagi
ma‘naviy aloqlar o‗rnatiladi – er va xotining bir-biriga moslashish jarayoni
kechadi, asosiy ziddiyatlar xususiyatlari aniqlanadi
va ularning ehtimoliy
yechim yo‗llari belgilab olinadi. Oilada bolalar soni va ular o‗rtasidagi
interval borasidagi qarorlar ham oilaviy hayotning dastlabki davrida qabul
qilinadi. Demak, yosh oilalarni o‗rganish tug‘ilish muammolarini o‗rganish
bilan bevosita bog‘liq. Yosh oilaviy juftlikning nikoh qurmagan ko‗plab
do‗stlari va tanish-bilishlari borligi yosh er-xotin o‗rtasidagi munosabat va
turmush tarzini belgilab beruvchi omillardan biri sanaladi.
Oilaga xos bo‗lgan o‗zgarishlar qator omillar bilan tavsiflanadi.
Ushbu omillarning birinchi guruhi, xatti-harakatlarning qisqa muddatliligi
bilan tavsiflanadi. Ular avvalo demografik tendensiyalardagi silkinishlarga
aniqlik kiritadi. Yoki oiladagi nisbatan uzoq muddatli va tub o‗zgarishlar
uchun turtki sanaladi. Bu omillar ijtimoiy burilishlarning dastlabki davridagi
iqtisodiy yo‗qotishlar bilan bog‘liq.
Shuningdek, o‗tgan o‗tish davri o‗n
yilligidagi oila turmush darajasini keskin tushib ketishiga olib kelgan
omillar, iqtisodiy tanazzullar nikoh va tug‘ilish miqdorini pasayishiga olib
keladi. Biroq 1996-1999 yillarda oila maqomining tushib ketishi biroz
sekinlashdi va barqarorlik belgilari paydo bo‗ldi. Ushbu yillarda
O‗zbekistonda rasmiylashtirilgan nikohlar yiliga 177,8-175,9 mingni tashkil
161
etdi
97
. Bu iqtisoddagi jonlanish va ijtimoiy
hayotning barqarorlashuvi
boshlanganligidan guvohlik edi.
Omillarning ikkinchi guruhi, oila barqarorligini ta‘minlanishi
o‗zgacha
bo‗lgan
markazlashgan
boshqaruv
tizimidan
bozor
munosabatlariga o‗tayotgan davlatlarga xosdir. Bu yerda demografik hulq-
avtorning eski va yangi shartlar ta‘siri va yanada aniqroq qilib aytganda –
matrimonial va prokreasion hulq atvor bir-biri bilan uyg‘unlashib ketadi.
Uzoq muddatli ta‘sir omillari ham sezilarli o‗ringa ega. Ular o‗tgan o‗n
yilliklardan meros sifatida qolgan bo‗lib milliy mentalitet, me‘yorlar,
paternalizmni saqlab qolishga
yo‗naltirilgan
O‗zbekiston oilalari
ehtiyojlarida o‗z aksini topadi.
Uchinchi guruh – bu yangi omillar bo‗lib, ularning ta‘siri atiga so‗nggi
vaqtlarda namoyon bo‗lib boshladi. Ular bozor iqtisodiyotining mustahkam
shart-sharoitlari
bilan izohlanib, ijtimoiy hayotning yangi shartlari va
demokratlashuvi bilan izohlanadi.
Shu bilan birga, xalqaro mehnat bozori uchun ochilgan imkoniyatlar
qisqa muddatli norasmiy mehnat migrasiyasining ulkan oqimini
shakllantirdi. Ushbu migrasion oqim ishtirokchilarining
katta qismi
yoshlardan iborat bo‗ldi. Xorijda yashash imkoniyatini qidirayotgan yoshlar
oila qurish va farzand dunyoga keltirish bilan kam shug‘ullanadi. Bundan
tashqari, g‘arb davlatlarida keng tarqalgan turmush tarzi, qadriyatli
yo‗nalishlar, oilaviy hayotning turfa xillari borasida qo‗shimcha axborot
manbaiga aylanadilar. Bu g‘arbcha qadriyatlarni o‗zlashtirish va/yoki nikoh
hulq atvorini nusxalash uchun qo‗shimcha turtki bo‗ldi.
Albatta milliy tiklanish va davlatchilikni
mustahkamlanishi
etnomadaniy o‗ziga xoslik va an‘analarni saqlanishiga xizmat qiladi.
Ammo, jahon hamjamiyatiga qo‗shilish uchun ochilgan imkoniyatlar
rivojlangan mamlakatlardan ularning texnologiyalari, turmush tarzi, me‘yor
va tartiblar, qadriyatlarni o‗zlashtirish uchun qudratli turtki berdi. Biroq,
ularning ayrim destruktiv ta‘siri e‘tibordan chetda qoldi.
97
Ўзбекистон аѐллари ва эркаклари. 2000-2005 Статистик тўплам: Ўзбекистон Республикаси
Давлат статистика қўмитаси, 2007. – Б. 45
162
Shu tariqa bozor munosabatlarining ildiz otishi,
jamiyatni
demokratlashuvi, qadriyatli mo‗ljallarning o‗zgarishi kabilarda O‗zbekiston
oilalarini modernizasiyalash omillari namoyon bo‗ladi.
1) O‗zbekistonda ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy, axborot muhitidagi
salmoqli o‗zgarishlar oila transformasiyasiga olib keldi. An‘anaviy oilaning
ijobiy jihatlari saqlab qolinganligi bilan bir qatorda ma‘lum vaqtlardan beri
g‘arb davlatlariga xos bo‗lgan zamonaviy oila belgilari yanada yaqqol
namoyon bo‗lmoqda.
2) Oila transformasiyasiga ijtimoiy-iqtisodiy o‗zgarishlar sabab bo‗lsa-
da
ammo
sodir
bo‗layotgan
burilishlarning
bosh
omili
–
modernizasiyalashgan jamiyat sari harakat bo‗lmoqda.
3)
modernizasiya
tushunchasi
«zamonaviylikka»
qarab
harakatlanishning sinonimi sifatida qo‗llanilar ekan ijtimoiy, siyosiy,
iqtisodiy, madaniy va boshqa transformasiyalar majmuasi sifatida namoyon
bo‗ladi.
4) oilaviy-nikoh munosabatlarni modernlashuvi – ichki oilaviy
aloqalarni susayishi, oilaning yanada funksional ixtisoslashuvini bildiradi.
5) oiladagi o‗zgarishlar qonuniyatlari umumijtimoiy o‗zgarishlar bilan
hamohang bo‗lib, jamiyatning modernizasiyalashuvi uning ayrim institutlari
transformasiyasiga turtki beradi.
Dostları ilə paylaş: