106
Ota–onalik mezoniga ko‗ra 4 bosqich-ota-ona bo‗lishgacha, ota-
onalik, reprduktiv va sotsializasion ota-onalikka bo‗linadi, shuningdek, 5
asosiy hodisa va voqyea-oilaning barpo bo‗lishi va barbod bo‗lishi,
oxirgi farzandning tug‘ilishi, farzandlarning birini oila qurishi yoki
birinchi nabiraning tug‘ilishi.
Pol Glik fikricha, oila paydo bo‗lishidan to barbod bo‗lguniga
qadar bir qator bosqichlarni bosib o‗tadi. Odatda, oila nikoh qayd
etilgandan paydo bo‗ladi va har bir farzandning tug‘ilishi bilan oila
o‗sadi. Oxirgi farzandning tug‘ilishi va birinchi farzandning o‗z uyini
tark etishigacha bo‗lgan davrda oilaning holati o‗zgarmaydi. Farzandlar
turmush qurib alohida yashashni boshlashlari bilan oilaning hajmi
kamayib boradi va asl holiga keladi (2 kishi). Nikoh juftining bir,
keyinchalik ikkinchisining o‗limi bilan oilaviy sikl tugaydi. Lekin bu
jarayon turli tarixiy davrlarda patriarxal, ko‗p bolalik, nuklear oilalarda
turlicha bo‗lishi mumkin. Pol Glikning yuqorida aytilgan fikri «oilaning
hayotiy sikli» terminining Sotsiologiya va demografiyadagi zamonaviy
talqinining boshlanishi hisoblanadi. P.Glik AQShda o‗tkazilgan aholini
ro‗yxatga olish (perepis naseleniya) ma‘lumotlariga tayangan holda
oilalardagi eng muhim hodisalarni tahlil qilgan. Lekin shuni ta‘kidlash
joizki, bunday tahlil anchadan buyon ma‘lum bo‗lgan. M-n,P.Sorokin
krestyan oila hayotining 4 bosqichini ko‗rsatgan:
Dostları ilə paylaş: