9
1-MAVZU. OILA VA GENDER SOTSIOLOGIYASI FAN
SIFATIDA
1. Oila - o‗rta daraja maxsus sotsiologik nazariyalar obyekti sifatida.
2. Oila va gender sotsiologiyasi fanining obyekti va predmeti.
3. Oila va gender sotsiologiyasining maqsadi va vazifalari.
4. Oila va gender sotsiologiyasining fan sifatida shakllanishi
Oila va gender sotsiologiyasi sotsiologiya fanining asosiy
yo‗nalishlaridan bo‗lib, u nikoh va oilaning paydo bo‗lishi, rivojlanishi
va vazifalarini bajarishini o‗rganadigan fan. Oila va gender
sotsiologiyasi oilaga xos ijtimoiy munosabatlar turlari, oila va nikohning
tarkibi, vazifalarini, oilani kichik ijtimoiy guruh va ijtimoiy institut
sifatida xususiyatlarini, nikoh va ajralishlarni, oilani rejalashtirishga
ta‘sir qiluvchi omillarni, oiladagi kelishmovchiliklar va ularni oldini
olishni, oilaning boshqa ijtimoiy institutlar va ijtimoiy hayotning boshqa
sohalari bilan o‗zaro munosabatini, nikoh – oila munosabatlarining
tarixiy turlari va shakllarini, oila rivojlanishining tendensiyalarini
o‗rganadi.
Oila shakllanishi, uning mustahkamligini ta‘minlanish – zamonaviy
jamiyatlarning asosiy muammolaridan biridir. Oila, oilaviy va er-xotin
munosabatlari falsafa, psixologiya, pedagogika, sotsiologiya, demografiya
va boshqa ko‗plab fanlarning o‗rganish obyekti bo‗lib kelmoqda. Oila,
uning shakllanishi va tanazzulga yuz tutishi kabi munosabat nafaqat uning
sotsial institut sifatida kishilar turmush tarzini belgilab berishi, balki
avlodning barkamolligi, millat va davlat sog‘lomligi, shuningdek, doimiy
o‗sib boruvchi sotsial buyurtmadan kelib shakllangandir. Zero, oila
barqarorligiga tahdidlarning o‗sishini barcha tadqiqotchilar e‘tirof etganlar.
Oilaviy hayotning boshlang‘ich nuqtasi odatda, nikohning tuzilishi
sanaladi. Ammo, ayol va erkak o‗rtasida rasmiy nikohning mavjudligi
ularning yaxlit oilaga birikkanligining belgisi emas. Ushbu ikki tushuncha
o‗rtasidagi farqni anglash nikohning keng tarqalgan qator tavsiflarini ko‗rib
chiqish zaruriyatidan kelib chiqadi.
10
Ko‗pchilik faylasuf va sotsiologlarning fikricha, individlararo nikoh
va oila, ya‘ni, erkak va ayol hamda ularning bolalaridan iborat guruh doim
mavjud bo‗lgan. Ularning ayrimlari ta‘kidlashicha, bu inson ko‗payishi
biologiyasi bilan uzviy bog‘liq. Shu bois, ushbu sotsial institut ularning
primat avlodlaridan meros sifatida o‗tgan. Zero, nikoh va oila biologik
jarayonlarning mahsuli emas. Insonning biologik yaralishi uchun nikoh
emas jinsiy aloqa talab etiladi. Nikoh va jinsiy aloqa – turfa tushunchalardir.
Jinsiy aloqa, bolalarning tug‘ilishi nikohsiz yoki nikohdan tashqarida ham
sodir bo‗lishi mumkin. Nikoh o‗z ichiga jinsiy aloqalarni qamrab olsa-da,
ushbu tushuncha bilan uyg‘un mohiyat kasb etmaydi. Nikoh jinslararo
munosabatlarning sotsial tashkillanishi, deyilsa mubolag‘a bo‗lmaydi. U
orqali bog‘langan tomonlar tegishli huquq va majburiyatlarga egadirlar.
Sinfsiz jamiyatlarda nikohsiz (nikohgacha va nikohdan tashqari)
aloqalar ma‘lum tarzda tartiblangan, o‗zining sotsial chegaralarga ega
bo‗lgan bo‗lsa-da, nikohiy munosabatlar ham tuzilgan.
O‗zbekiston Respublikasi Oila Kodeksining 2 bo‗limiga ko‗ra,
―Nikoh – bu erkak va ayol o‗rtasidagi erkin, ixtiyoriy, teng ittifoq bo‗lib,
oila tuzish va er-xotinning o‗zaro huquq va majburiyatlarni bajarish
maqsadida tuziladi‖
1
.
Nikohning muhim belgilardan biri shundaki, u qonun himoyasi va
homiyligida bo‗lib, er-xotinning o‗zaro va farzandlariga nisbatan
majburiyatlari hamda shaxsiy, mulkiy huquq va majburiyatlari (boqish,
meros va boshqa)ga rioya etilishida yuridik mas‘uliyatni tomonlarga
yuklaydi.
Shu tariqa, nikoh – bu avvalo, ikki voyaga yetgan kishining o‗zaro
majburiyatlarini rasmiy tan olinishidir. Ammo, har qanday nikohiy ittifoqni
oila sifatida qabul qilib bo‗lmaydi. Bunga yaqqol misol tariqasida soxta
nikohni ko‗rsatish mumkin. Soxta nikoh O‗zbekiston Respublikasi Oila
Kodeksida «er-xotin yoki ulardan biri oila qurish maqsadisiz nikohni
rasmiylashtirishi» sifatida talqin etilgan
2
.
1
Семейный кодекс Республики Узбекистан / Собрание законодательства Республики Узбекистан,
2007 г., № 14, ст. 133; 2008 г., № 16. – С. 117.
2
Ўша жой.
11
Demak, nikoh – bu erkak va ayol o‗rtasida tarixiy o‗zgaruvchan
sotsial munosabat shakli bo‗lib, u orqali jamiyat erkak va ayol o‗rtasidagi
jinsiy hayotni tartibga soladi va me‘yorlashtiradi. Ularning er-xotinlik va
ota-onalik huquq va majburiyatlarini o‗rnatadi. Nikoh munosabatlarining
qadimdan mavjud bo‗lgan axloqiy me‘yorlari diniy va yuridik qoidalar
bilan mustahkamlanadi. Bu orqali jamiyat va davlat nikohni himoyalaydi
hamda uni buzuvchilarni qoralaydi.
Oila va nikoh haqida gapirilganda, ushbu tushunchalar turli tarixiy
davrlarda paydo bo‗lganligini qayd etish shart. Oila, o‗z o‗rnida
munosabatlarning murakkab tizimi sifatida nafaqat er-xotin, balki, ularning
bolalari, boshqa qarindoshlar hamda er-xotin uchun yaqin va qadrli bo‗lgan
insonlarni ham birlashtiradi.
Oilani ilmiy o‗rganishda sotsiologik va ijtimoiy-psixologik bilimlar
xususiyatlari borasidagi masalalar jiddiy ahamiyat kasb etadi. Sababi, oila –
ham sotsial institut ham kichik guruhdir.
3
Sotsiologlar «oilaning maxsus
sotsiologik nazariya»sini ilgari surasalar
4
, psixologlar esa oiladagi o‗zaro
munosabatlarga murojaat etadilar
5
.
Oila – bu murkkab sotsiomadaniy hodisadir. U o‗zida inson hayotiy
faoliyatining barcha jabhalarini qamrab olishi bilan unikal va takrorlanmas
hodisaga aylandi. Oila ijtimoiy hayotda individuallikdan ijtimoiy-
tarixiygacha, moddiylikdan ma‘naviylikkacha bo‗lgan barcha darajadagi
jarayonlarda ishtirok etadi.
Oila tuzilmasida shartli ravishda bir-biri bilan bog‘liq quyidagi
munosabatlar turkumlanadi: birinchisi – tabiiy-biologik, ya‘ni jinsiy va qon-
qarindoshlik; ikkinchisi – iqtisodiy, ya‘ni uy xo‗jaligi, ro‗zg‘or, oilaviy mol-
mulk doirasidagi munosabatlar; uchinchisi – ma‘naviy-ruhiy, ahloqiy-
estetik, ya‘ni er-xotinlik va ota-onalik mehr-muhabbat, bolalar tarbiyasi,
keksa ota-onalar haqida qayg‘urish, xulq-atvorning axloqiy me‘yorlari bilan
bog‘liq his-tuyg‘ular.
3
Харчев А.Г. Брак и семья в СССР. – М.: Наука, 1979. – С. 34.
4
Тощенко Ж.Т. Социология. Общий курс. 2-е изд. доп. и перераб. – М.: Прометей, Юрайт, 1999. –
С. 201.
5
Психология. Словарь. М.: Политиздат, 1990; Левкович В.П. Особенности супружеских
взаимоотношений в разнонациональных семьях // Психол.журн. 1990. Т. 11. № 2. - С. 25-36;
Олейник Ю.Н. Исследование уровней совместимости в молодой семье // Психол. журн. 1986. Т. 7.
№ 2. - С. 59-65.
12
Qayd etilgan munosabatlar yig‘indisi oilani maxsus sotsial hodisa
sifatida shakllantiradi. Zero, erkak va ayol o‗rtasidagi huquqiy jihatdan
mustahkamlanmagan va umumiy ro‗zg‘or hamda bolalar tarbiyasi bilan
uyg‘unlashmagan tabiiy yaqinlik oilaga asos bo‗la olmaydi. Bu kabi
munosabat birgalikda yashash sanaladi, xolos. Yaqin insonlar o‗rtasida
nikoh-qarindoshlik rishtalari bilan bog‘lanmagan iqtisodiy hamkorlik va
o‗zaro yordam oilaviy munosabatlarning elementlari sanalmaydi. Bunday
holatda u rasmiy sherikchilikka aylanadi. Nihoyat erkak va ayol o‗rtasidagi
ma‘naviy munosabatlardagi uyg‘unlik oilaga xos shaklda rivojlanmasa u
birgina do‗stlik bilan chegaralanadi.
A.G. Xarchevning fikriga ko‗ra, oila er va xotin o‗rtasidagi tarixiy
shakllangan o‗zaro munosabatlar tizimi bo‗lib, uning a‘zolari nikoh va
qarindoshlik rishtalari, umumiy ro‗zg‘or, hissiy bog‘liqlik va o‗zaro ahloqiy
majburiyatlar bilan bog‘langan.
O‗zbekiston Respublikasi Oila Kodeksida oilaning yaxlit ta‘rifi
keltirilmagan. Chunki, «oila» tushunchasini qamrab olinishi va oila a‘zolari
ro‗yxatini keltirilishi ular huquqlarini paymol etilishiga yoki oila a‘zolari
doirasini asossiz kengayishiga sabab bo‗lishi mumkin.
Biroq, «oila» va «oila a‘zolari» tushunchasi O‗zbekiston Respublikasi
Oila Kodeksida keng qo‗llanilgan. Mazkur Kodeksda ushbu atamalarning
ta‘rifi oila huquqi nazariyasidan kelib chiqib o‗rnatilgan. Yuridik ma‘noda
oila nikoh, qarindoshlik, farzandlikka olish yoki boshqa shakllar orqali
bolani tarbiyaga olish orqali bog‘langan shaxsiy nomulkiy va mulkiy huquq
va majburiyatlar bilan bog‘langan shaxslar doirasi sifatida ta‘riflanadi.
Ushbu ta‘rifda birgalikda yashash va umumiy xo‗jalikni yuritish holatlari
nazarda tutilmagan.
O‗zbek tilining izohli lug‘atida: «Oila – er-xotin, ularning bola-
chaqalari va eng yaqin tug‘ishganlaridan iborat birga yashovchi kishilar
majmui»
6
- deb ta‘riflangan.
Oila bir vaqtning o‗zida ham sotsial institut va kichik guruh
ekanligidan kelib chiqib, quyidagi ta‘rifni ilgari suramiz: - «Oila – bu
6
O‘zbek tilining izohli lug‘ati. Ziyouz.com kutubxonasi
|