Samarqand davlat universiteti gulsum tagiyeva, hayriniso husanova oila va gender



Yüklə 1,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/94
tarix08.02.2023
ölçüsü1,84 Mb.
#83404
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   94
oila

mexanizmlari 
221 
14.1. O‗zbekistonda oilalarni qo‗llab-quvvatlashda differensial 
yondashuv. 
 
14.2. Ijtimoiy xatar guruhiga mansub oilalar. 
 
14.3. Noqobil oila va deviantlik. 
 
14.4. Ajrimlar va ularning ijtimoiy oqibatlari. 
 
14.5. Ajrimlar profilaktikasida ijtimoiy hamkorlik. 
 
14.6. Oila va nikoh munosabatlari barqarorligining ijtimoiy-
iqtisodiy omillari. 
 
15-Bob. O„zbekistonda oilalarni ijtimoiy ximoyalashda 
innovasion tendensiyalar
233 
15.1. O‗zbekistonda ijtimoiy soha islohotlari. 
 
15.2. Oilalar va bolalarni ijtimoiy himoyalash tizimi dinamikasi. 
 
15.3. Oilalarni ijtimoiy himoyalash tizimini takomillashtirishda 
innovasion tendensiyalar. 
 
16.4. Oila-nikoh munosabatlari barqarorligini ta‘minlashda sotsial 
innovatsiyalar. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



KIRISH 
Oila va gender sotsiologiyasi sotsiologiya fanining asosiy 
yo‗nalishlaridan bo‗lib, u nikoh va oilaning paydo bo‗lishi, rivojlanishi 
va vazifalarini bajarishi, erkaklar va ayollarning ijtimoiy rollarini 
farqlash qonuniyatlarini, jinsga qarab mehnat taqsimotini, madaniy 
belgilar 
hamda 
erkaklik 
va 
ayollikning 
ijtimoiy-psixologik 
stereotiplarini, ularning ijtimoiy hayotning turli jihatlariga ta‘sirini 
o‗rganadigan fan. Oila va gender sotsiologiyasi oilaga xos ijtimoiy 
munosabatlar turlari, oila va nikohning tarkibi, vazifalarini, oilani kichik 
ijtimoiy guruh va ijtimoiy institut sifatida xususiyatlarini, nikoh va 
ajralishlarni, oilani rejalashtirishga ta‘sir qiluvchi omillarni, oiladagi 
kelishmovchiliklar va ularni oldini olishni, oilaning boshqa ijtimoiy 
institutlar va ijtimoiy hayotning boshqa sohalari bilan o‗zaro 
munosabatini, nikoh – oila munosabatlarining tarixiy turlari va 
shakllarini, oila rivojlanishining tendensiyalarini o‗rganadi. O‗zbekiston 
Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev oila haqida gapirganida 
qo‗yidagilarni ta‘kidlaydi: ―Oila men uchun muqaddas. Muqaddasligi 
shuki, avvalambor qaerda ishlashidan qat‘i nazar, kim bo‗lishidan qat‘i 
nazar agar oilada tarbiya, oilada muhit, oilada xalollik, munosabat, 
tarbiyaga alohida ehtibor bermasa, hech qachon natija bo‗lmaydi. Odam 
baxtliman deyishga qanchalik haqqi bor? Agar oilang bilan sen baxtli 
bo‗lsang, baxtliman deyishga haqqing bor‖. 
O‗zbekiston Respublikasi tarixida ilk bor ―xotin-qizlar va erkaklar 
uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari‖ to‗g‗risida to‗g‗risida 
qonun qabul qilindi. Ushbu Qonunning maqsadi xotin-qizlar va erkaklar 
uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta‘minlash sohasidagi 
munosabatlarni tartibga solishdan iborat bo‗lib, qonuni o‗zbek 
ayollarining hayotida nimalarni o‗zgartiradi? O‗zbekiston ijtimoiy 
siyosatining markazida jinslarning notengligini bartaraf etish, xotin-
qizlar va erkaklarning haqiqiy yoki asos bo‗ladigan tengligini ta‘minlash 
bo‗yicha aniq maqsadlarga erishish uchun davlat organlari tomonidan 
ko‗riladigan huquqiy, tashkiliy hamda institutsiyaviy xususiyatga ega 
chora-tadbirlarni namoyon qilish turadi. 



Xotin-qizlar va erkaklar o‗rtasida haqiqiy tenglikka erishish, 
jamiyat hayotining barcha sohalarida ularning ishtirokini kengaytirish, 
jins bo‗yicha bevosita va bilvosita kamsitishni bartaraf etish hamda 
ularning oldini olish maqsadida davlat tomonidan gender siyosati 
amalga oshirilmoqda.
«Oila va gender sotsiologiyasi» nomli darslik ijtimoiy ishni, 
sotsiologiyani o‗rganuvchi talabalar, Mahalla va oilani qo‗llab-
quvvatlash vazirligi hamda xududlardagi Mahalla va oilani qo‗llab-
quvvatlash boshqarmasining amaliyotchi-xodimlari uchun tuzilgan. 
Darslik oilalar hamda ayollar va erkaklar, ularning muammolari 
haqidagi tasavvurlarni bir xil shaklga keltiradi. Darslikning mazmuni 
rang-barangdir, u oilalar bilan avval ishlamagan va oilalar bilan uzoq 
vaqt ishlab kelayotgan mutaxassislar uchun ham qiziq. 
Ushbu darslikda oila va gender sotsiologiyasi fan sifatida, ―oila‖ 
tushunchasi, uning turlari va vazifalari, oila va nikox munosabatlarining 
an‘anaviy shakllari, oila-nikoh munosabatlarida sotsial maqom va 
ierarxiya, oilaviy xayot sikli va avlodlar almashinuvi, yosh oila: sotsial 
kategoriya sifatida, oila-nikoh munosabatlarda zamonaviy tendensiyalar, 
rivojlangan davlatlarda oila-nikoh instituti tanazzuli, feminizm 
g‗oyalarining shakllanishi va rivojlanishi, gender tengligi g‗oyalarining 
nazariy-metodologik asoslari, ta‘lim va bandlik soxasida gender 
muvozanat, boshqaruvda gender tenglik, O‗zbekistonda xotin-qizlar 
ijtimoiy-siyosiy faolligini qo‗llab-quvvatlash, O‗zbekistonda oila-nikoh 
institutini mustahkamlash mexanizmlari, O‗zbekistonda oilalarni 
ijtimoiy ximoyalashda innovatsion tendensiyalariga bag‗ishlangan 
mavzular yoritilgan. 

Yüklə 1,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin