Samarqand davlat universiteti gulsum tagiyeva, hayriniso husanova oila va gender


tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini



Yüklə 1,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/94
tarix08.02.2023
ölçüsü1,84 Mb.
#83404
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   94
oila

tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini 
oshirish ustuvor yo„nalishlardan biri sifatida belgilandi. 
Bunday islohotlarni amalga oshirish zarurati quyidagi 
muammolarning keskinligidan kelib chiqib yanada dolzarblashdi. 
Xususan;
- Jinoyatchilikning jinsiy kesimdagi tahliliga ko‗ra 90-95% 
jinoyatchilik asosan erkaklar zimmasida bo‗lsa, 5-10% xotin-qiz 
jinoyatchiligini tashkil etadi. Xotin-qizlar tomonidan sodir etilgan 
jinoyatlarning salmoqli qismi asosan mulkka qarshi sodir etilgan 
jinoyatlardan iborat. Ammo, ozodlikdan mahrum etish muassasalaridagi 
xotin-qizlar orasida shaxsiyatga nisbatan sodir etilgan jinoyatlar 
ko‗pchilikni tashkil etishi. Xotin-qizlar orasidagi jinoyatchilik 2014 
yilga nisbatan 2017 yilda 4.6% ga kamaygan bo‗lsa-da viloyatlar 
kesimida Farg‗onada 8,9%, Surxondaryoda 2,7% Buxoroda 0,3% ga 
o‗sgan. Jinoyatlar turi bo‗yicha ayollar orasida bezorilik 16,7%, 
firibgarlik 13,1%, qasddan tan jarohati etkazish 10,7%, tovlamachilik 
8,8% ga oshgan
3
. Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan, 
98
Мирзиѐев Ш.М. Танқидий таҳлил, қатъий тартиб-интизом ва шахсий жавобгарлик – ҳар бир 
раҳбар фаолиятининг кундалик қоидаси бўлиши керак // Халқ сўзи газетаси. 2017 йил 16 январь, 
№11 (6705). 
3
http://kamolot.uz 


218 
shuningdek, o‗tgan yili maxsus ro‗yxatdan chiqarilgan 2 587 nafar diniy 
oqim a‘zosi bo‗lgan ayollarning hayotda o‗z o‗rnini topishi, ijtimoiy 
muammolarini hal etishga alohida e‘tibor qaratildi
1
.
Ushbu raqamlarga binoan ayollar tomonidan sodir etilgan 
jinoyatlar miqdori ortmoqda va jinoyatlarining sifat ko‗rsatkichlarida 
ham salbiy o‗zgarishlar kuzatilmoqda. SHunday bo‗lsada respublikamiz 
rahbariyati, xususan, muhtaram Prezidentimiz ayollarga nisbatan 
insonparvarlik munosabatini bildirib kelganlar. Har yili qabul 
qilinadigan Amnistiya qarorlarida birinchi o‗rinda ayollar jazoni o‗tash 
muassasalaridan ozod etiladi. Jinoyat sodir etgan ayollarga nisbatan jazo 
engillashtirilgan shartlar asosida, aksariyat hollarda voyaga etmay turib 
ijtimoiy xavfi katta bo‗lmagan yoki uncha og‗ir bo‗lmagan jinoyat sodir 
etgan qizlarga nisbatan esa ozodlikdan mahrum etish boshqa jazo turi 
bilan almashtiriladi.
- ayollarga ―tirik mahsulot‖ yoki ―jonli buyum‖ sifatida 
qaralayotgan holatlari kuzatilmoqda. YOsh ayol va qizlarimizni chet 
ellarga ―viza byuro‖lar va nopok ―ishbilarmonlar‖ga aldanib ko‗p pul 
topish mumkin bo‗lgan ishlarni taklif etib, aldab o‗z vatanlaridan olib 
chiqib ketish hamda ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni olib 
qo‗yib, ularni majburan uy xizmatkori, idish-tovoq yuvuvchi, farrosh, 
eng achinarlisi fohishalikka majbur etish holatlari uchrab turibdi. Biroq, 
oddiy eksplutatsiyadan tashqari seksual biznes sohasiga majburan jalb 
etish ham anchagina ko‗p. Bunday mushkul ahvolga tushib qolgan 
ayollar g‗ayriqonuniy yo‗llar bilan chiqilganligi sababli mahalliy 
huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat etishga qo‗rqadilar. 
- Oliy ta‘lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarning jinsi 
bo‗yicha nisbatda o‗rganilganda aholi umumiy sonida ayollar 49,8%, 
erkaklar 50,2%ni tashkil qilsa-da oliy ta‘lim muassasalarida tahsil 
olayotgan ayollar-38,2% ni, erkaklar esa - 61,5%ni tashkil etadi. Bu 
albatta mamlakatimiz aholisi jinsi bo‗yicha deyarli mutanosib 
1
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиѐевнинг хотин-қизларни ҳар томонлама 
қўллаб-қувватлаш ва оила институтини мустаҳкамлаш масалаларига бағишланган йиғилишдаги 
маърузасидан. 2018 йил 7 февраль.


219 
ko‗rsatkichda 
xotin-qizlarning 
ta‘lim 
olishida 
nomutanosiblik 
mavjudligini ko‗rsatadi.
- Turmushga chiqqan farzandli yoki hali farzandli bo‗lmagan yosh 
ayollar ishga joylashishlarida qo‗shimcha muammolarga duch keladilar. 
Ularning mavjud muammolari qatoriga ishga qabul qilishda bo‗lajak 
ishchi-xodim tez orada bola tarbiyasi bo‗yicha ta‘tilga chiqib ketishi 
yoki ko‗proq kuch va vaqtini ishga emas oila va bolasiga sarflashidan 
xavfsirash kabi o‗ziga xos muammolar qo‗shiladi.
- Onalar va go‗daklar o‗limi qayd etilayotganligi, nogiron bolalar 
tug‗ilayotganligi – xotin-qizlarning reproduktiv salomatligini ta‘minlash 
bo‗yicha ishlar mutlaqo qoniqarsiz ekanligini ko‗rsatmoqda. Har yili 95 
foiz homilador ayollar perinatal skrining tekshiruvchidan o‗tkazilsa-da, 
natijasi amalda sezlimayapti. SHu bois, oilaviy poliklinikalar va qishloq 
vrachlik punktlarida ―ayollar maslahatxonalari‖ tashkil etilishi 
belgilandi. 
Zero, 
xotin-qizlarning 
salomatligi, 
ijtimoiy-siyosiy 
faoliyatiga milliy qonunchiligimizda alohida e‘tibor qaratiladi. 
Jumladan, xomilador va farzand ko‗rish davrida ayollarga ish joyidan 
125 kalendar kuni uchun ish xaqi miqdorida yordam puli berish, farzand 
tug‗ilganida bir yo‗la beriladigan to‗lovlar saqlab qolinishi, ishlovchi 
yoki ishlamaydigan ayollar ham bu nafaqalardan foydalanishi, beshta 
yoki undan ortiq bolali oilalar uchun davlat tomonidan ijtimoiy 
ximoyaning mavjudligi davlatimiz muruvvatini anglatadi. 
- Oilaning moddiy-moliyaviy, ma‘naviy tang holati oqibatda 
ijtimoiy og‗ishlar, keskinliklarga olib kelishi, ayniqsa, o‗sib kelayotgan 
farzandlarning zararli odatlarga berila boshlashiga sabab bo‗ladi.
Oila butunligini saqlashda muhim rol o‗ynaydigan holatlardan biri 
bu, hozirda ularga ijtimoiy xizmat ko‗rsatish sohasi etarlicha 
rivojlanmaganligidir. Oilalarga manzilli ijtimoiy xizmat ko‗rsatish 
sohasi ijtimoiy himoya tizimining alohida kategoriyasi sifatida 
ajratilmagan va ijtimoiy xizmat ko‗rsatish muassasalari faoliyatining 
yo‗nalishi sifatida qat‘iy o‗rnatilmagan. Oilalar bo‗yicha yuritiladigan 
umumiy ishlar qatorida odatda bolaga ko‗mak puli ajratiladi. Ijtimoiy 
xizmat ko‗rsatishning alohida kategoriyalari sifatida yolg‗iz ona yoki ota 
oilalari va talabalardan iborat oilalar kiritiladi.


220 
- Oxirgi yillarda ajrashishlar soni yiliga 10-11 foizga oshib borgani 
tashvishlanarlidir. 2017 yilda 31 mingdan ziyod ajralish holati qayd 
etilgan. Buning oqibatida, asosan, ayollar va bolalar jabr ko‗rmoqda. 
Hukumatimiz tomonidan, bunday holatlarni oldini olish, oilani 
barqaror rivojini ta‘minlashda mahalla yig‗inlari mas‘uliyati oshirildi. 
Ularning zimmasiga og‗ir hayotiy sharoitdagi oilalar va ularning 
farzandlariga ijtimoiy yordam ko‗rsatish, ijtimoiy-psixologik xizmat 
bilan ta‘minlash, bandlik masalalarini o‗rganish, oila va bolaning huquq-
manfaatlarini himoya qilish kabi kechiktirib bo‗lmaydigan chora-
tadbirlarni amalga oshirish vazifalari yuklatildi. 

Yüklə 1,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin