Birinchidan, u fan sifatida o‘zining butun diqqat e’tiborini faqat o‘tmishga qaratadi, undan saboq beradi, xulosa chiqaradi, ajdolarimizning moziyda qolgan hayot tarzini, ular yaratgan madaniy, ma’naviy-mafkuraviy qadryatlarini o‘rganadi.
Ikkinchidan, O‘zbekiston tarixi fani boshqa ijtimoiy fanlarga nisbatan aniq fan. Tarixiy voqea va hodisalar qat’iy aniqlikda, davriy ketma-ketlik – xronologik asosda o‘rganadi.
Uchinchidan, O‘zbekiston tarixi fani o‘tmishda ijtimoiy-iqtisodiy hayotning ahvoli, rivojlanishi va tanazzulining sabab hamda oqibatlarini o‘rganadi.
To‘rtinchidan, O‘zbekiston tarixi fani ko‘p qirralik va xilma-xillik xususiyatiga ega. U jamiyat tarqqiyoti va inqirozlarining faqat bir tomoninigina emas, balki uning hamma tomonlarini uzviy bog‘liqlikda, bir butunlikda o‘rganadi.
Har qanday fan kabi O‘zbekiston tarixi fani ham o‘zining g‘oyaviy-nazariy asoslari, ilmiy ta’limotlari, metodi va metodologiyasiga ega. SHuning uchun ham O‘zbekiston tarixi fanining g‘oyaviy-nazariy asoslari, ilmiy ta’limotlari va metodologiyasi nimalardan iborat bo‘lishi o‘ta muhim masala hisoblanadi. Islom Karimov tarixning eng muqaddas milliy va umuminsoniy xotira hamda qadriyat ekanligini ta’kidlab, “Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q”, “O‘zlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi”, “Tarix – xalq ma’naviyatining asosidir”, degan teran falsafiy fikrlarni olg‘a surdi. Islom Karimov bevosita amal qilayotgan va uning asarlari mazmunidan kelib chiqadigan O‘zbekiston tarixi fanining ilmiy metodlari va metodologik tamoyillari quyidagilardan iborat:
Tarixiy hodisa va voqealarni, hujjat va faktlarni ilmiy xolisona va holol o‘rganish va tahlil qilish;
Tarixni milliylik va umuminsoniylik asosida o‘rganish va tahlil qilish;
Tarixni haqqoniy ob’ektivlik, tarixiy-falsafiy (tarix falsafasini anglash) mantiqiylik asosida o‘rganish va tahlil qilish;
Tarixga milliy va umuminsoniy xotira va qadriyat sifatida hurmat va ehtirom bilan e’tiborli bo‘lish;
Xalq, buyuk davlat arboblari va rahbarlari, talatli va qobilyatli, fidokor va qahramon kishilarning tarixda tutgan o‘rniga alohida e’tibor berish;
Tarixiy voqea va hodisa, hujjat va faktlarni to‘g‘ri va noto‘g‘riligini aniqlashda tarixiy-tanqidiylik usuliga amal qilish;
Tarixni o‘rganishda tarixiy universiallikka amal qilish;
Tarixni ilmiy-ijodiy qiyoslash va tanqidiy asosda o‘rganish;
Hozirgi kunda ta’lim jarayonida jumladan O‘zbekiston tarixi fanini o‘qitishda interaktiv metodlar, innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini o‘quv jarayoniga qo‘llashga bo‘lgan qiziqish, e’tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda, bunday bo‘lishining sabablaridan biri, shu vaqtgacha an’anaviy ta’limda talabalarni faqat tayyor bilimlarni egallashga, jumladan O‘zbekiston tarixi fanidan professor-o‘qituvchi ma’lum bir mavzu masalan, IX-XII asrlardagi o‘zbek davlatchiligi masalasida qog‘ozdagi ma’ruzani o‘qib berib, talabalarni mavzuyuzasidan erkin fikrlashiga keng imkoniyat yaratilmagan bo‘lsa, zamonaviy texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini o‘zlariqidirib topishlariga, mustaqil o‘rganib, tahlil qilishlariga hatto, xulosalarini ham o‘zlari keltirib chiqarishlariga o‘rgatadi. Professor-o‘qituvchi bujarayonda shaxsni rivojlantirish, shakllantirish, bilim olish va tarbiyalashga sharoit yaratilishi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yo‘naltiruvchilik funksiyasini bajaradi. Ta’lim jarayonida ta’laba asosiy figuraga aylanadi.
Mustaqillik yillarida Vatan tarixiga bo‘lgan e’tibor davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. 1998-yilning 26-iyunida Prezident I. A. Karimov bir guruh tarixchi olimlar oldiga tariximizni har qanday mafkuraviy bosimlardan holi o‘qitish vazifasini qo‘ydi. Bugungi kundagi talab esa Vatan tarixini yoshlar ongiga singdirishda yangi axborot texnologiyalari hamda yangi pedagogik texnologiyalarni qo‘llash va aynan davr talabiga javob beradigan pedagog kadrlar tayorlash, malakasini oshirib borish bo‘lib qolmoqda. Masalan, 2015-yilning 12-iyunidagi Birinchi Prezident I. A. Karimovning PF № 4732 sonli farmonini shu maqsadni amalga oshirishni huquqiy asoslaridan deb hisoblashimiz mumkin. O‘zbekiston tarixi fani sohasida yangi pedagogik texnologiyalar qo‘llanilgan ko‘plab o‘quv-uslubiy adabiyotlar yaratilmoqda. Masalan, 2015-yilda O‘zbekiston milliy universiteti tarixchi olimlari tomonidan O‘zbekiston tarixi fanini o‘qitishida innovatsion texnologiyalarni qo‘llash nomli asar nashr etildi.
Hozirgi kunda O‘zbekiston tarixi faninin gustivor yo‘nalishlari sirasiga arxeologiya yo‘nalishida o‘zbek davlatchiligi tarixining teran ildizlarini aniqlash maqsadida chet ellik (fransuz, yapon va hokozo) arxeologlari bilan hamkorlikda Afrosiyob, Ko‘ktepa, Jarqo‘ton, Tuproqqal’a, Erqo‘rg‘on kabi manzilgohlarda kengko‘lamli ilmiy tadqiqotlar olib borishni yanada jadallashtirish, mamlakatimiz hududididan yangi-yangi hali o‘rganilmagan manzilgohlarni izlabtopib, ilmiy asoslab, O‘zbekistonning jahon sivilizatsiyasi makonlaridan biri ekanligini yanada mustahkamlash dolzarb ahamiyatga ega. Akademik F. Buryakov, U. Islomov, A. Asqarov, R. Sulaymonov kabi taniqli arxeologlar o‘rnini bosa oladigan yosh mutaxasislar safini kengaytir ish muhim ahamiyatga ega. Bundan tashqari, o‘zbek davlatchiligining Ilk o‘rtaasrlar ya’ni islom dini keng tarqalgunga qadar bo‘lgan davrlari chuqur ilmiy tadqiqotlarga muhtoj bo‘lib, xitoy, arab va boshqa manbalar asosida ushbu davr tarixi oydinlashtirilishi zarur. Vatan tarixining temur va Temuriylar davri shuningdek, sobiq sovet mustamlakachiligi davri kabi bo‘limlarini eng yangi va turli manbalar asosida oydinlashtirish O‘zbekiston tarixi fanining ustuvor yo‘nalishlaridan hisoblanadi