Malaka va ko‘nikmalarni shakllantirishning asosiy yo‘nalishlari: Mehnatga haq to‘lash ahamiyati va ish haqining vazifalari. Mehnatga haq to‘lash turlari. Ish haqi jamg‘armasi va uning tarkibi. Ish haqining doimiy va o‘zgaruvchan qismi, mutloq farqlanish, nisbiy farqlanish, haqiqatda to‘langan ish haqi. Korxona miqyosida keyingi 3-5 yilda ish haqining o‘sishi. Ishlovchilarning o‘rtacha ish haqi ko‘rsatkichlari. Korxona (tashkilot)da ijtimoiy himoya. Ijtimoiy rivojlanish rejalari. Xodimlarning mehnat sharoitini yaxshilash va sog‘lig‘ini mustahkamlash. Ijtimoiy-madaniy, uy-joy va maishiy xizmat sharoitlarini yaxshilash. Korxona (tashkilot)da mehnat jamoasi a’zolarining ijtimoiy himoya qilinishi, jamoa mehnat shartnomasida korxona (tashkilot) ishchi va xodimlarini ijtimoiy himoya qilish.
Mavzu bo‘yicha topshiriqlar
№
Korxona(tashkilotda)da Bajariladigan topshiriqlar
Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar
1.
Mehnatga haq to‘lash turlarini o‘rganing
Korxona(tashkilot)da mehnatga haq to‘lash turlarini o‘rganing
2.
Korxona(tashkilot)da ish haqi jamgarmasini o‘rganing
Korxona(tashkilot)da ish haqi jamg‘armasi tarkibi va undan foydalanishni tahlil qiling
3.
Korxona(tashkilot)da ish
haqining o‘sishiga doir
materiallar to‘plang
Keyingi 3-5 yillardagi korxona(tashkilot)da ish haqini o‘sishini tahlil qiling va unga baho
bering
4.
Korxona(tashkilot)da mehnat sharoitlarini yaxshilash holatini o‘rganing
Korxona(tashkilot)dagi xodimlarning mehnat sharoitini yaxshilash va sog‘lig‘ini mustahkamlash chora tadbirlarini tahlil qiling
5.
Ijtimoiy rivojlanish rejalari bilan tanishing
Ijtimoiy rivojlanish bo‘yicha takliflaringizni bering
1- mavzu. TASHKILOTNING TARIXI, TASHKILIY TUZILISHINI O‘RGANISH (1-ilova, 1-chizma va 3-jadval)