Samarqand davlat universiteti inson resurslarini boshqarish fakulteti



Yüklə 494,37 Kb.
səhifə2/17
tarix07.01.2024
ölçüsü494,37 Kb.
#208692
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Amaliyot dasturi

Tuzuvchilar:


Safarov B.– Kadrlar menejmenti va biznes kafedrasi professori
Usmanova D.- Kadrlar menejmenti va biznes kafedrasi dotsenti
Taqrizchilar:
Pardaev M.Q. – Samarqand Iqtisodiyot va servis Institute Menejment va statistika kafedrasi professori, i.f.d.
Arabov N.U. – SamDU Iqtisodiyot va tadbirkorlik kafedrasi professori.




K IRISH


Ushbu dastur O‘zbekiston Respublikasi «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonuni, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablaridan kelib chiqqan holda «O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari talabalarining malakaviy amaliyoti haqida Nizom»ning (OO‘MTVining 1998-yil 30-oktabr 305-sonli buyruq bilan tasdiqlangan) 1.3. bandiga muvofiq 5231700 «Kadrlar menejmenti» ta’lim yo‘nalishi Davlat ta’lim standarti asosida tuzildi.
Hozirgi kunda respublika ta’lim tizimini mustahkamlash, uni zamon talablari bilan uyg‘unlashtirishga katta ahamiyat berilmoqda. Bunda mutaxassis kadrlarni tayyorlash, ta’lim va bilim berish tizimi islohatlar talablari bilan chambarchas bog‘langan bo‘lishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Zamon talablariga javob bera oladigan mutaxassis kadrlarni tayyordash, Davlat ta’lim standartdari asosida ta’lim va uning barcha tarkibiy tuzilmalarini takomillashtirib borish oldimizda turgan dolzarb masalalardan biridir.
Fanlar bo‘yicha bilimlar majmuasini o‘zlashtirish, nazariy va amaliy mashg‘ulotlar uzviyligida malaka hamda ko‘nikmalarni mukammal shakllantirishda malakaviy amaliyotning o‘rni beqiyos.
5230100 «Iqtisodiyot» ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha 2-kurs talabalarining ishlab chiqarish amaliyotini to‘gri tashkil qilish bo‘lajak yosh mutaxassislarni real ishlab chiqarish sharoitlariga tayyorlashning eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi.
Ushbu dastur iqtisodiyotni modernizatsiyalash va divesifikatsiyalash sharoitida «Iqtisodiyot» ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha talabalarining ishlab chiqarish amaliyotnni tashkil etishning asosi hisoblandi.
Mazkur ta’lim yo‘nalishining namunaviy o‘quv rejasiga binoan amaliyot 5230100 «Iqtisodiyot» ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 2 kurs uchun 4 hafta davomida jami 216 soat , ya’ni haftasiga 36 soatdan amaliyot tashkil etilishi kerak. Bunda haftasiga 6 kun, har bir kunda 6 soatdan amaliyot mashqlari, qolgan 3 soatida talaba o‘z mustaqil faoliyatini rejalashtirishi talab etiladi. Talaba malakaviy amaliyotini tashkil etish bo‘yicha kalendar rejasiga muvofiq har bir mavzu va undagi topshiriqlarga ajratilgan soatlar amaliyot uchun universitetdagi malakaviy amaliyot rahbari tomonidan aniqlanishi va kafedra mudiri tomonidan ma’qullanishi maqsadga muvofiq.

Yüklə 494,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin