Malaka va ko‘nikmalarni shakllantirishning asosiy yo‘nalishlari: Talaba malakaviy amaliyot o‘tayotgan bazaning vujudga kelish tarixi, uning nizomini ishlab chiqilishi, tashkilot pasporti, ishlab chiqarish tizimi va ketma-ketligi, bozor xo‘jaligi tizimida tashkilotning tutgan o‘rni.
Tashkilotning tashkil etishning moddiy va moliyaviy manbalari. Tashkiliy tuzilmasi, bo‘lim va shu’balari, tashkiliy huquqiy shakllari.
Tashkilotning tashkiliy tuzilmasini nazariy bilimlar asosida o‘rganing
Tashkilotning tashkiliy tuzilmasini chizing va bo‘limlararo tuzilmasi orasidagi bog‘liqlikni ko‘rsatib bering. Tashkilotning tashkiliy tuzilmasini tahlil qiling va uni takomillashtirsh bo‘yicha o‘z taklifingizni tayyorlang.
2-mavzu. HUDUDLARDA MEHNAT RESURSLARINI BOSHQARISH
(8-ilova)
Malaka va ko‘nikmalarni shakllantirishning asosiy yo‘nalishlari: Hudud aholisi. Demografik vaziyat. Tuman yoki viloyatda mehnat salohiyati. Hudud aholisi tarkibi. Ish bilan bandlik siyosatini amalgam oshirishda bandlikka ko‘maklashish markazlarining o‘rni.
Mavzu bo‘yicha topshiriqlar