Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik-professional qadriyatlari



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə191/193
tarix20.09.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#146084
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   193
Ekologik manzara jamiyat(mahalla)lar imkoniyatlarini tizimli yondashish amalga oshirishiga qaraganda yanada ko‘proq darajada rivojlantirish zarurligini ta’kidlaydi. Xususan, oilaning farovonligini uning ichida hamda undan tashqarida yaxshilash uchun muhim va mumkin bo‘lgan resurslarni izlashga yordam beradi. Masalan, ekologik model mahallada mavjud bo‘lgan resurslarni taqdim etish yo‘li bilan oilaga yordam ko‘rsatishni asoslab beradi. Misol uchun, agar oila inqiroz vaziyatida bo‘lsa va bolaning ehtiyojlarini qondira olmasa jamoa qisqa muddatli foster homiyligini, shu jumladan, ushbu oilaning qarindoshlariga taqdim etiladigan yordamni taklif etishi mumkin. Bunday holatda bola o‘zining odatiy ijtimoiy muhitidan mahrum etilmaydi va o‘zining biologik oilasi bilan aloqalarda bo‘la oladi.
Bu borada oilalar bilan ishlashni yanada takomillashtirish maqsadida 2020-yil 10-iyunda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi hamda “Mahalla ziyosi” respublika o‘quv-uslubiy markazi negizida O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi huzuridagi “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etilib491, quyidagilar:
jamiyatda “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyiliga asoslangan tizimni to‘laqonli va samarali joriy etish, mahalla va oila institutlarini mustahkamlash sohasidagi ustuvor yo‘nalishlarni shakllantirishda ishtirok etish, fanlararo fundamental, ilmiy-amaliy tadqiqotlar va innovatsion loyihalarni amalga oshirish;
mahalla va oila institutlarini mustahkamlash, xotin-qizlar va keksalarni qo‘llab-quvvatlash hamda ijtimoiy faollikni oshirishga qaratilgan konsepsiyalarni, kompleks, maqsadli, sohaviy va hududiy dasturlarni ishlab chiqishning ilmiy-metodologik asoslarini shakllantirish;
mahallalar va oilalarda sog‘lom va barqaror ijtimoiy-ma’naviy muhit hamda tinchlik, totuvlik va osoyishtalikni ta’minlash, umuminsoniy va milliy qadriyatlarni, shu jumladan, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlashning ilmiy asoslarini ishlab chiqish;
mahalla va oila institutlarini mustahkamlash, xotin-qizlar va keksalarni qo‘llab-quvvatlash hamda ijtimoiy faollikni oshirish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish;
mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash sohasidagi dolzarb ilmiy muammolarga bag‘ishlangan ilmiy, ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar, yig‘ilishlar tashkil etish, shuningdek, ushbu sohada yuqori malakali ilmiy kadrlarni tayyorlash, ilmiy xodimlarning kasbiy darajasini doimiy oshirib borish;
o‘z faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha respublikadagi ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikni amalga oshirish, xorijiy mamlakatlarning ilg‘or ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan xalqaro aloqalarni rivojlantirish;
ommaviy axborot vositalarida, jumladan, televideniye va Internet jahon axborot tarmog‘ida ilmiy tadqiqotlar natijalarini keng yoritish, shuningdek, aholining mahalla va oila institutlarini mustahkamlashdagi ijtimoiy faolligini oshirishda ishtirok etish492 institutning asosiy vazifalari etib belgilandi. Mazkur vazifalar ekotizim manzalarni yanada takomillashtirish uchun xizmat qiladi.
Ekologik manzara “inson va uning atrofi” tizimini oila faoliyatining mumkin bo‘lgan buzilishlariga umumiy ijtimoiy konteksti ta’sirini ta’kidlab ko‘rib chiqishni taklif etadi. Ushbu yondashish “noqobil” oilalar, nogiron bolalar va boshqa zaif guruhlarga jamiyatning salbiy munosabati bola va oilaning ehtiyojlarini qondirish imkoniyatlariga ta’sir ko‘rsatuvchi ekotizim (oila va uning atrofi)ning ishidagi buzilish sababi sifatida qaralishi mumkinligini ko‘rsatadi. Shuning uchun ijtimoiy xodimlar matbuotda, tadbirlar yordamida va ta’lim jarayoni orqali jamiyatning xabardorligini oshirishga har tomonlama yordam ko‘rsatishlari kerak.
Ekologik manzara oilalarni himoya qilish muammosini hal etishga katta hissa qo‘shadi va mijozning ijtimoiy xizmatning turli yo‘nalishlari bilan aloqasini amalga oshiruvchi inson sifatida ijtimoiy xodimning rolini yanada chuqurroq tushunishga yordam beradi.

Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin