Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik-professional qadriyatlari



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə111/193
tarix20.09.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#146084
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   193
Nazorat uchun savollar:
1. Deontologiya qanday fan sanaladi?
2. Ijtimoiy ishchining kasbga bo‘lgan axloqiy majburiyatlari qanday?
3. Deontologiyaning qanday vazifalari va tamoyillari mavjud?
4. Ijtimoiy ishchining o‘ziga nisbatan qanday axloqiy majburiyatlari bor?
5. Ijtimoiy ishchining nodavlat tashkilotlar bilan o‘zaro ta’sirining deontologik asoslari nimalardan iborat?
6. Deontologiyaning asosiy tushunchalari va kategoriyalari qanday?
7. Ijtimoiy xizmat mijozi bilan munosabatlar tizimida individual ishlash odob-axloqi qanday?
8. Hamkasblar bilan munosabatlarda asosiy deontologik tamoyillar nimaga asoslanadi?
9. “Ijtimoiy ishchi” kasbining obro‘sini oshirishning qanday yo‘llari va usullari mavjud?
10. Ijtimoiy xizmatlar mijozlarining qarindoshlari bilan o‘zaro munosabatlarning qanday deontologik tamoyillari bor?
11. Ijtimoiy ishchining kasbiy vazifasining mohiyati, mazmuni qanday?
12. Ijtimoiy ishchining o‘zi oldidagi majburiyatlarining asosiy yo‘nalishlari nima?
13. Burch deontologiyaning asosiy kategoriyasi sifatida nimani anglatadi?
Mavzu bo‘yicha test savollari:
1. Deontologiya bu – ...
A. burch yoki majburiyat etikasi yoki xulq-atvor qoidalariga asoslangan axloqiy tizim
B. subyektlarning ijtimoiy ishchiga, uning qarorlariga, harakatlariga, faoliyatiga va munosabatlariga bog‘liqligi
C. bu shaxs va jamiyat manfaatlari eng yaqin va to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zaro ta’sir qiladigan soha
D. harakatning yuqori ijtimoiy qiymatini belgilaydigan buyruq tizimi.
2. Deontologiyaning asosiy kategoriyalari qaysilar?
A. burch, mas’uliyat
B. xayr-sadaqa, ehson
C. go‘zallik, xunuklik
D. teologik, metafizika
3. Ijtimoiy ish deontologiyasining tamoyillaridan biri to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni toping?
A. mutaxassisning o‘z vazifasini bajarishi uchun asosiy shart bo‘lgan vakolat va javobgarlikka muvofiqligi
B. mutaxassisning o‘z vazifasini bajarmay vakolat va javobgarlikka muvofiqligi
C. nomutaxassisning o‘z vazifasini bajarishi uchun asosiy shart bo‘lgan vakolat va javobgarlikka muvofiqligi
D. psixologning o‘z vazifasini bajarishi uchun asosiy shart bo‘lmagan vakolat va javobgarlikka nomuvofiqligi

Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin