Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik-professional qadriyatlari


Axloqiy xulq-atvor andozalari qismida quyidagilar nazarda tutilgan



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə124/193
tarix20.09.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#146084
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   193
1. Axloqiy xulq-atvor andozalari qismida quyidagilar nazarda tutilgan:
har bir inson unikal ekani, inson xulq-atvorini va unga ko‘rsatiladigan yordam xarakterini belgilaydigan sharoitlar noyob ekanini tushunishga intiling;
kasbiy qadriyatlarni tadbiq qiling, bilim va ko‘nikmalaringizni takomillash-tiring; kasbingiz obro‘sini tushiradigan xatti-harakatlar qilmang;
shaxsiy va kasbiy imkoniyatlaringizga ortiqcha baho bermang;
har doim paydo bo‘layotgan muammolarni hal qilishda bilimlaringiz, ko‘nikmalaringiz va ilmiy bilish metodlaridan foydalaning.
jamiyat hayotining sifatini yaxshilashga xizmat qiladigan siyosatning asosiy yo‘nalishlarini va ijtimoiy dasturlarni ishlab chiqishda kasbiy tajribangizdan foydalaning.
ijtimoiy ehtiyojlar, shaxsiy, guruh va jamoa, milliy va xalqaro ijtimoiy muammolarning mohiyati va xarakterini aniqlang va ularni tushuntiring.
o‘zingizning huquqiy shaxs sifatida ham, kasbiy uyushma, agentlik yoki tashkilot vakili sifatida ham bajarayotgan harakatlaringizni tushunarli shaklda aniq va ravon izohlang.
2. Mijozlar bilan o‘zaro munosabatlar qismida quyidagilar nazarda tutilgan:
1. Mijozlarga nisbatan majburiyatlaringizni birinchi o‘ringa qo‘ying, biroq boshqa odamlarning axloqiy jihatlarini ham hurmat qiling.
2. Mijozning o‘zaro ishonch, sir va konfidensiallikka, axborotdan mas’uliyatli foydalanishga bo‘lgan huquqlarini himoya qiling.
3. Axborot to‘plash va uni boshqa shaxslarga berish faqatgina mijozning manfaatlari yo‘lida amalga oshiriladigan kasbiy faoliyat doirasida yuz berishi mumkin, bu harakatlarning zarurligi haqida mijoz oldindan xabardor qilmay turib va uning roziligisiz boshqalarga berilmaydi. Bundan mijoz o‘z xatti-harakatlari uchun mas’ul bo‘la olmaydigan va bu harakatlar boshqa shaxslar uchun jiddiy xavf tug‘diradigan holatlar mustasno. Mijoz o‘z haqida ijtimoiy xodimda mavjud bo‘lgan har qanday axborot bilan tanishish huquqiga ega.
4. Mijozning shaxsiy intilishlari, tashabbuslari va xususiyatlarini qadrlang va hurmat qiling. Agentlik va ijtimoiy muhit doirasida ijtimoiy xodim mijozga o‘z xatti-harakatlari uchun mas’uliyatli bo‘lishda ko‘maklashadi. Biror sababga ko‘ra mana shu darajada kasbiy yordam ko‘rsatilishini imkoni bo‘lmasa, bu haqda mijozga xabar beriladi va u o‘z bilganicha harakat qiladi.
5. Mijozga (alohida odamga, guruhga, jamoaga, jamiyatgA. o‘zini namoyon qilishi va shaxsiy saloxiyatini maksimal rivojlantirishda yordam bering, shu bilan birga boshqa odamlarning ham huquqlarini mazkur darajada saqlang. Mijozga xizmat ko‘rsatish asosida uning mutaxassis bilan muloqotlarida o‘zining qonuniy istaklari va foydasiga erishish uchun foydalanish zarurligini tushuntirish yotadi.

Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin