Turli mamlakatlarning ijtimoiy ishchining etik-professional qadriyatlari kodekslarini tadqiq etishda birinchi navbatda ijtimoiy xizmat ko‘rsatishni ijtimoiy jihatdan chuqur o‘rganish lozim. Izlanishlar natijasi shuni ko‘rsatadiki, Buyuk Britaniya va Germaniya singari rivojlangan mamlakatlarda301 “Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish” masalalari huquqiy asoslarga ega bo‘lib, xizmat ko‘rsatish texnologiyasi aholini talab va ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan. Ushbu mamlakatlarda, ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sohasi kasbiy faoliyat sifatida huquqiy va axloqiy asoslari yaratilgan bo‘lib302, yordam ko‘rsatish texnologiyasi fan va texnikaning yutuqlari asosida rivojlanib bormoqda. Bunda iqtisodiy, madaniy, siyosiy va ijtimoiy omillarning ta’siri ham sezilarli. AQShda esa “Ijtimoiy ish” fan va texnika yutuqlari, maishiy xizmat ko‘rsatish tarmoqlari rivoji bilan bog‘liqdir303.
Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish madaniyati-bu insonning muayyan hayot tarzini ta’minlash uchun milliy, diniy me’yorlarga amal qilgan holda aniq faoliyat doirasida o‘zlashtirilgan xulq namunasidir. Bunda ehtiyojmand inson va ehtiyojni qondiruvchi mutaxassis orasidagi aloqadorlik, ularning bir-birlari faoliyatlariga ijtimoiy baho berishi yetakchi hisoblanadi. Konfutsiy ta’biri bilan aytganda, “Qashshoqlik va past tabaqadan bo‘lmoqlik kishilar nafratlanadigan tushunchadir. Lekin noto‘g‘ri yo‘l bilan bundan qutulishga urinilsa, bundan aslo yaxshilik chiqmaydi”304.
Ijtimoiy xizmat doirasida amaliy yordam ko‘rsatishni adresli tashkil qilish va rivojlantirish hamda ijtimoiy xizmat ko‘rsatish faoliyatining ijtimoiy-pedagogik va amaliy-psixologiya fanlari bilan integrallashuvi zaruriyatini taqozo etmoqda. Ijtimoiy xizmat faoliyat sifatida bir nechta turdan iborat ekanligini inobatga olsak305, buni ijtimoiy xizmatning institutsionallashuv jarayonida namoyon bo‘ladi.
Paul Force-Emery Mackie “Ijtimoiy ish falsafasi: asosiy boshlang‘ich fikr va amaliyot uchun shaxsiy hamda kasbiy atamani shakllantirish” nomli ishida ijtimoiy ish falsafasining talqini va uning tuzilishi, ijtimoiy ish xodimining kasbiy sifatlarini shakllantirish masalalari, shuningdek, ijtimoiy ishning inson hayotdan qoniqishini ta’minlashdagi ahamiyatli jihatlari, mavjud muammolarni o‘rganish va samarali bartaraf etishda madaniy me’yorlariga amalga qilish lozimligini ko‘rsatadi306. Madaniy me’yorlar, yordam oluvchi va yordam ko‘rsatuvchilarning munosabat tarzini ta’minlab, ijtimoiy xizmat ko‘rsatish jarayonining mo‘tadil kechish uchun xizmat qiladi.
Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish texnologiyalarini takomillashtirish masalalari bir qator MDH olimlarining falsafiy yo‘nalishdagi ilmiy ishlarida ham kuzatiladi. P.Aytbayeva, N.Markova, N.Musayeva, I.Xarisov, T.Shanin, N.Shmeleva, T.Karayev, A.Abduvapova, E.Orozaliyev, T.Kozlova, N.Tarusina307 va boshqalarning ilmiy ishlarini qayd qilish mumkin. Yuqoridagi olim va tadqiqotchilarning ilmiy ishlarida, ijtimoiy xizmat ko‘rsatish kasbiy faoliyat sifatida takomillashib borilayotganligini ta’kidlash lozim. Ulardan farqli ularoq ye.Pristupa esa, assistiv308 vositalar yordamida harakat qiluvchi yuvenal nogironlarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish zararurat ekanligini asoslab, ularning vazn og‘irligi bilan harakatlanishlariga ko‘ra yordam ko‘rsatish tartibini ijtimoiy-tibbiy jihatdan o‘rganib chiqqan309. Xizmat ko‘rsatish texnologiyasini yaratishga majmuaviy yondashib, tug‘ma nogiron va orttirilgan nogironlik, boquvchisini yo‘qotganlik kabi ijtimoiy yordam olishga ehtiyojmand guruhning ijtimoiy tavsifidan kelib chiqqan holda yordam ko‘rsatish texnologiyasini tanlash lozimligi zarur.
V.Antropov Yevroittifoq davlatlari ijtimoiy himoyasini iqtisodiy modellarini o‘rganib, bunda yetakchi davlatlar iqtisodining rivojlanishi va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish tizimiga ta’sir ko‘rsatishni ta’kidlaydi310. Buning sababi shundaki, bu mamlakatlarda fuqarolarning ijtimoiy faollik darajasi va ularning huquqiy ongi orasidagi aloqadorlik ijobiy korrelyatsiyaga ega bo‘lib, ijtimoiy xizmat ko‘rsatish texnologiyasi yordam oluvchilarning guruhiy mansubligi va talablari asosida xususiylashib borilayotganligidan dalolat beradi. Fikrimizcha, ijtimoiy yordam ko‘rsatishda ijtimoiy jins (gender) faoliyat turining mazmunini belgilovchi xossa hisoblanib, N.Shvedova ijtimoiy ishda gender birlik ko‘rsatkichi mavjudligini alohida qayd qiladi311. Shu sabab xizmat ko‘rsatishda gender tenglikka emas, balki gender farqlarga e’tibor qaratgan holda, amaliy yordam ko‘rsatish tartibi va tarzini qo‘llash tavsiya etiladi.
Rossiya Federatsiyasida ijtimoiy ish aholiga amaliy yordam ko‘rsatish tizimi doirasida joriy qilinib, tibbiy, huquqiy, axborot, madaniy, iqtisodiy kabi sohalarda keng namoyon bo‘lmoqda312. Buni Rossiya Federatsiyasining demografik holati, ya’ni aholi o‘rtacha yoshining kattalashishi bilan bog‘lash mumkin. Ayni shu omil alohida inobatga olinganda, hozirda Germaniya va Buyuk Britaniyada ham shu holatni ko‘rish mumkin313. Buning sabablari: farzandsiz oilalarning (natijada yoshi keksalarning qarovsiz qolishi); farzandlarning ota-onalardan yiroq yashashi; mehnat migratsiyasining faollashuvi; kattalarning maslahati va tajribasiga ehtiyojning susayganligi singari salbiy holatlarda namoyon bo‘lmoqda. Bunda kelib chiqqan holda, ijtimoiy xizmat ko‘rsatishda vorislik masalasiga ham e’tibor qaratish shartki, aynan vorislik keng ma’noda nafaqat yordam ko‘rsatish, balki yordam olish jarayonining takomillashuvi uchun xizmat qiladi.
“Xorijiy adabiyotlarda ijtimoiy ishning ikkita ‒ Amerika va Yevropa modeli tashkiliy jihatdan bir-biriga qarshi qo‘yiladi. Albatta, bu tabiiy holat. Gap ijtimoiy ishning aynan Amerika va Yevropa modellarining o‘zi haqida emas, balki ijtimoiy siyosatni qurollantirish modellari, ijtimoiy yoki ijtimoiy farovonlik konsepsiyasini amalga oshirishning turli shakllari haqida ketishi mumkin”314. Haqiqatan ham ijtimoiy xizmat rivojlangan davlatlarda doimiy ravishda siyosiy hokimiyat nazoratida bo‘lib, davlat tomonidan o‘rnatilgan huquqiy, iqtisodiy va madaniy me’yorlarga bo‘ysundiriladi, siyosat o‘zi zarur deb topgan vaziyatlarda uni ommaviy ta’sir manbalaridan biriga aylantirishi tabiiy holga aylangan. Shuning uchun ham AQSh va Yevropadagi ijtimoiy xizmatlarining tarkibida huquqiy, iqtisodiy, siyosiy va hududiy qamrov omili inobatga olingan. Tadqiqotchi shu ma’noda buni “ijtimoiy siyosatni qurollantirish modellari” deb izohlagan. A.Hazratqulov mamlakatimizda mavjud bo‘lgan ijtimoiy muammolarni bartaraf etishda asosiy e’tiborni iqtisodiy omilga qaratgan315. Iqtisodiy omil, ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sifatiga ta’sir ko‘rsatish bilan birga, uni samaradorligini ta’minlovchi substansional asos hisoblanadiki, muallif buni alohida ko‘rsatib o‘tgan. Fikrimizcha, bunda inson omilining qadriyat tarzida aks etishini ham e’tiborga olish lozim. Bu yo‘nalishda Ozarbayjonda ijtimoiy ish tajribasi o‘ziga xosligi bilan, ya’ni “ijtimoiy himoya va din”, “sovet modelidan katolik modeliga”, “ijtimoiy ish doirasida profilaktika”, “ijtimoiy hayot va ijtimoiy adolat” tarzida olib borilishi bilan ajralib turadi316.
Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish mazmun-mohiyati haqida yangi tasavvurni 1995-yilda qabul qilingan “Rossiya Federatsiyasida aholiga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish asoslari to‘g‘risida” hamda “Katta yoshdagi fuqarolar va nogironlarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish to‘g‘risida” Federal qonunlari ko‘rsatilgan.
“Rossiya Federatsiyasida aholiga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish asoslari to‘g‘risida”gi Federal qonunining 1-bandida “ijtimoiy xizmat ko‘rsatish murakkab sharoitda yashovchi fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy-kundalik, ijtimoiy-tibbiy, psixologik-pedagogik, ijtimoiy-huquqiy xizmatlar va moddiy yordam, ijtimoiy moslashtirish va reabilitatsiyasi bo‘yicha ijtimoiy xizmatlarning faoliyatidan iborat” deb belgilangan.
Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish turlarining asosiy mazmuni ochib beriladigan Qonun bandlari muhim rol o‘ynaydi, masalan, moddiy yordam, uyda ijtimoiy xizmat ko‘rsatish, statsionar sharoitlarda ijtimoiy xizmat ko‘rsatish, vaqtincha boshpana berish, ijtimoiy xizmat ko‘rsatish muassasalarida kunduz qolishni tashkil qilish, konsultativ yordam, fuqarolar va oilalarga ijtimoiy patronaj va h.k.
“Katta yoshdagi fuqarolar va nogironlarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish to‘g‘risida”gi Federal qonuni jamiyatdagi alohida ijtimoy guruhlariga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish to‘g‘risida tasavvurlarimizni sezilarli darajada to‘ldiradi va aniqlik kiritadi. U aholiga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish faoliyatining yo‘nalishlardan biri bo‘lgan katta yoshdagi fuqarolar va nogironlarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sohasida munosabatlarni tartibga solish uchun mo‘ljallangan. Shu bilan birga Qonunda uning predmeti quyidagicha tavsiflanadi: “Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish ko‘rsatilgan fuqarolarning ijtimoiy xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish bo‘yicha faoliyatdan iborat”.
Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish o‘z ichiga mulk shaklidan qat’iy ravishda uyda va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish muassasalarda katta yoshdagi fuqarolar va nogironlarga ko‘rsatiladigan ijtimoy xizmatlar yig‘indisini olgan. Davlat tomonidan kafolatlangan ijtimoiy xizmatlar federal va hududiy ro‘yxatlariga kiritilgan asosiy yashash uchun zarur ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan ijtimoiy xizmatlar olish imkoniyati ko‘zda tutilgan.
Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish quyidagilarda asoslangan: manzilli bo‘lish, foydalanish uchun ochiqli, ko‘ngilli bo‘lishi, insonparvarlik, og‘ir vaziyatda qolgan balog‘at yoshiga yetmagan, yoshi katta va nogiron insonlarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish ustuvorligi; konfidensiallik; profilaktika o‘tkazishga yo‘naltirish; inson va fuqaro huquqlarini ta’minlash; ijtimoiy xizmat ko‘rsatishning barcha turlarini uzluksizlik tamoyili.
Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish muammolari tadqiqotchilari ijtimoiy xizmat ko‘rsatish tizimning ikki guruh vazifalarni ajratishadi:
1. birinchi guruh – mohiyati va faoliyati bilan bog‘liq vazifalar (profilaktik, ijtimoiy-reabilitatsiya, moslashtirish, qo‘riqlash-himoya, ijtimoiy patronaj);
2. ikkinchi guruh – axloqiy-insonparvarlik vazifalari (shaxs-insonparvarlik, ijtimoiy-insonparvarlik).
Ushbu vazifalarni amaliy bajarish ijtimoiy xizmat qilishning barcha kichik tizimlari va elementlari ishlashining optimal darajasi bilan chambarchas. Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish funksiyalari makro va mikro darajalarida namoyon buladi.
Demak, Shvetsiya, Buyuk Britaniya, AQSh, Germaniya, Finlyandiya, Isroil va boshqa mamlakatlarning mutaxassislari tomonidan ijtimoiy ish xodimiga berilgan professional – shaxsiy tavsif kasbning mohiyatini va unga bo‘lgan zamo-naviy talablarni chuqur anglashga imkon beradi.
Aholiga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish tizimi tuzilmasi va vazifalari va tuzilmasi ijtimoiy xizmat ko‘rsatish mohiyatining implitsitli indikatori va ko‘zgusidir. Ushbu holat ijtimoiy xizmatlar tizimi va alohida mutaxassislar orqali ijtimoiy faoliyat nazariyasi va amaliyotiga sezilarli darajada ta’sir o‘tkazadi.