ibtidoiy bosqich: faqat yaqin kishilariga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish tarzida amal qilgan;
madaniy bosqich: jismoniy va ruhiy muhtojlarga yordam ko‘rsatish tarzida namoyon bo‘lgan;
institutsional bosqich: kasbiy, tizimli va tuzilmali yordam ko‘rsatish tarzida shakllangan;
tijorat bosqichi: yordam ko‘rsatish orqali foyda ko‘rish qaratilgan mehnat turi sifatida amal qilishi kuzatilgan.
Bu xususda professor M.G‘aniyeva, “Ijtimoiy ish rivojlanishida uch bosqichni ajratib ko‘rsatish mumkin. Birinchi bosqich ijtimoiy xizmatning kasb sifatida qaror topishi bilan ifodalanadi. Ikkinchi bosqich XX asrda Shimoliy Amerika va Yevropada ijtimoiy xizmat kasbining ijtimoiy institutga aylanishi bilan ifodalanadi. Uchinchi bosqich ijtimoiy xizmatning butun dunyo bo‘ylab tarqalishi bilan ifoda-lanadi”128,‒ deb yozadi. Bizningcha, har bir mintaqada ijtimoiy yordam ko‘rsa-tishning o‘ziga xos ko‘rinishi ham inobatga olinsa, bu bosqichlar yanada tako-millashib borishi mumkin.
Rivojlangan mamlakatlarda ijtimoiy xizmat ko‘rsatish amaliyoti bo‘yicha xalqaro tajriba to‘plandi. Bu esa o‘z navbatida ularning rivojlanish tarixi, ya’ni mintaqaviy, mental jihatlariga e’tibor qaratishni taqozo etmoqda. Fransiya, Germa-niya va Italiya singari G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida bu sohada ibratli natijalar qo‘lga kiritilganligini ta’kidlash mumkin.
Ijtimoiy ish bo‘yicha mutaxassislarning professional – etik – axloqiy sifat-larga bo‘lgan talablar quyidagilar:
– zamonaviy jamiyat madaniyatining darajasi va uning ijtimoiy ishga va uning asosiy subyektlariga – o‘zining falsafiy – axloqiy – etik tasavvurlariga, milliy men-taliteti va ijtimoiy an’analariga ega ijtimoiy xizmat xodimlariga bo‘lgan munosabati bilan;
– ijtimoiy ish xodimi malakasiga bo‘lgan xalqaro talablar bilan, bular ma’lum darajada Shvetsiya, Buyuk Britaniya, AQSh, Italiya, Germaniya, Gollandiya, Finlyandiya va boshqa mamlakatlarda amalga oshirilgan;
– ijtimoiy xizmatlarning, ijtimoiy xizmat ko‘rsatish qilishning kompleks, ko‘p tarmoqli va ixtisoslashgan markazlarining shakllanish va rivojlanishining obyektiv ehtiyojlari bilan;
– ijtimoiy muammolarni hal etishning o‘z tasdig‘ini topayotgan ko‘p variantligi, o‘tish davri sharoitida ijtimoiy eksklyuzivlarni bartaraf etish, aholini ijtimoiy himoyalash va ijtimoiy rivojlantirishning samarali yo‘llarini iqtisodiy islohotlar kontekstida emas, balki inson hayoti uchun izlash bilan belgilanadi.
Ijtimoiy ish xodimlarining professional faoliyatining turi va shakllari, mazmuni amalga oshirish yo‘llari shu faoliyat xarakterini belgilab beruvchi muayyan tarmoqning faqat o‘ziga xos xususiyatlarini aks ettirib qolmasdan balki jamiyatning, konkret hudud – regionning, aholi punktining, ijtimoiy – iqtisodiy sohadagi vaziyatlarning xususiyatlarini ham aks ettiradi.
Ijtimoiy ish xodimlarining professional – etik – axloqiy sifatlariga bo‘lgan talablar ijtimoiy ishning vazifalarini bajarish sohasiga va aholini ijtimoiy himoya-lash obyektlarining xususiyatlariga qarab o‘zgaradi.
Qashshoqlik, uysizlik, sayoqlik, bolalar va o‘smirlarning asotsial xulq-atvori, katta yoshdagilarning deviantli xatti-harakati, fohishabozlik, yetimlik, ichkilikboz-lik, nogironlik va boshqalar mutaxassis faoliyatining xarakteriga ta’sir etuvchi va zaruriy professional sifatlarning shakllanishini belgilab beruvchi muhim omillar hisoblanadi.
Shunga ko‘ra professional ijtimoiy ishning shakllanishida 1994-yilning oktabrida ijtimoiy xodimlarning Xalqaro federatsiyasida qabul qilingan hujjatlar katta ahamitga ega, bular: «Ijtimoiy ish axloqiy – etik prinsiplarining Xalqaro dekla-ratsiyasi»da ijtimoiy ish xodimi va mijozning munosabati, ya’ni o‘zaro aloqasi quyi-dagi prinsiplarni hisobga olgan holda vujudga kelishi ko‘rsatib o‘tilgan:
- har bir inson o‘zining noyobligi bilan qadrlidir, buni inobatga olish va hur-mat qilish kerak;
- har bir inson o‘zini namoyon qilish huquqiga ega;
- ijtimoiy ish xodimlari ijtimoiy adolat prinsiplari tarafdori bo‘lishi;
- ijtimoiy xodimlar o‘zlarining barcha bilimlari va ko‘nikmalarini alohida ki-shilar, guruhlar, jamoalarga, ularning rivojlanishida, shaxs va ijtimoiy muhit o‘rta-sidagi ziddiyatlarni hal etishda yordam ko‘rsatish uchun qo‘llaydilar;
- ijtimoiy xodimlar ularga yordam va maslahat so‘rab murojaat etgan har bir insonga, uning jinsidan, yoshidan, jismoniy va aqliy nuqsoni mavjudligidan, ijtimoiy va irqiy kelib chiqishidan, dini, tili, siyosiy qarashlaridan qat’iy nazar, yordam beradilar;
- ijtimoiy xodimlar BMTning inson huquqi Deklaratsiyasi va bu Deklaratsiya asosida tuzilgan boshqa xalqaro konvensiyalarga rioya qilgan holda individ va guruhlarning asosiy huquqlarini hurmat qiladilar;
- ijtimoiy xodimlar shaxs daxlsizligi, o‘z ishida axborotdan foydalanish javobgarligi va sir tutish prinsiplariga rioya qiladilar. Ijtimoiy xodimlar o‘rinli maxfiylikka, hatto mamlakat qonunlari bu talablar bilan zid kelib qolsa ham, rioya qiladilar;
- ijtimoiy xodimlar o‘z mijozlari bilan yaqin hamkorlikda ularning foydasi uchun, lekin boshqalarga ziyon keltirmasdan ishlaydilar;
- ijtimoiy ish terrorizm, qiynoqlar va kishilarga azob berishga, kamsitishga qaratilgan boshqa harakatlarni qo‘llovchi individlar, guruhlar, hokimiyat struktura-larining bevosita yoki bilvosita madadiga qarshidir.
Mamlakatimizda esa ijimoiy ish xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 11-fevraldagi “Yetim bolalar va ota-onasining qara-mog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4185-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi”ga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan 2019-yil 11-noyabrda ishlab chiqilgan “Ijtimoiy xodimlarning alohida lavozimi bo‘yicha tarif-malaka tavsifnomasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi ID-9543-sonli buyrug‘iga asosida amalga oshirilmoqda129.
Bunda “Ijtimoiy ish mutaxassisi o‘z tashkiloti (korxona, muassa-sasi)da tashkil etilgan shtat birligi va funksional vazifalaridan kelib chiq-qan holda quyidagi vazifa majburiyatlarini amalga oshirishi belgilangan:
davlat va nodavlat tashkilotlari tomonidan ko‘rsatiladigan ijtimoiy yor-dam jarayonini boshqarish hamda vaziyatlar bo‘yicha ishlarni yuritish (keys-menejment): turmush sharoitini majmuaviy baholash, xizmatlar rejasini ishlab chiqish, ko‘rsatiladigan xizmatlarni muvofiqlashtirish hamda ularning monito-ringini amalga oshirish va natijani baholash;
aholini ijtimoiy himoya qilish hamda ijtimoiy yordam berishning optimal shakllarini aniqlash va qo‘llash;
og‘ir turmush sharoitida bo‘lgan fuqarolar (nogironlik, keksalik yoki bemorlik davrida o‘z-o‘ziga xizmat qila olmaslik, ishsizlik, yetimlik, yolg‘iz-lik, qarovsizlik, kam ta’minlanganlik, oiladagi ziddiyatli yoki shafqatsiz mu-nosabat, haq-huquqlarning buzilishi, aniq yashash joyining mavjud emasligi, psixofaol moddalarga qaramlik, ruhiy, OITS/OIV va h.k. kasalliklar mavjud-ligi sababli hayot faoliyati buzilganlar)ni kompleks ijtimoiy himoya qilinishini tashkillashtirish;
o‘z ish faoliyatida aholiga ijtimoiy xizmat ko‘rsatishning ilmiy-asosli yondashuvlarini qo‘llash;
nogironligi bo‘lgan shaxslar va guruhlarga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi shaxsiy, ijtimoiy, ekologik va ma’naviy xarakterga ega bo‘lgan qiyinchi-liklarni anglash hamda ularni bartaraf etishda ko‘maklashish;
huquqiy, profiklaktik, qo‘llab-quvvatlovchi, reabilitatsion va terapevtik xususiyatga ega psixoijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish orqali insonlarga og‘ir tur-mush sharoitidan chiqishda ko‘maklashish;
har bir mijozning o‘z hayotiy vaziyatini yaxshilashi uchun shaxsiy imko-niyatlaridan keng foydalanishiga yordam berish;
ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi va guruhlarni ijtimoiy himoya qilishda barcha mavjud vositalar va jamoat resurslaridan foydalanish”130. Shuningdek, tavsifnomada “Ijtimoiy ish mutaxassisi ijtimoiy-huquqiy vazifalarni amal-ga oshirishda quyidagi vakolatlarga ega”ligi ko‘rsatilgan. Bular:
sog‘liqni saqlash, ta’lim, huquq va ijtimoiy himoya qilish masalalarida fuqarolarning manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha davlat va xo‘jalik boshqa-ruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilot-lar bilan hamkorlik qilish, belgilangan tartibda ma’lumotlar almashish;
davlat hokimiyati organlariga ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarning manfaatlarini himoya qilish yuzasidan hujjatlar taqdim etish;
sud va boshqa huquq tartibot organlariga mijozlarining (jismoniy, emotsional, jinsiy zo‘ravonlik va majburlash holatlari yuzasidan) huquq va qo-nuniy manfaatlarini himoya qilish to‘g‘risidagi murojaatlarni kiritish;
muammoli va nizoli oilalarni monitoring qilish, oilaning ijtimoiy, iqtiso-diy, ma’naviy holatini o‘rganish va baholash;
oiladagi muammoli vaziyatlar yoki nizolarni bartaraf etishda ishtirok etish;
mijozlarni qonunda belgilangan imtiyozlar, pensiya va nafaqalar, shu-ningdek, boshqa turdagi ijtimoiy yordam turlari to‘g‘risida xabardor qilish, shuningdek, pensiya va nafaqalar tayinlash uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni yi-g‘ish va rasmiylashtirishga ko‘maklashish;
ijtimoiy himoyaga oid masalalar bo‘yicha metodik materiallar va tavsi-yalarni ishlab chiqish;
guruh va individual tarzda psixoterapiya o‘tkazish hamda maslahat berish;
jamiyatga xavfli bo‘lgan harakatlar, jumladan, favqulodda vaziyatlar (ta-biiy ofatlar, epidemiya, harbiy harakatlar) va uning oqibatlarini oldini olishda hamkorlik qilish;
vasiylik yoki homiylikning o‘rnatilishida ishtirok etish;
baholash (o‘rganish) jarayonini olib borish, ijtimoiy kuzatuv va monito-ringni amalga oshirish;
ehtiyojli aholi qatlami uchun maishiy va ijtimoiy-reabilitatsion xizmat-lar, shuningdek, qulay infratuzilmalar yaratish hamda ulardan foydalanishni muvofiqlashtirish;
mijozlarga uy-joy va ijtimoiy-maishiy muammolarni bartaraf etishda ko‘maklashish;
ishsiz fuqarolarni ishga joylashtirish, kasbga o‘qitish yoki qayta o‘qitish-ga ko‘maklashish;
kommunikativ, hayotiy, ijtimoiy va o‘z-o‘zini ruhiy boshqarish ko‘nik-malarini rivojlantirish bo‘yicha maslahat (trening) o‘tkazish”131.
Shuningdek, ijtimoiy ish xodimi tomonidan “Tibbiy-ijtimoiy yo‘nalti-rilgan vazifalarni amalga oshirishda:
mijozlarga salomatlik, yashash sharoitlari, oziq-ovqat xom-ashyosi sifa-ti, oziq-ovqat va h.k. mahsulotlar to‘g‘risida maslahat berish va ma’lumot yet-kazish;
mijozning tibbiy-ijtimoiy xizmatlarga bo‘lgan huquqlari va muammo xususiyatidan kelib chiqqan holda ushbu xizmat turlarini ko‘rsatish tartibi to‘g‘risida ma’lumot yetkazish;
salomatligi bo‘yicha muammolari bo‘lgan shaxslarni parvarishlash va ularga tibbiy xizmatlar ko‘rsatishni tashkillashtirish;
oilalar va shaxslarga tibbiy-ijtimoiy hamda patronaj yordam berish va muvofiqlashtirish;
palliativ (ruhiy-ijtimoiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash orqali hayotiga tahdid soluvchi kasallik muammolari bilan to‘qnashgan bemorlar va ular oila-larining hayot sifatini yaxshilash uchun) yordamni tashkillashtirish;
ijtimoiy ahamiyatga molik kasalliklar (ruhiy kasalliklar, OIV/OITS, sil, onkologik, psixoaktiv moddalarga qaramlik va h.k) bilan kasallangan shaxslar-ga tibbiy-ijtimoiy yordamni tashkillashtirish”132.
Bundan tashqari “Ijtimoiy ish mutaxassisi o‘z faoliyatida quyidagi integrativ vazifalarni amalga oshirish ko‘rsatilgan. Bular:
individual, guruhiy va hududiy darajada somatik, ruhiy, reproduktiv sa-lomatlikning ijtimoiy ahamiyatga ega kasalliklarining profilaktik choralarini amalga oshirishda yordam berish;
mijoz va aholi guruhlarini sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan munosabatini shakllantirish;
oilani rejalashtirish, nogironlikni oldini olish masalalarini yoritish;
tibbiy-mehnat ekspertizasini tashkillashtirish;
nogironligi bo‘lgan shaxslarni tibbiy, ijtimoiy va kasbiy reabilitatsiya-sini tashkillashtirish;
klinik tibbiyotning psixiatriya, narkologiya, onkologiya, geriatriya, jarrohlik, akusher-ginekologiya va boshqa sohalarida ijtimoiy ishni tashkil-lashtirish;
OIV infeksiyasi tarqalishining oldini olish, ushbu kasallikka chalin-ganlar va ularning oila a’zolari ijtimoiy himoyasini ta’minlash;
reabilitatsion, psixologik-pedagogik, ijtimoiy-huquqiy turdagi o‘z-o‘zi-ga va o‘zaro ko‘maklashuvchi terapevtik jamoalarni shakllantirish;
turli darajadagi ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlari uchun tibbiy-ijtimoiy kompleks dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
mijozlarning muammolarini bartaraf etishda muqobil kasbdagi mutaxas-sislarning o‘zaro hamkorligi uzviyligini ta’minlash;
Tavsifnomada “Ijtimoiy ish mutaxassisining lavozim majburiyatlari” ham belgilangan bo‘lib, ular quyidagilar:
ijtimoiy yordam va xizmatga muhtoj sharoitda yashayotgan yoki qiyin hayot sharoitida bo‘lgan oilalar, yolg‘iz keksalar, mehnatga layoqatsiz va boshqa fuqarolar to‘g‘risida ma’lumotlar bazasini shakllantirish;
ijtimoiy noxush vaziyatlar sababini aniqlab, shaxs va oilalarni tegishli tashkilotlarga yo‘naltirish hamda zarur ijtimoiy yordam va xizmatlar ko‘rsa-tilishida hamkorlik qilish;
keys-menejment yoki vaziyatlar bo‘yicha ish yuritish: mijozning holati-ni kompleks baholaydi, ko‘rsatiladigan xizmatlar rejasini tuzish va ularning taqdim etilishida hamkorlik qilish, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati monito-ringini amalga oshiradi;
nogironligi bo‘lgan va psixojismoniy rivojlanishida muammolari bo‘lgan farzandlari bor oilalar, qochoqlar va ko‘chishga majbur bo‘lgan oilalar, baynal-minal askarlar va tinch davrda harbiy harakatlar ishtirokchilarining oilalari, yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar tarbiyalanayotgan oilalar (qondosh hamda tutingan oilalar); yolg‘iz keksalar, mehnatga layoqat-sizlar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy patronajini amalga oshirish;
ijtimoiy xizmat ko‘rsatish, ta’lim va tarbiya, davolash-sog‘lomlashtirish muassasalariga yo‘llanma berish uchun zarur hujjatlarni rasmiylashtirishda ko‘maklashish;
zarur hollarda o‘zgalar parvarishiga muhtoj keksalar, nogironligi bo‘lgan va ijtimoiy himoyaga muhtoj boshqa shaxslarni davlat ijtimoiy muassasalariga joylashtirishga ko‘maklashadi hamda ushbu muassasalarga borishda hamrohlik qilish;
nogironligi bo‘lgan yoki harakatlanishida muammolari bo‘lgan shaxs-larga reabilitatsion texnik vositalarni olish uchun hujjatlarni rasmiylashtirishda ko‘maklashish;
bolali oilalarga, yolg‘iz keksalar va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga yordam beruvchi turli davlat, nodavlat, jamoat, diniy tashkilot va muassasalar faoliyatini muvofiqlashtirish;
oilani qiyin hayot tarzidan chiqarish bo‘yicha ma’lumotlarni yagona ma’lumotlar bazasiga kiritish;
ijtimoiy himoyaga muhtojlarni uzoq muddatli yoki vaqtinchalik ijtimoiy xizmatga qabul qilish, vasiylik va homiylikni belgilash, shifoxonaga joylashti-rish uchun hujjatlarini tayyorlashga va rasmiylashtirishga yordam berish;
g‘ayriijtimoiy va huquqiy normalarga zid xatti-harakatlarning oldini olish ishiga jalb etilgan tashkilotlar (ichki ishlar organlari, ijtimoiy ta’minot bo‘limlari, ta’lim va tibbiyot muassasalari, jamoat tashkilotlari va b.) bilan hamkorlik qilish;
mijoz uchun hordiq chiqarish va sog‘lomlashtirish chora-tadbirlarini tashkillashtirishda ishtirok etish;
ijtimoiy patronajga muhtojlarni aniqlash, ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati dinamikasi va turlarini tahlil qilish;
hududda ijtimoiy va oila siyosatini shakllantirish va takomillashtirish, hududiy ijtimoiy dasturlarni tayyorlash va amalga oshirish jarayonlarida ishtirok etish;
uslubiy kengash, ijtimoiy ishchilarning uslubiy birlashmalari ishlari, ijtimoiy masalalar bo‘yicha seminarlar tashkillashtirish va o‘tkazishda ishtirok etish;
fuqarolar va mutaxassislarga ijtimoiy masalalar bo‘yicha maslahat berish;
ish faoliyatiga oid zarur hujjatlarni yuritish133.
Bugungi kunga kelib jamiyatda ijtimoiy ish mutaxassislariga talab ortib bormoqda. G‘arb mamlakatlarining bu yo‘nalishda qo‘lga kiritgan ijobiy yutuqlarini qayd qilib, ularning funksionalligini o‘rganish amaliy ahamiyat kasb etadi. Ijtimoiy ish mutaxassislarini tayyorlash tizimini takomillashtirish amaliy mazmun kasb etadi. Ijtimoiy pedagogning funksional modelini asos sifatida qabul qilib, uning oltita funksiyasini ta’kidlash lozim. Bular: diagnostika o‘tkazish; rejalashtirish va yo‘naltirish; prognostika o‘tkazish; ijtimoiy terapevtik (ogohlantiruvchi-profilak-tik); huquqiy himoya qilish; ijtimoiy-pedagogik, psixologik, tibbiy, maishiy, kom-munikativ, targ‘ibot (reklama); madaniy, tashkiliy jihatlardan iborat.
Ijtimoiy xizmat faoliyat sifatida ijtimoiy siyosat amaliyotini ta’minlovchi, rejalashtiruvchi, yo‘naltiruvchi, shakllantiruvchi va tatbiq etuvchi vositasi hisob-lanib134, jamiyatdagi ijtimoiy siyosatning o‘zaro bog‘liq bo‘lgan ilmiy-bilish va amaliy-tashkiliy kabi qismlari harakatini ta’minlaydi.
Ijtimoiy siyosatning ilmiy-bilish qismi jamiyatdagi ehtiyojlar tahlili va ularning anglanishini belgilab, ijtimoiy jarayonlar va ularning yo‘nalishini umum-lashtirish uchun xizmat qiladi. Amaliy-tashkiliy qismi esa ishlab chiqilgan kon-septual holatlarni amalda joriy etishni ta’minlab, ijtimoiy siyosatning strategik vazifalarini bajarish uchun xizmat qiladi. Ta’kidlash lozimki, ijtimoiy xizmat funksional jihatdan inson, jamiyat manfaatlarini himoyalash, ijtimoiy institutlar faoliyatini rejalashtirish va boshqarish, ijtimoiy jarayonlardagi holatlarni o‘z vaqtida aniqlab, mavjud resurslardan tezkor va maqsadli foydalanish uchun xizmat qiladi. Bu masalada S.E.Hobfoll va R.S.Lilly resursga munosabat bildirib135, unga moddiy (daromad, uy-joy, transport, kiyim) va moddiy bo‘lmagan (istak, maqsad) obyekt-larni, tashqi (ijtimoiy madad, oila, do‘stlar, ish, ijtimoiy mavqe) va ichki (o‘zini hur-mat qilish, kasbiy mahorat, optimizm, o‘zini nazorat qilish, hayotiy qadriyatlar, e’tiqod va b.) interpersonal belgilarni, psixik va jismoniy, irodaviy, emotsional tas-niflarni kiritganlar. Mualliflar resursning shaxsiy, ya’ni mikro darajadagi yuzasiga munosabat bildirgan bo‘lib, uning makrodarajadagi doirasiga e’tibor qaratmaganlar. Makrodoirasi oila, kasbiy, milliy, diniy, sohaviy darajalar, jamiyatning bevosita iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy sohalari, ularni boshqarish nuqtayi nazaridan esa bevosita siyosiy sohaga daxldordir. Bu esa ijtimoiy xizmatning faqat siyosat doirasida shakllantirmasdan, jamiyatda ifodalanadigan ijtimoiy muammolarni inobatga olish hisobidan takomillashtirib borishni taqozo etadi. Ijtimoiy xizmatning natijaviy ko‘rsatkichi muhtoj bo‘lgan alohida inson yoki guruh a’zolarining shaxsiy darajadagi sifat o‘zgarishlarida namoyon bo‘lishi lozim.
Bunda quyidagilar ko‘rsatkich bo‘la olishi ehtimoldan xoli emas, ya’ni muhtoj inson yoki guruh a’zolari:
- hayotiy qadriyatlarni anglashi ko‘rinishi;
- o‘z-o‘zini anglashga bo‘lgan qiziqishning yuqori darajada ifodalashi;
- shaxs hayoti, yashash, sog‘liqni qadriyat sifatida anglashi;
- amaliy yordam olish madaniyatiga egaligi;
- bilim olish, uni takomillashtirishga intilishi;
- hamkorlik qilishga tayyorligi;
- turli xil nizoli vaziyatlarda madaniy yo‘l tutishni bilishi;
- funksional savodxonligini oshirishning ifodalanganligi va b.
Yuqoridagi mulohazalardan xulosa chiqaradigan bo‘lsak, ijtimoiy xizmat faoliyat sifatida jamiyat a’zolarida turli daraja va bosqichlarda tug‘ma (nasliy), ort-tirilgan ijtimoiy nuqsonlardan xalos bo‘lish, qarovsiz qolgan, yolg‘iz va boquv-chisini yo‘qotganlarni hayotga qaytarish, yashashini ta’minlash uchun xizmat qilib, har bir mamlakatda o‘ziga xos tarzda vujudga kelgan va rivojlanib kelmoqda. Hozir-gi davrga kelib ijtimoiy xizmat kasb sifatida jamiyat hayotida amaliy ahamiyat kasb etib, uning bir qator tarmoqlari, aniqrog‘i, yordam ko‘rsatish sohalari vujudga kelganligini ta’kidlab o‘tish joiz136.
Ijtimoiy xizmat (ish) kasb sifatida uning mazmun-mohiyati zamirida “inson oliy qadriyat” g‘oyasi mujassamlashgan. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda:
birinchidan, ijtimoiy xizmat tizimida ijtimoiy yordam ko‘rsatishning turli shakl va ko‘rinishlari amal qilgan bo‘lib, har bir mamlakat va mintaqada aniq tarixiy vaqt birligida o‘ziga xos ko‘rinish kasb etgan ijtimoiy-madaniy xususiyatlari bilan ajralib turadi;
ikkinchidan, bugungi kunda xalqaro ijtimoiy xizmat tushunchasi ham qo‘l-lanilmoqda. Bunda xalqaro huquqiy me’yorlar va umuminsoniy qadriyatlarning asosiy tamoyillariga amal qilinmoqda. Bu o‘z navbatida “Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish xodimlari assotsiatsiyasi”ni tashkil etishni taqozo etadi;
uchinchidan, ijtimoiy xizmat ko‘rsatishni kasb sifatida o‘rganishni takomil-lashtirish uchun uning tarixiy-falsafiy xususiyatlarini e’tiborga olish maqsadga muvofiq. Shuningdek, xizmat ko‘rsatish kasb sifatida amal qilar ekan, uni tibbiy, psixologik, iqtisodiy, huquqiy, madaniy, genderli kabi jihatlariga e’tibor qaratish lozim bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |