4-bob. ETIKA ‒ AXLOQ TO‘G‘RISIDAGI FAN. AXLOQNING KELIB CHIQISHI VA ASOSLANISHI MASALASI Reja: 1. Axloq xususiyatlari, strukturasi va funksiyalari. 2. Axloqning kelib chiqishiga oid turli yondashuvlar (diniy-idealistik, ijtimoiy-madaniy va naturalizmga oid yondashuvlar). 3. Axloqning asoslanishi. Axloqiy tizimlar klassifikatsiyasi (absolyutistik va relyativistik, ratsionalistik va sensualistik, deterministik va indeterministik). Tayanch so‘z va iboralar: Axloq, diniy-idealistik, ijtimoiy-madaniy, natura-lizm, absolyutistik va relyativistik, ratsionalistik va sensualistik, deterministik va indeterministik.
1. Axloq xususiyatlari, strukturasi va funksiyalari “Axloq” so‘zi arabchadan olingan bo‘lib, “xulq” so‘zining ko‘plik shaklidir. “Axloq” iborasi ikki xil ma’noga ega: umumiy tushuncha sifatida fanning tadqiqot obyektini anglatsa, muayyan tushuncha sifatida inson fe’l-atvori va xatti-haraka-tining eng qamrovli qismini bildiradi. Axloqni umumiy tushuncha sifatida olib, uni doira shaklida aks ettiradigan bo‘lsak, doiraning eng kichik qismini odob, undan kat-taroq qismini xulq, eng qamrovli qismini axloq egallaydi.
Odob – inson haqida yoqimli taassurot uyg‘otadigan, lekin jamoa, jamiyat va insoniyat hayotida u qadar muhim ahamiyatga ega bo‘lmaydigan, milliy urf-odat-larga asoslangan chiroyli xatti-harakatlar.
Xulq – oila, jamoa, mahalla-ko‘y miqyosida ahamiyatli bo‘lgan, ammo jamiyat va insoniyat hayotiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmaydigan yoqimli insoniy xatti-harakatlarning majmuyi.
Axloq – jamiyat, zamon, insoniyat tarixi uchun namuna bo‘la oladigan ijobiy xatti-harakatlar yig‘indisidir137.
Axloq shu jamiyatda yashayotgan va shu jamiyatni tashkil qilgan odamlarning bilim va ma’naviyatini rivojlanish darajasi bilan belgilanadi. Bilim insonni ongida ta’lim tizimi orqali shakllansa, ma’naviyat insonning qalbida tarbiya orqali shakl-lanadi. Jamiyatning bilim va ma’naviyati qanchalik yuqori bo‘lsa, jamiyat taraq-qiyoti shunchalik jadal va hayot shunchalik farovon bo‘ladi. Bu allaqachonlar insoniyat tomonidan isbotlangan va anglab olingan oddiy haqiqatdir.
Hech bir inson jamiyatdan tashqarida, yakka holda yashamaydi. U odamlar orasida o‘sadi, ulg‘ayadi, hayot kechiradi, o‘zining butun hayoti va faoliyati davo-mida har xil toifadagi ko‘plab insonlar, katta-yu kichik bilan muloqotlar qiladi. Bu insonning o‘z kundalik hayotiy ehtiyojlarini qondirish zaruratidan kelib chiqadi. Bu ijtimoiy ish xodimi kasbiy me’yor va axloq normalariga amal qilib faoliyat olib bori-shida muhim omil sanaladi.
Ijtimoiy ish xodimi o‘zining kasbiy faoliyati davomida o‘rnatilgan kasbiy normalarga amal qilishni talab etadi. Bu jarayonda inson va jamiyat o‘rtasida yuzaga keladigan obyektiv aloqadorlik, ya’ni ijtimoiy munosabat-xulq-atvor, odob, xatti-harakat tamoyillari va me’yorlarining majmuasi axloqning mazmun-mohiyatini tashkil etadi.
“Axloq” iborasi muayyan tushuncha sifatida inson fe’l-atvori va xatti-harakat-larini bildiradi. Axloq inson va jamiyat o‘rtasidagi obyektiv aloqadorlik tufayli kelib chiqadigan, shaxsiy va umumiy manfaatlarni muvofiqlashtirib turish asosida har bir shaxsning hayoti va faoliyatini boshqaradigan va tartibga soladigan muayyan xulq-atvor, odob, xatti-harakat tamoyillari va me’yorlarining majmuyidir. Axloq jamiyat va insonni o‘ziga xos tarzda go‘zallik qonuniyatlari vositasi bilan o‘rganuvchi eng qadimiy va hozirgi zamonda nihoyatda muhim ahamiyatga ega fandir.
Axloq inson va jamiyat hayotining barcha (shaxsiy, jamoaviy, kasbiy va hokazo) jabhalarini qamrab olganligi tufayli uni o‘rganuvchi fan ‒ etika barcha fanlar bilan aloqador hisoblanadi. Ayniqsa, uning ma’naviyat tizimidagi fanlarga ta’siri katta.
Axloq tushunchasi ko‘pincha etika atamasining sinonim sifatida qo‘llanilsa-da, biroq falsafiy tafakkur tarixidan ma’lumki, bu terminni birinchi marotaba yunon faylasufi Arastu muomalaga kiritgan. Arastu fanlarni tasnif qilarkan, ularni uch guruhga bo‘ladi: nazariy, amaliy va ijodiy. Birinchi guruhga u falsafa, matematika va fizikani; ikkinchi guruhga – etika va siyosatni; uchinchi guruhga esa – san’at, hunurmandchilik va amaliy fanlarni kiritadi. Shunday qilib, qadimgi yunonlar axloq haqidagi ta’limotni fan darajasiga ko‘targanlar.
Etika (yun. ἠθική [φιλοσοφία] – “axloq falsafasi”, yun. ἤθος (ētos) – “odat”) ‒ axloq va uning shaxs hamda jamiyat hayotidagi o‘rnini o‘rganuvchi falsafiy fan. Etika axloqshunoslikning falsafiy-nazariy muammolarini va axloqqa doir didaktik-amaliy asarlarni o‘z ichiga oladi. U insoniyat o‘z tajribasi orqali erishgan donish-mandlik namunalarini hikoyatlar, hikmatlar, naqllar, maqollar tarzida bayon etadi, kishilarga axloqning mohiyatini tushuntirib, falsafiy xulosalar chiqaradi, ularga axloqiy qonun-qoidalarni o‘rgatadi.
Etika-shaxs yoki jamiyat odatlarini, axloq normalarini o‘rganuvchi hamda belgilovchi falsafiy tadqiqotdir. U “to‘g‘ri”-“noto‘g‘ri”, “yaxshi”-“yomon” tushun-chalarini tahlil qiladi.
Etikaning quyidagi mezoniy tushunchalari-kategoriyalari bor: fazilat va illat, yaxshilik va yomonlik, rostgo‘ylik, kamtarlik, adolat, burch, vijdon, nomus, ideal, baxt, hayotning ma’nosi va boshqalar. Bu kategoriyalarning barchasi ijtimoiy ish xodimi faoliyati davomida u bilan yonma-yon yuruvchi kasbiy sifatlar majmuyi sifatida namoyon bo‘ladiki, bu fazilatlarsiz ijtimoiy ish xodimi kasbiy qiyofasini tasavvur etib bo‘lmaydi.
Etika meta-etika (etika konseptlari), normativ etika (etik qiymatlarni belgi-lash) va amaliy etika (etik qiymatlarni ishlatish) bo‘limlaridan iborat.
Kishilik jamiyatining butun taraqqiyoti davomida insonlar komillikka intilib yashaganlar va yashab kelmoqdalar. Etika fani axloqning kelib chiqishi va mohi-yatini, kishining jamiyatdagi axloqiy munosabatlarini o‘rganadi. Axloqni umumiy tushuncha sifatida olib, uni doira shaklida aks ettiradigan bo‘lsak, doiraning eng kichik qismini odob, undan kattaroq qismini xulq, eng qamrovli qismini axloq egallaydi.
Axloq o‘zining tarixiy taraqqiyotida quyidagi vazifalarni bajargan:
– umuminsoniy madaniyat tizimida insonning tabiiy xislatlarini;
– jamiyatda yashovchi har bir shaxsni har tomonlama kamol toptiruvchi ma’-naviy-ijtimoiy omillarini;
– kishilarning ichki tuyg‘ularini, hissiyotlarini o‘stirib, umuminsoniy moddiy va ma’naviy qadriyatlarni anglab yetish, ularni asrash va kelgusi avlodga yetkazib berishni;
– oila va kundalik turmushda mavjud bo‘lgan oilaviy burch, o‘zaro hurmat, sadoqat, or-nomus kabi an’analarni avloddan-avlodga o‘tkazish asosida davom ettirish vositasi vazifasini;
– adolatli jamiyat qurish va unda boy-badavlat, tinch-totuv, baxtli yashash g‘oyasi va boshqalar.
Bu o‘rinda shuni alohida ta’kidlash joizki, axloqiy tarbiya natijasida odoblilik yuksak axloqiylikka aylangani kabi, axloqiy tarbiya yo‘lga qo‘yilmagan joyda shaxs vaqti kelib, odobsizlikdan axloqsizlikka o‘tishi mumkin. Shu boisdan ham ijtimoiy ish xodimi etikasini tarbiyalash bevosita ma’rifiy jarayon bilan bog‘liq hodisa bo‘lib, bunda jamiyatda mavjud me’yor va normalar asosida shakllanib, rivojlanib boruvchi holatdir.
Axloq individual ong bilan ham, ijtimoiy ong bilan ham bevosita bog‘liq bo‘lib, faqat ularga bog‘lab o‘rganilishi mumkin. Hozirda mavjud bo‘lgan ijtimoiy ish haqidagi individual ong masalasini ijtimoiy ong darajasiga ko‘tarish masalasi bir qadar ziddiyatli va murakkab bo‘lib turibdi. Negaki, bugungi bizning sotsiumda ijtimoiy ish xodimining aniq bajaradigan vazifalari haqida ijtimoiy ongda tasavvur yetarli darajada shakllanmaganligi masalani bir qadar qiyinlashtirish bilan birga, mijozlarga sifatli ko‘maklashish va xizmat ko‘rsatishga to‘siq bo‘lmoqda. Xususan, bizdagi ijtimoiy ish haqida aholi o‘rtasida yetarlicha tasavvur va tushunchalarga ega emas. Bu esa joylarda ijtimoiy xizmatga muhtojlarni aniqlash va ularga xizmat ko‘rsatishda qiyinchiliklar va anglashilmovchilarni keltirib chiqarmoqda. Masalan, ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab munozaralarga sabab bo‘lgan, pandemiya sharoitida birinchi navbatda ehtiyojmand va qarovsiz individ va oilalarga ko‘rsatilishi lozim bo‘lgan ijtimoiy xizmatlarni amalga oshirish jarayonidagi turli anglashilmovchilik va tushunmovchiliklar, yoxud “temir daftar”ga aslida kimlar kiritilishi lozimligini aniqlashdagi qiyinchiliklar shular jumlasidandir.
Axloqning negizini jamiyatning tarkibiy tuzilishi, xususan, undagi mulkiy munosabatlar, mehnat taqsimoti, aholining yoshi va ularning ehtiyoj va manfaatlari belgilaydi. Binobarin, O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining asosini xilma-xil shakllardagi mulklar tashkil etayotgan bir vaqtda, uni rivojlantirishning ma’naviy-axloqiy negizlarini, ya’ni:
- umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik;
- xalqimizning ma’naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish;
- insonning o‘z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi;
- vatanparvarlikni tashkil qiladi.
Shubhasizki, ana shu negizlar asosida O‘zbekiston xalqlarining yangicha mazmundagi ma’naviy-axloqiy dunyosi shakllanadi va qaror topadi. Bu esa, o‘z navbatida, xalqimiz axloqining negizini belgilab beradigan asosiy omillardan biri hisoblanadi. Bu borada Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ta’kidlaganidek: “Hamma-mizga ayonki, bugungi murakkab globallashuv davrida jamiyatimizda milliy g‘oya va mafkuraviy immunitetni kuchaytirish, yoshlarimizni turli zararli g‘oya va tahdidlardan asrash, ularni o‘z mustaqil fikriga ega, irodali, fidoyi va vatanparvar insonlar etib tarbiyalash har qachongidan ham dolzarb ahamiyat kasb etmoqda”138. Darhaqiqat, vatanparvar insongina o‘z kasbining fidoyisi va sohaga yangiliklarni qo‘rqmasdan joriy etuvchi ekanligini inobatga olsak, Yurt-boshimiz ta’kidlarida juda katta teran ma’no ifodalanganligini ko‘rishimiz mumkin. Shu boisdan ham bo‘lg‘usi yosh ijtimoiy ish xodimlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda axloq alohida ahamiyat kasb etishini inobatga olish lozim. Xuddi shu nutqida Prezidentimiz yana bir muhim masalani, ya’ni “Aksariyat bitiruvchilarning bilim va malakasi mehnat bozori talablariga javob bermayotganini ham tan olishimiz kerak. Mahalliy ta’lim muassasalarida innovatsion faoliyat hamda tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy etish darajasi juda past”139ligini ta’kidladilar. Bu esa ijtimoiy ish sohasiga ham tegishli bo‘lib, pandemiya sharoitida ijtimoiy ish xodimlari va mutaxassislarining bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarning yetarli darajada emasligini ko‘rsatib qo‘ydi.
Ma’lumki, axloqning jamiyat hayotida tutgan o‘rni u bajaradigan funksiyalar bilan belgilanadi. Bular quyidagilardan iborat: