Shu bilan birgalikda axloq va huquq bir qancha farqli tomonlarga ham ega. Bu farqlar quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
Axloq va huquqning farqlari
Axloq
Huquq
Normalar yozma xarakterga ega emas, urf-odat va an’analarda belgilanadi.
Normalar aniq formal xarakterga ega rasmiy hujjatlarda belgilab beriladi.
Normalar obyektiv ravishda kelib chiqadi.
Normalar davlat tomonidan o‘rnatiladi.
Amal qilishini ta’minlash mexanizmi-jamoatchilik fikri
Amal qilishini ta’minlash mexaniz-mi-davlat organlarining sanksiyasi.
Ixtiyor erkinligi mavjud.
Ixtiyor erkinligi normativ hujjatlar bilan qat’iy chegaralanadi.
Axloq va huquq o‘zaro bog‘liq va bir-birini taqozo etuvchi hodisalar hisoblanadi:
1. Axloq va huquq, barcha fuqarolarning manfaatlari, intilishlari va irodasini ifodalaydi;
2. Shaxs va jamiyat manfaatlarini uyg‘unlashtiradi;
3. Milliy va mulkiy holatidan qat’iy nazar har bir fuqaroga teng talabni qo‘yadi;
4. Axloqdagi tenglik prinsipi kishilarning qonun oldidagi teng huquqli ekanli-giga mos keladi;
5. Xulq-atvorni baholash uchun bir xil mezonlarni ilgari suradi: adolatparvar-lik, insonning tabiiy huquqlarini fuqarolik va siyosiy erkinligini hurmat qilish;
6. Axloq ishontirish metodiga asoslanadi, bu metod huquqda ham asosiy metod hisoblanadi;
Demak, axloq va huquq bir-biri bilan uzviy bog‘liq, biri ikkinchisiga ta’sir ko‘rsatadigan hodisadir.
Axloq va huquq ma’lum an’analar asosida tarkib topadi. Negaki, oila va kun-dalik turmushda mavjud bo‘lgan oilaviy burch, o‘zaro hurmat, sadoqat, or-nomus kabi an’analarning nasldan naslga, avloddan avlodga o‘tkazish asosida davom etti-rish vositasi sifatida axloq va huquqiy normalar vujudga keladi va rivojlanib boradi. Masalan, bizning milliy axloqshunosligimizda g‘amxo‘rlik, xayr-ehson ko‘rsatish kabi an’analar mavjud. Ular millatimizning eng yaxshi an’analariga sadoqat tuy-g‘usidan kelib chiqadi va o‘zbek kishisiga xos bag‘rikenglik, do‘stga, g‘arib kishiga borini bag‘ishlashdek xususiyatlarni o‘zida mujassamlashtiradi.
Mana shunday fazilatlarni tarbiyalash vositasida jamiyatning ijtimoiy muho-fazasiga oid ijtimoiy foydali maqsad ommalashtirib borilgan. Shunday maqsad-lardan birini ijtimoiy yordam ko‘rsatish ma’naviyati deb oladigan bo‘lsak, u, albatta, ma’naviy axloqiy muhitda shakllanadi. Ma’naviy-axloqiy muhit esa – insonlar yashaydigan hudud-makonidagi mavjud ijtimoiy-iqtisodiy farovon va barqaror muhitni anglatadi. Barqaror muhit deganda hududda istiqomat qilayotgan jamiyat-ning barqarorligi, tinch-totuvligi va farovonligi tushuniladi. Shu sababli ajdod-larimiz ijtimoiy xizmat yoki yordam ko‘rsatishni ma’naviy hayot, milliy ong va qadriyatlar, e’tiqod va tafakkur, urf-odat va an’analar tarkibiga singdirganlar. Bunga misol tariqasida “savob”, “gunoh”, “xayr”, “shar”, “ehson”, “sadaqa”, “rahm”, “shafqat”, “harom”, “halol”, “insof” kabi tushunchalarni keltirishimiz mumkinki, ular etnoan’analarning elementlari tarzida ifodalanadi. Aslida, “Savob gunoh tu-shunchasining o‘ziga xos xususiyati shundaki, ular ham umumiy, ham xususiy tushunchalar sifatida yuzaga chiqadi. Uning umumiylik mazmuni axloqiy hukm va xususiylik mazmuni axloqiy tushuncha ma’nosini ifoda etganda ko‘rinadi. Masalan, savob kategoriyasining hukmiy (umumiy) ma’nosi uning odamiylik, g‘amxo‘rlik, insoniylik tushunchalarida namoyon bo‘ladi. Aniqrog‘i, biror faqir kimsaning hojatini chiqarish (og‘irini yengil qilish) bilan kishi savobli ish qilgan hisoblanadi”143. Bunda institutlashmagan, o‘zining amal qilish maydoniga ega bo‘lmagan ijtimoiy xizmat o‘z aksini topgan.