Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik-professional qadriyatlari



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə81/193
tarix20.09.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#146084
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   193
Tanlash erkinligi va mas’uliyat. Tanlov shunchaki, o‘z-o‘zicha emas, balki muayyan xatti-harakat orqali ro‘y beradi. Demak, taqdir qay darajadadir insonning xatti-harakati bilan ham bog‘liq, mutlaq qotib qolgan hodisa emas. Buni Imom G‘azzoliy o‘zining “Ayo o‘g‘lon!” (“Ayyuhal valad”) asarida: “Ayo o‘g‘lon! Yaxshi amallarsiz yuksak mukofotga erishib bo‘lmaydi”, ‒ deydi va quyidagi hikoyatni keltiradi: Bani Isroilda bir kishi yetmish yil Alloh taologa ibodat qiladi. Tangri uni malaklariga ko‘rsatishni istaydi va malaklardan birini unga yuboradi. Farishta unga: “Bunday haddan tashqari ibodat bilan jannatga kirishga yetisha olmaysan”, ‒ deydi. O‘shanda (kamolotga) yetishgan obid esa: “Biz ibodat uchun yaratilganmiz. Ibodat bizlarga taqozodir”, ‒ deb javob beradi. Farishta qaytib chiqib Xudoga deydi: “Uning nima deganini O‘zing bilguvchisan!”. Shunda Alloh taolo: “Bizga ibodat qilishni to‘xtatmadi va biz ham unga ko‘rsatadigan karamimizni to‘xtatmaymiz! Ey, malaklar, shohid bo‘lingki, uni afu etaman259”, ‒ deydi.
Hikoyatning muhimligi shundaki, gap unda Allohga suyuk bo‘lish taqdirida yozilmagan bandaning suyukli obidga aylanishi haqida ketyapti; undan ko‘rinib turibdiki, solih banda nimagaki erishgan bo‘lsa, hammasi, avvalo, Allohning karami kengligi, qolaversa, uning o‘z xatti-harakati tufayli ro‘y berdi.
Imom G‘azzoliy niyat masalasida ham o‘ziga xos fikrlar bildiradi. U niyatni yurakning ikki narsa-bilim va harakat qamrovidagi sifati deb ta’riflaydi. Bilim niyatdan oldin turadi, u niyatning ildizi va sharti hisoblanadi. Harakat esa niyatdan keyin turadi. Uni niyatning mevasi va butog‘i deyish mumkin. Har bir erkin tanlangan harakat uch narsa ‒ bilim, ixtiyor etish va qobiliyat yordamida ro‘yobga chiqadi. Zero, inson bilmay turib xohlamaydi, xohlamas ekan harakat qilmaydi; shuning uchun ixtiyor etmoq lozim. Ixtiyor etish hodisasi yuz bergandagina navbat qobiliyatga keladi va qobiliyat inson a’zolarini harakatga tushirishga kirishadi. Demak, niyat o‘rtalikdagi sifatdir.
Niyat tasavvuf axloqshunosligida ba’zan harakatdan ham katta ahamiyat kasb etadi. Agar yaxshi niyat qilinsa-yu, lekin inson ixtiyoriga bog‘liq bo‘lmagan sabablar tufayli u ro‘yobga chiqmay qolgan bo‘lsa, bunday niyat amalga oshgan deb hisoblanadi. Shunday qilib, har bir harakat o‘zini uyg‘otadigan niyatga bo‘ysunadi, zero, u o‘z zaruriyatini o‘sha niyatdan oladi.
Antik davr mutafakkirlaridan biri – Epikur shunday fikr bildirgandiki, “yaxshilik va yomonlik faqat inson aqlidagina mavjud. Shu sababli bizni tanlash erkinligidan mahrum qila oladigan “zo‘ravonlik yo‘q”260. Tanlash erkinligi muammosiga tarixda turfa yondashuvlar mavjud bo‘lib, mutafakkirlar ushbu muammoni noto‘g‘ri hal etishdagi ikki chekka nuqta – volyuntarizm yoki fatalizmga olib kelishi mumkin deb hisoblaydilar. O‘zi tanlab olgan maqsad asosida amalga oshiriladigan inson faoliyati oxir-oqibatda tabiat va jamiyat rivojlanishi qonunlarini, ya’ni obyektiv zaruratni ifodalaydi. Ushbu zaruratga ko‘ra, insonga nisbatan faqat tashqi narsa deb qaramaslik lozim, chunki faqatgina insonlar faoliyati tabiat va jamiyat qonunlari bilan belgilanadi. Balki inson ham o‘z navbatida atrof-olamga ta’sir o‘tkazishga, uni o‘zgartirishga va bu orqali o‘z erkinligi va tanlash imkoniyatiga ham qodirdir.

Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin