5. Kasbga munosabat qismida quyidagilar nazarda tutilgan: 1. Kasbning qadrini, bilimlar va metodologiyasini himoya qilish, ularni ommalashtirish va takomillashtirishga o‘z hissasini qo‘shish.
2. Ijtimoiy ishdagi prefessionalizmni ko‘tarish, uni har tomonlama takomillashtirishga harakat qilish.
3. Kasbini o‘rinsiz tanqiddan himoya qilish, kasbini zarur ekani to‘g‘risidagi ishonchni mustahkamlash uchun imkoni bor ishlarning barchasini qilish.
4. Kasbini uning nazariyalari, usullari va amaliyotini konstruktiv tanqid qilish.
5. Yangi va mavjud bo‘lgan ehtiyojlarni qondirish uchun zarur bo‘lgan ijtimoiy ishning yangicha yondashuvlari va usullarini ishlab chiqishni har tomonlama rag‘batlantirish kabi vazifalar belgilangan.
Shu tariqa, ijtimoiy ish kasbiy-madaniy faoliyat sifatida shakllanishida uning asosiy vazifalari obyektiv tarzda quyidagilarda namoyon bo‘lmoqda:
- ijtimoiy ish ontologiyasi muammolariga oid, uning genosologik masalalari bilan bog‘liq bo‘lgan, ijtimoiy ish hosilasini shaxsning sotsializatsiyasiga (resotsializatsiyasiga) ta’sirini o‘rganish hamda qadriyatlari haqida nazariy bilimlarni ishlab chiqish va tizimlashtirish;
- jamiyatda ijtimoiy xizmat ko‘rsatish jarayonining ijtimoiy-falsafiy jihatlarini aniqlash mezonini ishlab chiqish hamda u bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy muammolar chegarasini, xarakterini aniqlash, muammolar yechimini belgilashda hamkorlik tizimi mexanizmini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish taktikasini yaratish;
- ijtimoiy ish hamda ijtimoiy siyosatga daxldor bo‘lgan muammolarni belgilash, ularni yechimi va prognozini amalga oshirishning metodologik asoslarini yaratish;
- ijtimoiy ish bilan shug‘ullanuvchi xodimlarni kasbiy dunyoqarashini shakllantirish, kasbiy faoliyat metodologiyasini yaratish, soha xodimlarini muhim kasbiy sifatlar majmuasini aniqlash, uni shakllantirishning ilmiy asosini hamda kasbiy madaniyatni shakllantirish;
- ijtimoiy ish amal qilishi mumkin bo‘lgan sohalar va uning doirasida ko‘rsatiladigan amaliy yordam majmuasini belgilash va boshqalar.
Mamlakatimizda ijimoiy ish xodimlarining xizmat majburiyatlari O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan 2019-yil 11-noyabrda tasdiqlangan “Ijtimoiy xodimlarning alohida lavozimi bo‘yicha tarif-malaka tavsifnomasini tasdiqlash to‘g‘risida”giID-9543-sonli buyrug‘igaasosan belgilangan393. Unga ko‘ra, “Yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni parvarish qilish bo‘yicha” assistent, ya’ni ijtimoiy ish xodimi quyidagi vazifalar va lavozim majburiyatlarini amalga oshiradi: zarur oziq-ovqat, shuningdek, issiq taomlarni xarid qilish va uyga yetkazib berish; oziq-ovqat mahsulotlaridan taom tayyorlashga yordam berish; birinchi ehtiyojdagi sanoat mahsulotlarini sotib olish va uyga yetkazib berish; markaziy suv ta’minotiga ulanmagan hududda yashovchi shaxslar uchun ichimlik suvini yetkazib berish; shaxsiy gigiyenaga amal qilish, zarur hollarda sanitar-gigiyenik muolajalarni bajarish (artish, kasalni yuvintirish, sudnani chiqarish, yotoqli kasalni yuvinish xonasida cho‘miltirish, boshini yuvish, to‘shak hamda ichki kiyimlarni almashtirish va h.k.); markaziy ishsiz tizimisiz bo‘lgan turar-joylarda yashovchilarni yoqilg‘i bilan ta’minlash (arizalar va boshqa zarur hujjatlarni rasmiylashtirish)da yordam berish; uy-ro‘zg‘or buyumlarini yuvishga, kimyoviy tozalashga topshirish va qaytarib olib kelish; turar-joy binolarida nosozliklarni bartaraf etish va ta’mirlashni tashkil etishda yordam berish (sanitariya-texnik va boshqa kerakli ishchilarni chaqirish, pudratchilarni izlash va tegishli ishlarni bajarish uchun ular bilan fuqarolik shartnomalarini tuzishda yordam berish); turar-joy binolarini yig‘ishtirish, jumladan, boshqa shaxs(xizmat)larni jalb etgan holda; uy-joy kommunal xizmatlarini to‘lashga yordam berish (to‘lov hisob varaqlarini to‘ldirish, kredit tashkilotlari, uy-joy kommunal xizmatlari, kassa hisob-kitob markazlari orqali to‘lovlarni amalga oshirish); savdo tashkilotlari, kommunal xizmatlar, transport, aloqa va aholiga xizmat ko‘rsatuvchi boshqa tashkilotlarda tovarlar va xizmatlarni sotib olishga ko‘maklashish (arizalarni rasmiylashtirish, mijozga ushbu tashkilotlarga olib boradigan ish soatlari davomida yashash joyiga yetkazib berishni amalga oshirishda ko‘maklashish); xat yozish va o‘qib berishga ko‘maklashish; madaniy tadbirlarga qatnashishga ko‘maklashish; boshqa shaxslar yoki xizmat ko‘rsatuvchilarni jalb etgan holda shaxsiy yordamchi (dehqon) xo‘jaligi ishlariga yordam berishni tashkillashtirish (ijrochilarni qidirish va ular bilan vazifalari to‘g‘risida fuqarolik-huquqiy shartnomalarni tuzishda yordam berish, ko‘ngilli (volontyor)larni, homiylarni jalb etish); dafn marosimlarini tashkillashtirishda ko‘maklashish (vafot etgan shaxsning qarindoshlari yo‘q bo‘lsa); shifokor xulosasiga ko‘ra mijozni dori-darmon vositalari va asbob-uskunalar bilan ta’minlash (xarid qilish va uyiga yetkazib berish, jumladan, ijtimoiy xizmatlar guruhi tarkibida); nogironligi bo‘lgan shaxs(bola)lar uchun individual dasturlar asosida reabilitatsiya tadbirlarini o‘tkazishda yordam berish reabilitatsiya xizmatlarini ko‘rsatishda, reabilitatsiyaning texnik vosita-larini, shu jumladan, protez-ortopediya mahsulotlarini taqdim etishda yordam berish; mijozning sog‘ligi holatini nazorat qilib borish; tibbiy yordamga ehtiyoj tug‘ilganda uyga shifokor yoki tez tibbiy yordamni chaqirish; shifoxonaga joylashtirish uchun hujjatlarni rasmiylashtirishda ko‘mak-lashish, shifoxonaga joylashtirish uchun statsionar tibbiy muassasaga borishda hamrohlik qilish va ushbu muassasalarda mijozni yo‘qlab turish kabi majbu-riyatlari ko‘rsatib o‘tilgan394.