Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik-professional qadriyatlari



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə127/193
tarix20.09.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#146084
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   193
2. Ijtimoiy xizmatchi tajribasi
Kasbiy layoqatlilik qanday belgilanadi, uni tarkibiy qismlari qanday tasniflanadi degan savollar bugungi kun ijtimoiy ish nazariyasi va amaliyoti uchun dolzarb tadqiqiy masalalardan biri hisoblanadi. Negaki, kasb-hunar kollejlari hamda akademik litsey bitiruvchilari yoki oliy ta’lim muassasalarini bitiruvchilari amaliyotda, aniqrog‘i, kasbiy tizim doirasida o‘zlarini mutaxassis sifatida namoyon etishlari uchun gohida obyektiv va subyektiv sabablar mone’lik qilayotganligini kuzatish mumkin. Mazkur masala amaliy ahamiyatga ega ekanligini inobatga olib, unga konseptual yondashish maqsadga muvofiqdir. Aynan konseptual yondashuv asosida nazariya va amaliyot birligi tamoyili ta’minlanadi. Shu tariqa, kasbiy layoqatlilik deb, ijtimoiy ish mutaxassisining o‘z ixtisosligiga oid bo‘lgan nazariy bilim va kasbiy qobiliyatlarini amaliy faoliyatda to‘liq namoyon eta olishi tushuniladi.
Ijtimoiy ishda kasbiy layoqatlilik asosan: funksional, intellektual, vaziyatli, ijtimoiy kabi darajalarda ifodalanib, ijtimoiy ish kasbiy tizimi doirasida uning qanday muhim ahamiyat kasb etishini faoliyat mahsulini, ya’ni ishlab chiqargan mahsulotni shakli, mazmuni va talabga javob berishi yoki bera olmasligini belgilab olish davomida ajrata olish mumkin. Shu sababli, uning darajalarini alohida holda ko‘rib chiqamiz:
♦ ijtimoiy ishda kasbiy layoqatlilikni funksional darajasi, kasbiy tizim doirasida kasbiy bilimdonlik, kasbiy mahoratni yuqori darajada ifodalash, istiqbolda kasbiy o‘sishini aniq tasavvurlashda namoyon bo‘ladi;
♦ ijtimoiy ishda kasbiy layoqatlilikni intellektual darajasi esa, mutaxassisni kasbiy vazifalariga majmuaviy tarzda yondashganligida, turli kasbiy muammolarni yechishda aqliy salohiyatini ifodalashda namoyon bo‘lib, asosan kasbiy tizim doirasida layoqatlilikni namoyon etadi;
♦ ijtimoiy ishda kasbiy layoqatlilikni vaziyatli darajasi, kasbiy tizim doirasida yuzaga keladigan standart va nostandart vaziyatlardan kelib chiqqan holda, muammoni korxona/ishlab chiqarish birlashmasini manfaatidan kelib chiqqan holda maqsadli yechishda namoyon bo‘lib, amaliyotda kasbiy tajribaning hosilasi sifatida baholanadi;
♦ ijtimoiy ishda kasbiy layoqatlilikni ijtimoiy darajasi kasbiy tizim doirasida kommunikativ va integratsion qobiliyatlarni namoyon etishda, xususan, jamoaviy tarzda kasbiy vazifalarni bajarishda, jamoviy muvaffaqiyatga erishishda ko‘rinadi;
♦ ijtimoiy ishda kasbiy layoqatlilikni individual darajasi esa, mutaxassisning o‘z ustida ishlash, kasbiy pog‘onalarda o‘sishga tayyor turishida ko‘rinib, uni rivojlanishida ustoz – shogird tizimi amaliy ahamiyat kasb etadi. Bunda vorisiylik omilining amal qilishiga ham e’tibor qaratish lozim.
Ta’kidlash lozimki, ijtimoiy ishda kasbiy layoqatlilikning tarkibiy qismlarini muloqot, moslashuvchanlik, ko‘nikma va bilim kabi xossalar xususiyatlarni tarkib toptirib, ijtimoiy ish mutaxassisini kasbiy layoqatmandligini baholashda (ekspertli baholashdA. asosiy omillar sifatida quyidagi muhim ko‘rsatkichlar majmuaviy tarzda inobatga olinishi lozim:-ijtimoiy ish mutaxassisni ixtisoslikka egaligi haqida ma’lumot (diplom), kasbiy malakaga egaligi, umumiy mehnat staji, kasbiy stereotipi, psixofiziologik holati, mehnat sharoiti, mehnatga bo‘lgan munosabati, kasbiy bilimdonligi, kasbiy tayyorgarlik, kasbiy identifikatsiya hodisasi, kasbiga sodiqligi, kasbiy faoliyat mahsuli va b.
Mehnat psixologiyasi va mehnat sotsiologiyasida o‘tkazilgan tadqiqotlarning natijalariga ko‘ra, agarda, kasbiy layoqatga ega bo‘lgan ijtimoiy ish mutaxassislar kasbiy amaliyotda uni qo‘llash uchun qiziqmasalar (manfaatdor bo‘lmasalar), u shunday o‘z holicha qolib ketadi. Shu bois, ijtimoiy ish kasbiy tizimi doirasida (boshqaruv nuqtayi nazaridan) mutaxassislar kasbiy faoliyati dinamikasini o‘rganib borish tavsiya etiladi. Bu vazifani tashkilotdagi psixolog yoki sotsiolog amalga oshirishi maqsadga muvofiq, negaki individual kasbiy layoqatlilikni namoyon etish yoki namoyon etmaslik o‘z maqsadlariga ega bo‘lishi mumkin.
Ijtimoiy ish kasbiy tizimi doirasida individual kasbiy layoqatlilikni ifodalanishida quyidagi maqsadlarda kuzatiladi:
- ijtimoiy ish xodimi egallagan kasbiy mahoratini ish joyiga moslashtirishga ishtiyoqmandligi;
- ish joyini (lavozimini) saqlash kafolati;
- kasbiy o‘sish uchun aniq asoslarning mavjudligi;
- mehnat bozoriga ijtimoiy ish mutaxassis sifatida kirib borishi;
- yuqori mehnat haqini olishning ta’minlanganligi;
- kasbiy jamoada shaxsiy nufuzini ko‘tarish imkoniyatining mavjudligi;
- ijtimoiy ish mutaxassislari tomonidan kasb ustasi sifatida e’tirof etilishi;
- ijtimoiy ish an’anasini davom ettirish va b.
Ko‘rinib turibdiki, kasbiy layoqatmanlik nafaqat jamoa, balki alohida mutaxasisning faoliyatining (bu holat boshqaruvda yoki ishlab chiqarishda kuzatilishi mumkin) mahsuldorligini oshirishga xizmat qiladi. Shu bois, kasbiy layoqatlilikni oshirish shaxsiy va jamoaviy ahamiyat kasb etadi. Kasbiy layoqatlilikni oshirish deganda, ijtimoiy ish kasbiy faoliyat samaradorligini ta’minlash uchun tayanch hisoblangan shart-sharoitlarni yaratib, kasbiy ta’lim, kasb sohasi va yo‘nalishini boshqarish, trening va seminarlar, namunaviy o‘quv mashqlar yordamida strategiyani amalga oshirishni tushunish lozim bo‘ladi.
Ijtimoiy ish barcha insonlarning azaliy qadriyatlari va qadr-qimmatining tan olinishi va shulardan kelib chiqadigan huquqlarini hurmat qilinishiga asoslanadi. Ijtimoiy ishchilar har bir insonning tinchligini va jismoniy, fiziologik, emotsional va ruhiy yaxlitligining himoya qilishlari va qo‘llab-quvvatlashlari kerak. Bular quyidagilarni anglatadi:
1. Mijozning o‘z o‘rnini, yo‘lini mustaqil belgilab olishi huquqini hurmat qilish.
2. Insonlarning ishtirok etish huquqi. Mijozlarning shaxsiy hayotiga qiladigan mustaqil qarorlarni qabul qilishlariga imkon yaratish.
3. Insonga butun shaxs sifatida nazar solish.
4. Kuchli tomonlarni aniqlash va rivojlantirish.
Ijtimoiy ishchi o‘zlari olib boradigan insonlarga va umuman jamiyatga aloqador bo‘lgan ijtimoiy adolatning o‘rnatilishiga yordam berishga majburdirlar. Bu quyidagilarni anglatadi:
1. Negativ (salbiy) tahqirlashga qarshi chiqish.
2. Tafovutlarni tan olinishi.
3. Chora-imkoniyatlarning teng taqsimlanishi.
4. Adolatsizlikka qarshi chiqish.
5. Mustahkam birdamlikda ish olib borish.

Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin